S. Ashirboev, I. Azimov O’zbek tilining tarixiy grammatikasi



Download 1,4 Mb.
Pdf ko'rish
bet19/67
Sana30.04.2022
Hajmi1,4 Mb.
#599340
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   67
Bog'liq
тарихий грамматика

Sifat darajalari
– sifatlarda belgi miqdorining ifodalanishini bildiruvchi 
grammatik shakllar jami. 
Oddiy daraja
– belgining kamligi va ortiqligini hosil qilish uchun negiz 
vazifasini bajaruvchi shakl, belgi neytral aks etadi. 
Belgining kamligi
– sifat leksemasiga xos bo’lgan asosiy belgini emas, balki 
boshqa sifatdagi belgining qisman aks etishini bildiradi. 
Belgining ortiqligi(kuchliligi) 
– belgining odatdagi me’yoridan ortiq 
ekanligini yoki kuchaytirib berilishini ifodalovchi shakl.
 
Son 
 
Reja: 
 
1.
 
Son haqida umumiy tushuncha. 
2.
 
Sonning ma’no turlari va ularning hosil qilinishi. 
3.
 
Eski o’zbek tilida sonlarga xos bo’lgan fonetik xususiyatlar. 
4.
 
Sonning tuzilishi jihatdan turlari. 


25 
5.
 
Numerativ so’zlar.
 
Sanoq sonlar
. Eski o’zbek tilida sanoq sonlar kishi, narsa hamda 
hodisalarning sanog’ini bildirgan, sanoq sonlarning birlik, o’nlik, yuzlik, 
minglik va boshqa formalari qo’llangan. Sanoq sonlar sodda va murakkab 
formalar orqali ifodalangan, arab, fors-tojik, hind tillaridan o’zlashgan sanoq 
sonlar ham uchraydi. 
Eski o’zbek tilida qadimgi turkiy tildagiga nisbatan sonlar jiddiy 
o’zgarishga uchragan emas, lekin o’ziga xos tizim hosil qilgan. Ayniqsa, 
murakkab sonlar hozirgi normalarga yaqinlashgan. Bu davr tilida 
tөrt yigirmi 
(14), altы elig (46), otuz artuqы uch (33) 
kabi murakkab sonlar qo’llanishdan 
chiqqan. 
Sodda sanoq sonlar eski o’zbek tilida tanglay garmoniyasi talabiga 
ko’ra qattiq va yumshoq variantlarda qo’llangan.Sodda sanoq sonlar quyidagicha 
ko’rinishga ega: 
bir
soni, asosan, yumshoq talaffuz qilingan: 
bir birigә qatыla 
berdilәr (Amiriy).
B
i r i b i r i g ә baqmay (BN).
XVIII —XIX asr yozma manbalarida bir sonini qattiq talaffuz qilish 
holatlari ham uchraydi: 
Bыr-bыrыg’a namahram et (Uvaysiy).
Ikki soni oldidagi unli -
e
yoki 
-i
tovushlari orqali: 
eki, -ikki 
tarzida talaffuz 
kilingan. SHu bilan birga, 
iki
soni tarkibidagi 
-k 
undoshi ba’zan tashdid orqali 
ifodalangan: 
eki, ekki, iki, ikki 
kabi. Bunday xilma-xillik she’riyatda aruzning 
talabi bilan yuz bergan. 
XIX asrga oid ayrim yozma manbalarda 
altы 
soni 
alta, yetti 
soni 
y e t t e
formasida uchraydi. 
«Boburnoma»da, Gulxaniy, Munis asarlarida 
bir toqquz,toqquz- toqquz 
iborasi qo’llangan, har narsaning to’qqiztalik songa ega ma’nosini anglatgan: 
Bir 
toquz e t v a b i r toquz parcha kelturәdi (BN).
Meңә g’amdыn t o q u z-t o q u z 
tuhfa (Munis).
Yigirmә
soni uch xil fonetik variantda iste’mol etilgan: 
yigirmә (BN)

yigirmi 
(Navoiy, MN)

igirmi (SH. tar.).
Elik
 
soni tarkibidagi 
-l
undoshi dastlab ikkilanmagan, keyinchalik 
geminatsiyaga uchrab tashdid orqali ifodalangan: 
Elik
(
Navoiy, MN),
ellik (BN)

XV—XIX asrlarga oid yozma manbalarga arab, fors-tojik hamda hind 
tillaridan ba’zi sanoq sonlar o’zlashgan, o’zlashgan sanoq sonlar o’z 
formalarida qo’llangan. Fors-tojikcha: 
s a d h a z a r (Lutfiy)

y a k –
y a k ( O g a h i y )
;
du bara (Muqimiy)

Hindcha 
lәk 
soni XVI—XIX asrlarga oid yozma manbalarda
 q
o’llangan: 
Yuz 
mыңnы l ә k derlәr (BN)

mың l ә k somnы (Muqimiy).
«Boburnoma»da hindcha 
k ө r u r — (o’n million), arb 
(bir milliard), 
kөrb 
(yuz milliard), 
nayl 
(o’n trillion), 
padam 
(milli-trillion), 
saң 
(eng yuqori sanoq 
son) sanoq sonlari qo’llangan. 
Dona sonlar

XV—XIX asrlarga oid yozma manbalarda dona sonlar 
ifodalovchi formalar kam rivojlangan, dona sonlar funksiyasini turli son formalari 
bajargan. Alisher Navoiyning «Mahbubul qulub», «Sab’ai sayyor», Muhammad


26 
Solihning «SHayboniynoma» asarlarida bir, ikki sanoq soniga –
tә 
affiksi qo’shilib 
dona son hosil bo’lgan:
b i r t ә yarmag’ ikki bөlүb (Navoiy MQ); b i r t ә
ө tmәkni iki bөlүb (Navoiy MQ). 
XV—XIX asrlarga oid yozma manbalarda sanoq sonlar dona sonlar 
ma’nosida qo’llangan:
Y e t i ag’zы anың otlar sachыb (Navoiy HA). Yүz m ы ң
baytы bar va b i r qasida aytыbdur (Navoiy MN).
Numerativ so’zlar

Numerativ so’zlar XV—XIX asr yozma manbalari tilida 
ham deyarli sanoq sonlar bilan qo’llangan, bu davr yozma manbalari tilida 
numerativ so’zlarni qo’llash qadimgi turkiy hamda XI—XIV asr yozma manbalari 
tiliga nisbatan kengaygan. Eski o’zbek tilida ham numerativ so’zlar xarakteriga ko’ra 
turlicha ma’nolarni anglatgan. Numerativ so’zlar sanoq son bilan aniqlanayotgan 
so’zlar orasida qo’llanib, aniqlanmish so’zga nisbatan qo’shimcha aniqlik darajasini 
oshirgan. SHuningdek, numerativ so’zlar ulush, miqdor, hajm, vosita birligi, masofa, 
to’da, o’lchov birligi, guruh, dona kabi qator ma’nolarni anglatgan. 
Tartib sonlar
. XV—XIX
 
asrlarga oid yozma manbalar tilida tartib sonlar 
asosan sanoq sonlarga affikslar qo’shilishi orqali hosil qilingan. Arab, fors-tojik 
tillaridan o’zlashgan sonlar leksik-semantik usul bilan ham tartib son ma’nosini 
anglatgan, ba’zan o’zlashgan tartib sonlar formasi ham qo’llangan. 
-nchы,-inchi,-unchы,-unchi,-nchы,-nchi 
affiksi variantlari asosida tartib 
sonlar 
hosil 
qilish 
keng 
qo’llangan.
-
nchы, -inchi,-unchы, -үnchi 
affiksi undosh tovushlar bilan tugagan sanoq 
sonlarga, unli tovush bilan tugagan sanoq sonlarga 
-nchi, -nchы
 
affiksi varianti 
qo’shilgan: 
ikkinchi, yetinchi,үchүnchi, tөrtүnchi, altыnchы, onunchы.
Tartib sonning birinchi formasi sostavli tartib sonlar tarkibida uchraydi: 
yigirmi b i r i n c h i fasl 
(Navoiy MQ);
birinchi maqalat 
(Navoiy HA). 
 -lanchы (la-\-nchы),-lәnchi(lә-\-nchi) 
affiksi sanoq sonlarning qattiq
yumshoqligiga ko’ra qo’shilib, tartib sonlar hosil qilingan, bu affiks bilan tartib 
son hosil qilish Alisher Navoiyning «Mahbubul qulub» asarida uchraydi, XVII 
asrdan boshlab 
-lanchы, -lәnchi 
affiksi orqali tartib son hosil qilish kengaygan: 
altыl a n c h ы fasl (MQ),
s e k i z l ә n c h i fasl (MQ),
y e t i l ә n c h i arqada (SH 
tar.),
b e s h l ә n c h i oqlы (SH. tar).
Avval 
so’zi 
birinchi
tartib soni ma’nosida qo’llangan: 
Ul a v v a l qыldы 
Gul vasfыnы āg’āz (Lutfiy ), A v v a l ayag’ыg’a tүshүb pәst bol (Navoiy HA). 
Qadimgi turkiy yozma manbalarida ham tartib sonlar -
nch, -ыnch, -inch, -
unch, -үnch h
amda 
-ntы, -nti, -ndы, -ndi 
affiksi variantlari orqali ifodalangan; 
-nti, 
-ndi 
formasi ikki soniga qo’shilgan. 
Birinchi
tartib soni o’rnida 
ilk, ilki/ iliki 
so’zi ham qo’llangan: 

Download 1,4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   67




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish