Ismlardan sifat yasovchi affikslar
. Ism turkumiga oid so’zlardan sifat
yasashda quyidagi affikslar qo’llangan:
-lыg’/-lig,-luq/-lug’,-lүk/-lүk
.
Ushbu
affiks
variantlarining
ishlatilishidagi fonetik sharoit quyidagicha:
Tarkibida lablanmagan unlilardan biri bo’lgan bir bo’g’inli, shuningdek,
barcha yoki so’nggi bo’g’inida shu unlilardan biri bo’lgan ko’p bo’g’inli qattiq
negizlarga affiksning asosan lablanmagan orqa qator variantlari, yumshoq
negizlarga esa old qator variantlari qo’shiladi:
ag’ыzlыq, yazlыq, bag’lыg’,
tatlыq, yashlыq, qanlыq, biliglig, qorg’anlыq, atlыq, yarag’lыg’, evlik,
yamag’lыq, kechәlik.
Lablangan unlili bir bo’g’inli, shuningdek, barcha yoki so’nggi bo’g’inda
lablangan unlisi bo’lgan qattiq negizlarga affiksning lablangan orqa qator
variantlari, yumshoq negizlarga old qator variantlari qo’shiladi:
boyluq,
qayg’uluq, otluq, anduhluq, kүchlүk, yүzlүk, olturushluq, kөrklүk, tүrlүg,
qutluq, otlug’, otluq, yamg’urluq, tүklүk, uyluk, yosunluq, sүtlүk, kүlgүlүk,
kүchlүk, sүyүklүk.
Ba’zan bu umumiy qonuniyatning buzilishi kuzatiladi; lablanmagan unlili
negizlarga affiksning lablangan variantlari, shuningdek, orqa qator variantlari
yumshoq o’zaklarga va aksincha, old qator variantlari qattiq negizlarga
qo’shilib keladi. Bu hodisa, ayniqsa, XVII —XIX asrlarda ko’proq kuzatiladi.
-lы/-li,-lu/-lү.
Bu affiks variantlarining ishlatilishida ham asosan
singarmonizm konuniyatiga amal qilingan: old qator variantlari yumshoq
negizlarga, orqa qator variantlari qattiq negizlarga qo’shilgan:
kendli, otlы,
yag’lы, tatlы, meңizli, kerәkli, biligli, yaralы, yaqalыg’
kabi. Lablangan -lu/-lү
variantlarining qo’llanishida boshqacharoq manzara kuzatiladi; singarmonizm
qonuniga binoan tarkibida lab unlilaridan biri bo’lgan bir bo’g’inli yoki
so’nggi bo’g’inida shu unlilardan biri bo’lgan ikki yoki ko’p bo’g’inli kattiq
22
negizlarga affiksning orqa kator variantlari, yumshoq negizlarga old qator
variantlari qo’shilishi kerak bo’lgani holda, bu qonuniyatga mos ishlatilish
siyrak kuzatiladi:
otlu, tug’lu, kөzlү, yuzlu, kөrүklү
kabi misollar kam uchraydi.
Ko’p hollarda lablangan unlisi bo’lmagan so’zlarga affiksning lablangan
variantlari, aksincha, lablangan unlili so’zlarga affiksning lablanmagan
variantlari qo’shilib keladi: g’
amlu, namlu, bag’lu, yollыg’, qoylы, tug’lы,
kөkli kөzli
kabi.
gi/-g’ы, -qы/-ki
affiksi qadimiy mahsuldor morfemalardan bo’lib, O’rxun-
enisey, qadimgi uygur yozuvi obidalari, XI—XIV asrlarga mansub yodgorliklar
tilida ham ancha keng ko’llangan:
Bayaqы yolg’a tegdilәr (QR). Javhar
balchыqqa tushsa, burung’ы bikin nafis turur (SS). Astыndaqы azaqlarыna qara
qushlarnы bag’ladы (QR). Bu elkindәki narsalar ne turur(NF).
-dag’ы/-dәgi, -daqы/-dәki.
Bu affiks asosan otlarga qo’shilib, o’ringa va
paytga mansublik ma’nosidagi sifat yasaydi: misol?
-sыz/-siz.
Bu affiks asosan otlarga qo’shilib o’zakdan anglashilgan
narsaga, holatga, xususiyatga ega emaslik ma’nosini ifodalovchi sifat yasaydi:
Vasl noshi
dunyāda bolmas, Atāyi nishsiz(Atoiy). Qapug’ыn eshiki yarag’sыz
turur(QR).
Eski o’zbek tilida fors-tojik tilidan o’zlashgan quyidagi affikslar ham faol
qo’llangan:
-iy.
Adabiyotlarda «yoyi nisbat» deb yuritiladi va nisbiy sifat yasaydi:
SHah qыlыb xыl’atыnы rayhāniy,
Rāst andaq ki sarvi bostaniy
(Xamsa)
-nāk.
Otdan muayyan belgiga ega bo’lgan sifat yasaydi: ...
la’li ātashnāk
(Mahb.q),
... kөңlүm g’amыdыn ul g’amnāk
(Mahb.q).
-gүn.
Rang bildiruvchi sifat yasaydi:
Subhыdam kim sipehri mināgүn
Yerni bayzādыn etti bayzāgүn.
(Xamsa).
-vash.
O’xshatish ma’nosidagi sifat yasaydi:...
shahzādayi parivash...
(Mah.q.), ...
māhvash sāqiy...
(Mah.q.).
-vār.
O’xshatish ma’nosidagi sifat yasaydi:
buzurgvār, umidvār. ... durri
shāhvār үzүlүp yergә tүshti
(Mah.q.).
Bu affikslardan tashqari,
-in, -fām, -āniy
sifat yasovchi affikslari ham
qo’llangan.
Fe’ldan sifat yasovchi affikslar
.
Fe’ldan sifat yasovchi affikslar unchalik ko’p
emas. Ulardan faqat birgina affiks sermahsul bo’lib, qolganlari kammahsul va
o’ta kammahsul affikslardir.
Ular quyidagilar:
-g/-g’,-q/-k(ыg’/-ig,-ыq/-ik,-ug/-үg’,-uq/-үk).
Affiks
variantla-
rining
ko’pligi singarmonizm qonuni amalda bo’lganligidan dalolat beradi. Biroq
yumshoqlik-qattiqlik va lab garmoniyasi qoidasining bir qadar buzilishi
kuzatiladi, jarangli va jarangsiz undoshli variantlar ishlatilishida muayan
23
qonuniyat va fonetik sharoitni belgilash qiyin. CHunki ayrim manbalarda
asosan jarangsiz undoshli variantlar ishlatilsa, ularning ko’pchiligida (hatto bir
so’z doirasida ham) har ikkala variant baravar qo’llanaveradi. Lekin umumiy
nisbatiga ko’ra jarangsiz unlili variantlar aksariyatni tashkil qiladi.
Fe’dan sifat yasashda eng sermahsul bo’lgan bu affiks yordamida yasalgan
sifatlarda o’zakdan anglashilgan ma’no bilan bog’liq belgi-xususiyatga egalik
tushunchasi ifodalanadi:
Demasun qorqaq (SHN). Bu rud quruq ruddur, munda
hargez suv bolmas (BN).
-n(-ыn -in
Do'stlaringiz bilan baham: |