S. A. Salixov «patentshunoslik, litsenziyalash va sertifikatlash» fanidan Darslik toshkent – 2010



Download 1,15 Mb.
Pdf ko'rish
bet89/94
Sana31.03.2022
Hajmi1,15 Mb.
#521299
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   94
Bog'liq
PATENTSHUNOSLIK-LITSENZIYALASH-VA-SERTIFIKATLASH

inventar
idishlar deb ataladi. Odatda 
idishlar mustaham, arzon va engil bo’lishi kerak. Shu bilan birga ularning shakli 
ham omborlarda kam joy oladigan bo’lishi zarur.
Idishlar va o’rash joylash materiallari oziq-ovqat mahsulotlarining sifatiga 
va saqlash muddatiga ham ta’sir qiladi. Bu idishlarning xususiyatiga, ya’ni 
ularning suv, bug’ va gaz o’tkazmaslik qobiliyatiga, suvda bo’kishi, o’ziga nam 
tortishiga, yog’ va moylarni shimib olishiga yoki o’tkazishi hamda o’ziga xos hidi 
bor-yo’qligiga bog’liq bo’ladi. Idish o’zidagi mahsulotga qandaydir bir begona 
ta’m va hid bermasligi zarur. Idishda mahsulotni yorug’lik nuridan saqlashi va 
unda mikroblarning ko’payishiga yordam beruvchi modda bo’lmasligi kerak.
2.13.2. Tovarlarni o’rash, joylash, va saqlashda ishlatiladigan materiallar va 
ularning xillari
Yog’och bochka idishlarini turli yog’ochlardan, chunonchi: eman, qora 
qayin, qayin, qaraqay, olcha, osina, archa va lipa yog’ochlaridan yasaladi. Bunday 
idishlar mustahkam hamda ancha yengil bo’ladi. Bu idishlarning xususiyatlari shu 
idishlar yasalgan yog’ochlarning kimyoviy tarkibi va solishtirma og’irligiga 
bog’liq, chunki bu yog’ochlar bir-biridan fizik kimyoviy ko’rsatkichlari bilan farq 
qiladi. Masalan, eman daraxtining solishtirma og’irligi eng yuqori bo’lib 0,783 
birlikni tashkil etadi. O’zining salmog’i bilan qoraqayin daraxti unga yaqin turadi 
(0,720), qaraqayn daraxtiniki ancha past bo’lib 0,520, lipaniki esa 0,455 birlikni 
tashkil etadi. Bir xil yog’och idishlarning turli og’irlikda bo’lishi ham shu 
sabablidir. Idish yasash uchun ishlatiladigan yog’ochning muhim xususiyatlardan 
biri uning - namligidir. Idish juda ho’l yog’ochdan ishlangan bo’lsa, uni ko’pincha 
pupanak bosadi yoki u chiriy boshlaydi, bu esa mahsulotni buzadi. Agar yog’och 
juda quruq bo’lsa, o’zining gigroskopkligi tufayli nam tortadi. Aniq bir 
temperatura va namlikda turli xil yog’ochlarning o’ziga nam tortish qobiliyati 
amalda deyarli bir xil bo’ladi. Yog’och idishlar yashik, kontener va boshqalar 
shaklida bo’ladi. Yashiklar yupqa taxtachalardan yoki fanerlardan yasaladi. Odatda 
yashikning ikkita yuzasi, ikki yon sirti, tag va yuqori qismi bo’ladi. Bunday yashik 
ikki sirtli deyiladi. Yashik ichidan yana bir taxta bilan to’silgan bo’lishi mumkin. 
238


Unda uch sirtli yashik hosil bo’ladi. Nina bargli daraxtlardan olingan yog’ochda 
mum moddalar bo’lib, u yog’ochlarni ancha chidamli qiladi, ammo shu bilan birga 
o’ziga xos hidi ham bo’ladi. Bundan tashqari bu xil yog’ochlar tez quriydi, yorilib 
ketadi va o’ziga ancha nam tortadigan bo’ladi. Shunday qilib, nina bargli daraxt 
yog’ochlarini hamma joyda ham ishlatib bo’lmaydi. Asosan bu yog’ochlardan 
quruq mahsulotlar uchun yashiklar yasaladi. Yangi ho’l mevalar uchun yashik 
yasalgan taxtachalar orasida 15 mm gacha ochiq qoldirib qoqiladi. Bunda 
taxtachalarni randalanmasa ham bo’ladi. Sabzavot uchun oddiy yashiklar, katak 
yashiklar (karam solish uchun), taxtachalar orasi bir-biridan 10-90 mm ochiq 
qoldirib qoqilgan, nina bargli yoki yaproqli, daraxt yog’ochidan yasalgan taxta 
yashiklar, oyoqli lotoklar, shahar atrofidagi ho’jaliklardan keltiriladigan 
mahsulotlar uchun osti yog’ochdan yoki alyuminiydan ishlangan tagliklar 
ishlatiladi. Konditer va makaron mahsulotlari qayin, qarag’ay yoki olcha 
yog’ochlaridan yasalgan yashiklarga solinadi. Sariyog’ eman va qora qayin 
yog’ochidan yasalgan yashiklarga solinadi. Sariyog’ uchun shuningdek, yumshoq 
yog’ochlar - archa va pihta yog’ochidan yasalgan yashiklar ham ishlatiladi. 
Sariyog’ yashiklariga chirik joyi bor, pupanak bosgan, qurt egan, ko’kara 
boshlagan, panjasimon ko’zli, chirigan va tushib qoladigan ko’zli taxtalarni 
ishlatish mumkin emas. Faqat ayrim taxtalarda yuzaki yoriqlar bo’lishiga yo’l 
qo’yiladi. Bankalarga solingan konservalar uchun yashiklarni tegishli kattalikda 
nostandart yog’ochlardan tayorlasa ham bo’ladi, chunki bu mahsulot bevosita 
yashikka tegib turmaydi. Ammo chirigan yog’och ishlatish mumkin emas. So’nggi 
yillarda meva sabzavotni konteynerlarda tashish keng yo’lga qo’yiladi. Yashiklar 
yasash uchun ishlatiladigan taxtachalar namligi 20 % dan (yog’ soladigan yashiklar 
uchun esa 18 % dan) oshmasligi kerak. Yog’och bochkalarni eman, lipa va boshqa 
yaproqli daraxt yog’ochlaridan tayorlanadi. Tarkibida ovlovchi moddalar bor eman 
yog’ochidan vino bochkalari, olcha yog’ochlaridan esa tuzlangan mahsulotlar 
solinadigan bochkalar yasaladi.
Bochka o’zining yon sathini tashkil etuvchi taxtachalardan va ikki tagdan 
iboratdir. Bochkaning tashqi tomoni temir yoki yog’ochdan yasalgan halqalar bilan 
mahkamlanadi. Ko’pgina suyuq mahsulotlarni nina bargli yog’ochlardan yasalgan 
bochkalarda saqlab bo’lmaydi. Bunday bochkalarning mumli qarag’ay hidini 
yo’qotish uchun ularni suvga tashlab qo’yiladi, soda eritmasi bilan yuviladi va 
yaxshilab bug’lanadi. Agar bochka o’ziga nam tortadigan bo’lsa, uning ichki 
tomoni sirlanadi, ya’ni issiq patoka, kazeinning yupqa qatlami bilan qopladi, ba’zi 
paytlarda parafin bilan ham sirlanadi.
Qog’oz va kartondan yasalgan idishlar mahsulotni sanitariya jihatdan yaxshi 
saqlaydi. Parafin yoki bitum bilan bilan maxsus ishlangan, mumlangan yoki 
plastmassa bilan qoplangan qog’oz va karton idishlar esa mahsulotlarni qurishdan, 
nam o’tishdan, gazlardan saqlaydi va hokazo. Qog’oz karton butkasidan, uni turli 
moddalarga namiqtirgandan so’ng qog’oz shishalar, korobkalar, yashiklar, 
stakanlar, bankalar yasaladi. So’nggi paytlarda quritilgan sut solish uchun quyma 
qog’oz bochkalar ishlatilmoqda. Bunday idishlar tobora yog’och, metall va 
shishadan yasalgan idishlar o’rnini egallamoqda. Ayniqsa qog’oz va kartondan 
yasalgan idishlar sir beradigan moddalar bilan tegishli ravishda ishlab chiqilganda 
239


oziq – ovqat mahsulotlariga bu moddalar ta’sir etmaydi. Karton idishlar ko’p 
hollarda yog’och yashiklar o’rnini egallaydi va juda ko’p imorat va boshqa narsalar 
uchun ishlatiladigan yog’ochlarni tejashga imkon beradi.
Metall idishlar oq tunuka, temir prokat va alyuminiydan yasaladi. 
Metallardan yasalgan idishlar odatda ichki idish (konserva bankalari) va tashqi 
idishlar (bitonlar, sisternalar) sifatida suyuq, mahsulotlarni saqlash uchun 
ishlatiladi. Konserva bankalari tuli katta – kichiklikda bo’ladi. Ko’pincha hajmi 
353,4 ml (diametri 100 mm, balandligi 45 mm ) № 7 bankalar ishlatiladi. Bu 
bankalar ikki tomoni sof qalay bilan qoplangan yupqa po’lat haltalardan yasaladi. 
Tunuka idishlarda har qanday mahsulotni ham, ayniqsa o’tkir tuzlangan 
mahsulotlarni saqlab bo’lmaydi. Metall zanglamasligi uchun konserva 
bankalarining ichki tomonini Davlat sanitariya inspeksiyasii ruhsat etgan maxsus 
elastik plastmassali lak bilan qoplanadi. Ammo u mahsulotga o’tmasligi va unga 
begona hid bermasligi lozim. Konservalar uzoq muddat saqlanganda bankani 
mustahkamlashda ishlatiladigan qalay idishdan mahsulotga o’tishi mumkin. 
Mahsuloti tarkibiga o’tgan qalay miqdori 1 kg mahsulotga 200 mg dan oshmasligi 
zarur. Metall bankalar tashqi va ichki tomoni laklangan va laklanmagan bo’lishi 
mumkin. Bankalarning tashqi tomoni silliq, tekis bo’lishi, yorilgan, bukilgan, 
tirnalgan va zanglagan joyi bo’lmasligi, ustidagi laki buzilmagan, bo’lishi kerak. 
Tunuka bankalardagi konservalarni karton yashiklarga solinadi. Bu yashiklar uch 
qatlam qavat-qavat buklangan kartondan yasalgan bo’lib, karton tarkibida 10 % li 
sulfat sellyuloza bo’ladi. Alyuminiydan yasalgan tubalar (ichiga mahsulot solingan 
alyuminiy giloflar) ning ichki tomoni lak yoki polimer materiallari bilan qoplanadi.
Shisha idishlar oziq – ovqat sanoatining ko’pgina tarmoqlarida ishlatiladi. 
Shisha idishlar shu jihatdan qimmatliki, ulardagi mahsulot ko’rinib turadi, 
oksidlanmaydi, idish esa mahsulot bilan reaksiyaga kirmaydi. Bu idishlar turli 
hajmda va shaklda bo’ladi. Shisha idishlarni yuvish oson, ulardan ko’p marta 
takror foydalanish mumkin. Shisha idishlarning asosiy kamchiligi - ularning tezda 
sinishi (bu esa shisha idishlarni ishlatishda ehtiyotkorlik talab qiladi) va ma’lum 
darajada salmog’ining og’irligidir. Katta hajmdagi (25 l va undan ham katta) 
shisha idishlarni tashqi tomonidan boshqa idish, masalan, to’qilgan kalava bilan 
himoya etiladi. Shisha idishlar po’kak, polietilen va yog’ochdan yasalgan va keyin 
mumlangan probkalar bilan, shuningdek metall qopqoqchalar bilan berkitiladi. 
Shisha bankalar esa halqasimon rezina qatlamli qopqoqga ega bo’ladi. Shisha 
idishlar tiniq, toza bo’lishi, ichki va tashqi tomonidan qavariqli, g’adir-budur va 
uchgan joyi bo’lmasligi lozim. Shu bilan birga shisha idishlarning burchaklari ham 
tekis, butun korpusi ham tekis, butun korpusi ham bir tekisda bo’lishi, do’ppayib 
yoki ichkari kirib qolgan joylari bo’lmasligi, shisha ham bir tekis qalinlikda 
bo’lishi kerak.
Qoplar to’qimachilik idishlar qatoriga kiradi. Qoplarni ip, zig’irpoya, kanop, 
jun matolaridan hamda kombinastiyalashtirilgan gazmollardan ishlatiladi. 
Zig’irpoya va ipdan, hamda kombinastiyalashtirilgan matolardan qilingan qoplar 
un, krupa, g’alla, don solish uchun, jun va kanopdan ishlangan qoplar esa shakar, 
qand solishda ishlatiladi.
240


Kanopdan ishlangan qop eng pishiq qop hisoblanadi. Jundan qilingan qoplar 
ancha mayin, lekin kanop qopga nisbatan chidamsizroq bo’ladi. Shu bilan birga 
zah joylarda turadigan mahsulotni namdan yaxshi saqlaydi. Ishlatilishiga qarab 
qoplar turli qalinlikda va katta-kichiklikda bo’ladi.
Qoplar - ko’p martalab ishlatiladigan idishlardan to’qiladi va qoplarning 
holatiga qarab besh kategoriyaga bo’linadi. Bu kategoriyalar qoplarning yamoqlari 
va yamalgan joylarining soniga qarab belgilanadi. Ammo barcha kategoriyalardagi 
qoplar toza, quruq va chirimagan bo’lishi kerak.
1 - kategoriyali qoplarga sanoatdan endi olingan yangi qoplar yoki birinchi 
marta ishlatilayotgan chet eldan keltirilgan qoplar, shuningdek ishlatiladigan. 
Lekin yamog’i yo’q qoplar kiradi;
2 - kategoriyaga – yamog’i uchtadan ko’p bo’lgan qoplar;
3 - solishni talab qilmaydigan qoplar; 
4 - kategoriyaga yamog’i ettitadan ko’p bo’lmagan yoki shundan ko’p 
yamoq, talab qilmaydigan qoplar; 
5 - kategoriyaga ko’p ishlatilishi natijasida iplari bo’shashib qolgan, yamog’i 
12 tadan ko’p bo’lmagan yoki shunchadan ko’p yamoq talab qilmaydigan qoplar 
kiradi. 12 tadan ko’p yamog’i bor qoplar tashlandi va boshqa qoplarga yamoq 
solish uchun ishlatiladi.
I va II kategoriyadagi qoplarda sortli unlarning barcha turlari, krupa va 
shakar qand mahsulotalari tashiladi. III kategoriyali qoplar un va krupa (guruch, 
sut, mannaya krupa va dukkaqli donlardan tashqari) hamda turli temir yo’l bilan 
olib borilganda shakar va qand tashish uchun ishlatiladi. IV kategoriya qoplarda 
shu joyni o’zida iste’mol etiladigan javdari un, sanoatda qayta ishlash uchun 
jo’natiladigan shakar hamda kepak tashiladi. V kategoriya qoplarda savdo-sotiq 
korxonalariga tovar berish mumkin emas. Arktika, uzoq shimol va chet rayonlarda 
pishiq ishlangan bir qavatli qoplar yoki ikki qavatli qoplar ishlatiladi. 
To’qimachilik matolaridan qilingan qoplar mahsulotni namlikdan, changdan 
hamda ombor zarakunandalaridan saqlayolmaydi, biroq ularning afzal tomoni 
shundaki, mahsulotga havo kirib turishini va gaz almashuvini ta’minlaydi.
To’qimachilik matolaridan yasalgan idishlardan tashqari chiptadan to’qilgan 
idishlar ham qo’llaniladi. Bu xil idishlarga lipa daraxtining suvda ivitilgan 
po’stlog’idan to’qilgan chipta qop va haltalar kiradi. Chipta idishlar to’qima 
qoplarga qaraganda pishiq bo’ladi va nam yeganda ham o’zining pishiqligini 
yo’qotmaydi. Shu sababli sabzavot, baliq va boshqa mahsulotlarni tashishda chipta 
qoplar ishlatiladi.
To’qilgan idishlar - kalava, savat va boshqa to’qilgan idishlar tol 
novdalaridan, qamishdan va rezgi taxtachalardan to’qiladi. Bu idishlar havo 
kiradigan bo’ladi, odatda har xil meva va sabzavot tashish uchun ishlatiladi.
So’nggi vaqtlarda sintetik materiallar (polimerlar) dan yasalgan qattiq 
idishlar keng qo’llanilmoqda. Bu idishlar ancha yengil, ishlanilanishi oson va 
sinmaydigan bo’ladi. Polimerlardan yasalgan qattiq idishlardan nam, gazlar 
ko’pincha yog’ va moylar ham o’tmaydi, sterilizastiyaga chidamli bo’ladi, 
mahsulotlarni turli mikroorganizmdan saqlaydi, tashqi zarblarga ham chidamli 
241


bo’ladi. Polimer materiallaridan yasalgan idishlar ishlatilishiga qarab turli shakl va 
konstruksiyada bo’lishi mumkin.
Suyuq va pastasimon mahsulotlar solinadigan qattiq paketlar parafinga 
namlangan karton yoki polimer plyonkasi bilan qoplangan kartondan yasaladi. 
Parafinga namlangan kartonning kamchilik tomoni shundaki, uni 40 - 45° dan 
yuqori temperaturada qizdirib bo’lmaydi. Karton idish polietilen plyonkasi bilan 
qoplanganda esa u mahsulotlarga (marmelad va tomat mahsulotlariga) ta’m beradi. 
Bundan tashqari yog’ va moylar bu plyonkadan singib o’tadi.
Parafinga singdirilgan va polimer materiallari bilan qoplangan qattiq idishlar 
sut mahsulotlari, meva sharbatlari solish uchun keng ravishda foydanilmoqda. Bu 
idishlar to’rt qirrali piramida shaklida ishlangan bo’lib, yorug’lik nurini 
o’tkazmaydi va ancha pishiq bo’ladi.
Odatda mahsulotga bevosita tegib turadigan o’rash, joylash materiallariga 
tashqi idishlarga nisbatan ancha ko’p talab ko’yiladi. O’rash, joylash materiallariga 
quyidagi materiallar kiradi: 
staniol - qalinligi 0,008 - 0,012 mm bo’lgan qalay lenta yoki qalay qog’oz 
taxtachalar; 
alyuminiydan yasalgan folga (zar qog’oz) - qalinligi 0,012-0,004 mm 
bo’lgan lentalar; 
pergament (moy va nam o’tkazmaydigan yupqa qog’oz), podpergament, 
sellofan va polietilen materiallar.
Sellofan tiniq va yorug’lik nuri ta’siriga chidamli bo’ladi. Uning kamchiligi 
shundaki, o’ziga ko’p namni tortadi. Masalan, omborda sellofanga o’ralgan va 
tarkibida ko’p suv bor mahsulot saqlanganda sellofanni pupanak bosadi. Shu 
sababli sellofan odatda ko’p vaqt saqlanmaydigan mahsulotlarni o’rash, joylash 
uchun ishlatiladi. Biroq shuni ham aytish kerakki, ancha quruq mahsulotlarni 
(masalan, quruq mevalar) sellofanga o’ralganda uzoq vaqt saqlash mumkin. 
Sellofanning foydali xususiyatlari - ularning pishiqligi, gaz o’tkazmasligi, kislota 
va ishqorlar ta’siriga chidamliligi hamda unga kerakli ma’lumot yozish (bosish) 
mumkinligidir. Sellofan viskozani sulfat kislotasi maxsus ravishda ishlash va 
so’ngra uni glisterin bilan yuvish hamda qayta ishlash natijasida hosil bo’ladi. 
Sellofanning qalinligi 20 mk dan 50 mk gacha bo’ladi. Sellofandan kolbasaga po’st 
ham ishlatiladi. Ayrim paytlarda rangli sellofan ham chiqariladi. Sellyuloza efiri 
(aysetil - sellyo’loza) o’z xususiyatlari bilan sellofanga o’xshash materialdir, 
ammo unga nisbatan ancha oz nam o’tkazadi. qalinligi l’ - l5 mk bo’lgan astetil 
sellyuloza mehanik pishiqlik jihatdan sellofandan qolishmaydi.
O’rash, materiali sifatida ishlatiladigan polimerlardan eng ko’p ahamiyatga 
ega bo’lganlari polietilen, polivinilhlorid va poliamid materiallaridir. 

Download 1,15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   94




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish