Xalqaro standartlashtirishda qatnashuvchi xalqaro tashkilotlar.
BMT
ning Yevropa komissiyasi - bu BMT dagi EKOSOS ning organidir. (BMT ning
iqtisodiy, ijtimoiy kengashi). Bu tashkilot avval 1947 urushdan zarar ko’rgan
mamlakatlarga yordam ko’rsatuvchi vaqtincha tashkilot sifatida tashkil etilgan.
Keyinchalik 1951 yilda BMT ning EKOSOSi EIK vakolatlarini belgilanmagan
muddatga BMT doirasida davlatlararo iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirishda
faoliyat yo’nalishlarini aniqlagan holda uzaytirish bo’yicha qaror qabul qildi. BMT
EIK ning standartlashtirish sohasidagi asosiy vazifasiga hukumat darajasidagi
standartlashtirish siyosatidagi asosiy yo’nalishlarini ishlab chiqish va bu sohadagi
afzalliklarni aniqlashdan iboratdir.
BMT ning oziq – ovqat va qishloq xo’jalik tashkiloti (FAO). Bu tashkilot
1945 yilda BMT ning hukumatlararo ixtisoslashgan tashkilot sifatida tashkil
topgan. Uning a’zolari tahminan 160 davlatdan iborat. Tashkilotning Nizomga
ko’ra maqsadi - xalqlar hayoti va ovqatlanish darajasini ko’tarish bo’yicha
individual va hamkorlikdagi harakatlar orqali umumiy farovonlikni ko’tarishga,
ishlab chiqarish unumdorligini oshirishga hamda oziq – ovqat va qishloq xo’jalik
mahsulotlarini taqsimlashga, qishloq aholisining yashash sharoitini yaxshilashga
ko’maklashishdir.
Sog’liqni saqlash umumjahon tashkiloti (SSUT). Bu tashkilot 1948 yilda
BMT ning iqtisodiy va ijtimoiy Kengashi tashabbusiga ko’ra tashkil etilgan va
230
BMT ning ixtisoslashgan tashkiloti hisoblanadi. SSUT ning Nizom bilan
aniqlangan maqsadi - barcha xalqlar sog’ligini yuqori darajaga ko’tarishdir.
(Sog’lik - jismoniy, ruhiy va ijtimoiy farovonlik yig’indisi sifatida talqin etiladi).
SSUT 1977 yilda o’zining strategiyasi qilib, umumiy sog’likka 2000 yilgacha
erishishni belgilab oldi. Bu tashkilotga 180 dan ortiq davlatlar, jumladan Rossiya
ham - a’zodir. SSUT shug’ullanadigan keng doiradagi muammolar ichida asosiy
e’tibor sog’liqni saqlash xizmatini rivojlantirishga, kasalliklarni oldini olish va ular
bilan kurashishga, keng doiradagi sogliqni saqlash kadrlarini tayorlashga, atrof
muhitni yaxshilashga qaratilgandir. SSUT ISO da konsultativ statusga ega va 40
dan ortiq qo’mitalar ichida ishtirok etadi. Xususan, ichimlik suvi sifatiga e’tibor
berib ichimlik suvlari uchun quvurlarni standartlashtirish bo’yicha, ishlarda,
shuningdek bunda foydalaniladigan plastmassalar va ularga talablar qo’yishda
qatnashgan.
2.12.2. Maxsulot sifatini ta’minlash tizimlarining xalqaro standartlari
Sifatni boshqarish jahon tajribasi standartlashtirish bo’yicha xalqaro
tashkilot (ISO) tomonidan 1987 yil martida qabul qilingan va 1994 yilda
yangilangan xalqaro standartlar ISO 9000-9004 paketiga asoslangan. ISO 9000
standarti firma faoliyatidagi konkret holatga muvofiq standartlarni tanlash va
foydalanish bo’yicha boshqaruv ko’rsatmalariga ega. ISO 9004 standarti - bu
korxonada (firmada) sifat ustidan umumiy boshqaruv uchun uslubiy qo’llanmadir.
ISO 9001-9003 standartlari esa ishlab chiqarish jarayonlarining turli xil
bosqichlarida sifatni ta’minlash tizimlarining modellaridir. ISO 9000 standartida
firma yoki korxona ichida sifatni ta’minlash – umumiy boshqaruv predmeti
ekanligi alohida ajratib ko’rsatilgan. Lekin gap shartnoma tuzish haqida
ketayotganida, ekstportyorda sifatni ta’minlash tizimining holati kontragent,
hamkorning ishonchliligini tasdiqlashga xizmat qiladi. Shunga bog’liq ravishda
shartnoma tuzishdan oldin shartnomada eksportyorda sifatni ta’minlash tizimini
ISO 9001-9003 standartlaridan birortasiga muvofiq kelishini baholash sharti
ko’zda tutilgan bo’lishi mumkin. Baholashni importyorning o’zi yoki bo’lmasa
tomonlar kelishuviga asosan biror neytral tashkilot amalga oshirishi mumkin. Agar
tizim sertifikatlashtirilgan va kontragent bu muvofiqlik sertifikatini tan olsa
baholashning keragi ham bo’lmaydi. Raqobatbardosh xorijiy firmalarning tajribasi
shuni ko’rsatdiki, sifatli, haridorlarning talabiga javob beradigan tovar bozorni har
tomonlama o’rgangan holda ishlab chiqarilishi mumkin va bu tajriba quyidagi
standartda ifoda etiladi. Sifatni ta’minlash tizimi butun sifat tarmog’iga tegishli
bo’lgan chora - tadbirlar yig’indisidan iborat. Sifat boshqaruvi tizimining tashkiliy
tuzilishini firma faoliyatining umumiy boshqaruv jarayoniga kushilib ketadi.
Sifat boshqaruvi tizimida marketing vazifasining mohiyati maqsadli bozor
izlash va tanlashdan, mahsulot sifatiga bo’lgan talablarni o’rnatishdan, bu
mahsulotga (xizmatga) bo’lgan talabni, bozor izlash va tanlashdan, mahsulot
sifatiga bo’lgan talablarni o’rnatishdan, bu mahsulotga (xizmatga) bo’lgan talabni,
bozor sig’imini aniqlashdan, bu bozor segmenti mijozlarning to’liq tavsifnomasini
tuzishdan iborat. Bu axborot, haridorlarning tovar sifati, narhi, etkazib berishi
231
muddati bo’yicha bo’lgan talabiga muvofiq miqdorda tovar yoki xizmat ishlab
chiqarish uchun zarur. Firma ishlayotgan bozor segmentida o’z vaqtida talabga
bo’lgan o’zgarishlarini aniqlash va mahsulot sifatining kerakli darajasini
ta’minlash uchun zarur bo’lgan boshqaruv echimlarini qabul qilish bo’yicha ish
olib boriladi.
Marketing vazifasi haridorlar bilan qaytuvchi aloqani ta’minlash asosida o’z
vaqtida sifat boshqaruvi sohasida kerakli yechimlar qabul qilishga yordam beradi.
ISO 9000 xalqaro standartlari rahbariyatning sifatga bo’lgan ma’suliyat darajasini
belgilaydi. Firma rahbariyati sifat sohasidagi siyosatni ishlab chiqish, sifat
boshqaruvi tizimini yaratish, joriy etish va faoliyat ko’rsatishga javobgardir.
Rahbariyat vazifalariga mutaxassislar tanlash, ishlab chiqarish, nazorat o’lchov va
sinov asbob uskunalar, EHM, larni dastur bilan ta’minlash uchun kerakli mablag’
ajratishlar kiradi. Rahbariyat kerakli malaka darajasini o’rnatib, o’z vaqtida
personal malakasini oshirib turishni nazorat qilishi kerak. Firma rahbariyati
zimmasiga tovar raqobatbardoshligini ta’minlaydigan sifat ko’rsatkichlarini
aniqlash vazifasi yuklanadi. Shuningdek rahbariyat tovar ishlab chiqarish va
xizmat ko’rsatish bo’yicha qaror qabul qiladi.
Hozirgi davrda sifat boshqaruv tizimi quyidagilardan iborat:
1) Ichki tekshiruv;
2) samaradorlikni baholash va tahlil qilish.
Ichki tekshiruvni firma rahbariyati tomonidan tayinlangan mutaxassislar olib
borsa, sifat boshqaruvi tizimini samaradorligini tahlil qilish va baholash uchun
kompaniya rahbariyati tashqaridan mustaqil mutahasislarni taklif etadi. ISO
standartlari muhim xususiyatlaridan biri - bu sifat uchun kerak bo’lgan harajatlarni
aniqlash va baholash shart. Sifat harajatlariga tizim samaradorligini iqtisodiy
baholash deb qaralsa bo’laveradi, tahlil natijalari sifatni ta’minlash tizimini
takomillashtirish uchun asos qilib olinadi. Buning uchun sifatni yaxshilash
harajatlarini aniq tasniflash kerak. Bu harajatlar ishlab chiqaruvchining harajatlari
va boshqa harajatlardan iborat. Ishlab chiqaruvchining harajatlarini oldini olish,
baholash, ichki qaytarish orqasidagi harajatlar, tashqi qaytarish evaziga bo’lgan
harajatlardan iborat. Boshqa harajatlarga ishlab chiqaruvchi sifat tizimi
boshqaruvida olib bormaydigan harajatlar kiradi. Lekin ular firmaning umumiy
harajatlariga ta’sir etadi. Bu - bilvosita sifat harajatlari; etkazib beruvchining sifat
uchun harajatlari; ko’zda tutilmagan harajatlar; axborot bilan ta’minlash tizimi
bo’yicha apparatura uchun harajatlar; mahsulotdan foydalanish bilan bog’liq
bo’lgan harajatlar.
Firmalar sifat uchun kerak bo’lgan umumiy harajatlarning rejasini tuzadilar.
Bu tizimning yana bir prinsipial xususiyati bu - sifatni loyihalash va texnik
shartlarni ishlab chiqarish davrida sifatni ta’minlashga kuchli e’tibor ko’rsatish. Bu
ishning natijasida shunday tovarlar ishlab chiqarilishi kerakki, ular nafaqat
haridorlarning talabiga javob berib qolmay, olsa bo’ladigan narhda sotilib, ishlab
chiqaruvchining harajatlarini koplab, foyda keltirishi kerak. Undan tashqari
mahsulot ekologik toza va zararsiz bo’lishi zarur.
232
Ishlab chiqarish davrida brak chiqmasligi uchun vaqti-vaqti bilan
quyidagilarni tahlil qilib turish kerak:
- Haridorning talablarini;
- Mahsulotga bo’lgan texnik talablar va xizmat ko’rsatishiga talablar;
- Ishlab chiqarish va texnik xizmat ko’rsatishga talablar;
- Loyihalash bosqichida sifatni ta’minlash tizimi o’z ichiga yangi yoki
takomillashtirilgan mahsulot chiqarishga ishlab chiqaruvchilarning
tayyorgarligining tahlilini olishi kerak.
Bunda yig’ish, texnik xizmat ko’rsatish, ta’mirlash, mahsulotni ishlatish,
iste’molchiga xizmat ko’rsatishni tashkil etish bo’yicha instruksiyalar berilishini
tekshiriladi. Bunda personalni mahsulotdan nusxalarni tekshirib, o’rab (upakovka)
va etiketkalari nazarda tutiladi. Bundan tashqari iste’molchi bilan qayta aloqani
ko’zda tutish kerak, uni tajribasini loyihada hisobga olish kerak. Yana sifatni
ta’minlashda ishlab chiqaruvchi o’zining mahsulot sifatini nazorat qilishi ko’zda
tutgan. Bu etkazib beruvchilarni imkoniyatini beradi. Uzoq muddatli aloqalar
bog’langan taqdirda olib kirish nazoratidan voz kechib, harajat va vaqtni tejash
mumkin. Iqtisodiy rivojlangan mamlakatlarda etkazib beruvchilarning konkursi
mavjud. Tanlab olingan etkazib beruvchilar bilan munosabatlar uzoq muddat
asosida ko’riladi. Bu esa mahsulotning yuqori sifatli chiqarilishini ta’minlaydi.
Uzoq muddatli hamkorlik jarayonida ishonch muhiti paydo bo’ladi, bu esa kirish
nazoratidan voz kechish imkonini tug’dirib beradi va vaqt hamda mablag’ tejaydi.
AQSh firmalari etkazib beruvchini baholash usulini ham qo’llaydilar. Bu jarayonni
- etkazib beruvchini sertifikatlash deb ataladi. Bunda iste’molchi firma mol etkazib
beruvchi firma uchun standartlar tuzadi. Bundan tashqari boshqa usullar ham
qo’llaniladi – xom-ashyo etkazib beruvchini mahsulot ishlab chiqarishga jalb etish,
etkazib beruvchining texnologik jarayonlarini nazorat qilish va ularni
takomillashtirish bo’yicha tavsiyalar ishlab chiqarish. Undan tashqari xom-ashyo
va boshlang’ich materiallarning sifati va etkazib berish muddatini kuzatib, etkazib
beruvchilarga baholash shkalasi tuziladi va raqobat asosida tanlov o’tkaziladi.
ISO 9004 standartida kadrlar tayyorlash bo’yicha ham nizomlar ko’zda
tutilgan. Personalini tayyorlash o’z ichiga hamma tabaqalarni - rahbariyatdan to
ishchilarga qadar oladi. Rahbariyat avvalo sifat tizimini ta’minlash prinsiplarini
tushunishi kerak. O’rta bug’in (zveno) kengroq, tushunchalarga ega bo’lishi kerak.
Marketing, moddiy ta’minot va boshqa fanlarni bilishi kerak. Ishchi va
nazoratchilar asbob-uskuna, mehanizmlardan foydalanishni bilishlari kerak.
Hujjatlarni tushunib, xavfsizlik texnikasini bilib, statistik nazorat usullarining
asoslarini bilishlari kerak. Sifatli mehnatni rag’batlantirish muhim, ayniksa buni
personal tushunsa. Iste’molchining talablarini personal tushunib, firmaning
iqtisodiy ahvolini bilishi kerak.
Hozirgi sifatni boshqarish tizimining muhim xususiyatlaridan biri sifatni
ta’minlash borasida yuridik mas’uliyat, riskini pasaytirish imkoniyati.
Bu maqsadda quyidagilar ko’zda tutiladi:
- xavfsizlik standartlarini ishlab chiqish va joriy qilish;
- na’muna ustida xavfsizligini sinash uchun tajriba o’tqazish ;
- haridorlar uchun tuzish, etiketlash;
233
- mahsulot sifatini tekshirib turish uchun o’z vaqtida nazorat qilish usullarini
topish;
Sifatni boshqarish jaryonida sifat ilmog’ining barcha pogonalarida statistik
usullarni qo’llash muvaffaqiyatli ish olib borish shartidir. Statistik usullardan
tajribani rejalashtirish, dispersion va regress tahlili, tanlanma statistik nazorat va
boshqalar.
Shunday qilib ko’rib chiqilgan ISO 9000 seriyalarida e’tibor haridor talablarini
qondirishga, ma’suliyat o’rnatishga, paydo bo’lishi mumkin bo’lgan xavflar va
ustunliklarga qaratilgan. Yuqorida qarab chiqilganlarni korxonada mahsulotning
sifatini ta’minlash tizimini samaradorligini oshiradi.
2.12.3. Sifatni ta’minlovchi tizimni standartlashtirishni takomillashtirish
Bugungi kunda 9000 seriya ISO standartlari butun dunyo mamlakatlarida tan
olingan, milliy sifatida qabul qilingan va ko’pchilik firmalar tomonidan joriy
etilgan. Sifat tizimiga sertifikat yo’qligi tashqi bozorga chiqishga asosiy to’siq
bo’lmoqda. Transmilliy kompaniyalarning asosiy talabi 9000 seriya xalqaro ISO
standartlari ishlab chiqarish korxonalariga urnatilishi. Bu standartlarning dunyoda
tarqalishini quyidagi raqamlar ifodalaydi: agar 1993 yilda dunyo bo’yicha 500000
tizim sertifikatlangan bo’lsa, 1995 yilda - 1000000, 1997 yilning boshiga kelib
2500000.
Sifat tizimini xalqaro standartlarni joriy qilishda korxonalarni samarali
rag’batlantirish kerak. Bu borada Rossiya Federasiyasida sifat uchun premiya
urnatilgan. Bu premiya xalqaro tajribalarga asoslanib tuzilgan. Mutaxassislarning
fikriga qaraganda, Rossiya sifatni baholash mezonlari Yevropaning sifat uchun
premiya haqidagi nizomiga yaqin ekan.
Korxona uning ishini baholash mezonlarini bilishi kerak. Bu borada AQSh
tajribasi e’tiborga sazovor. Har yili AQSh da 100 dan ortiq korxonalar sifat uchun
beriladigan milliy premiya konkursda qatnashadi, baholash mezonlari yoritilgan
broshyuralar esa 200 ming nusxadan ortiq tiraj bilan tarqatiladi.
Sifat tizimini standartlashtirish rasmiyatchilikka aylanib qolmasligi kerak.
Shu hususida, Yevropaning sifat bo’yicha tashkilotining 40- kongressida Sifat
boshqaruvi - yangiliklar kirg’izishga rag’bati g’oyasi ostida. 9000 seriyali ISO
standartlarining ba’zi nizomlarini qayta ko’rib chiqish to’g’risida qaror qabul qildi.
Tajribalar 9000 seriyali ISO standartlarini konkretlash va bayonini soddalashtiruv
yo’li bilan yanada takomillashtirish maqsadga muvofiqligini ko’rsatadi. Bunda
10000 seriyali ISO standartlarining sifatni ta’minlovchi texnologiyalari ham
ko’zda tutiladi. E’tibor quyidagi masalalarga karatiladi:
- jarayonni boshqarish (personalini hisobga olib, iste’molchi bilan aloqa,
tovarni sotish);
- ma’muriy va ehtiyot ko’riladigan chora-tadbirlar;
- standartlarning yangi tahririga quyidagi 8 sifat boshqaruvining tamoyillari
kiritish ko’zda to’tilgan;
- personalning talabiga muvofiq bo’lgan tashkiliy tizim o’rnatish;
- personalini boshqarish;
234
- personalning ishtiroki;
- jarayonni moslashtirish;
- boshqaruvga tartibli (sistemali) yondashuv;
- doimiy takomillashtirish;
- qarorlar qabul qilishga haqqoniy yondashish;
- etkazib beruvchilar bilan o’zaro foydali munosabatlar.
Bu tamoyillar, sifat boshqaruvida uni doimo takomillashtiruvini hisobga
olib, asosiy qoida hisoblanadi. Bu jarayonda eng asosiysi iste’molchi hisoblanadi.
Firmaning muvaffaqiyati qay darajada iste’molchining talabini qondirishiga
bog’liq. Bu esa iste’molchilarning talablarini topib, baholab va ochib tushunib
o’rganish bilan bog’liq. Ikkinchi o’ringa tovar yaratuvchi odamlar qo’yilgan,
ko’rib turganimizcha texnologiya emas, shuning uchun personalni tayyorlashga,
uni rag’batlantirishga va iste’molchilarning talablarini qondirish jarayonida faol
ishtirok etishga jalb qilishga muhim rol ajratilgan.
Dunyo tovar bozorlarida o’sib borayotgan raqobat kurashi firmalarni
mahsulot sifatini nafaqat texnik jihatdan, iqtisodiy tomonidan ham, sifat tizimlarida
esa sifat uchun harajatlari tushunchasini ham mohiyati katta. Sifat ta’minlovchi
tizim korxonada rahbariyat tomonidan shakllantirilib va rasmiylashtirilgandan
so’ng joriy etiladi. Zamonaviy sifat boshqaruv tizimi ISO 9000 dan kelib chiqqan
holda, ular aniq konkret mahsulot sifatini ta’minlashga yo’naltirilganlikdan iborat.
Bir necha xil mahsulot ishlab chiqaradigan korxonada yana tizim bir necha
farqlanuvchi tizimlarga bo’linishi kerak. Masalan, Finlyandiyaning Nokia firmasi
bir necha avtonom sifatni ta’minlovshi tizimlardan iborat (kabellari, mayishiy
elektrotexnika va boshqalar).
Sifatni ta’minlash tizimi sifat ilmog’ini hamma pog’onasida ishlamog’i
kerak, shuni aytish keraki, ta’sir etish bo’yicha tizimda uchta yo’nalishni ajratish
mumkin:
- sifatni tahminlash;
- sifatni boshqarish;
- sifatni yaxshilash.
Bularning har birining ma’nosining o’ziga xosligi bor. Rejalashtirilayotgan
tadbirlar sifat tizimini ta’minlash dasturiga kiritiladi. Dastur aniq, bir mahsulot
uchun tuziladi va o’z ichiga mahsulotning sifati va texnik darajasiga tegishli sifat
ilmog’ini kerakli resurslar bilan ta’minlovchi tadbirlarni oladi. Bunda u yoki bu
kamchiliklarni oldini olish katta ahamiyatga ega. ISO 9004 standartlarida
ta’kidlanishicha sifat falsafasi shundan iborat: sifatni ta’minlash tizimi shunday
ishlashi kerakki, muammolarni oldini olishi kerak, ularni paydo bo’lgandan so’ng
aniqlamasdan. Oldini olish choralari asboblarni yangilash, dastgohlarni rejali
ta’mirlash, ish joylarida lozim bo’lgan hujjatlarni bo’lishidan va boshqalardan
iborat.
Do'stlaringiz bilan baham: |