Sanoat mulki huquqi sohasida shartnoma
tuzganda shuni yodda tutish
lozimki, bironta ham, bir-biriga o’xshagan bitim bo’lmaydi. Shartnoma mavzui,
texnika sohasi, iqtisodiy vaziyat va tomonlar nuqtai nazari muzokaralarda hamisha
turlicha bo’ladi, shunga ko’ra muvaffaqiyatli muzokaralar natijasi, ya’ni bitimning
kelishilgan matni har biri alohida holda, o’z qiyofasiga ega bo’ladi. Agar, hatto,
namunaviy litsenziyaviy bitimlar ro’yxati taklif qilinsada, har bir ayrim hol o’ziga
xosligini qamrab ololmaydi.
Qissadan hissa qilib aytish mumkinki, taklif etilayotgan bitimlar tuzilishi
barcha litsenziyaviy bitimlar uchun asos qilib olinishni da’vo qilmaydi: majburiy
va o’zgarmas emas. Maqsad butunlay boshqa - har qanday litsenziyaviy bitimni
tuzishda albatta yuzaga keladigan masalalarga e’tiborni qaratish kerak.
Shunday qilib, quyidagi beriladigan bitim
namunalari faqat ayrim
bandlarning talqinida bahsga sabab bo’luvchi, hadlashuvchi tomonlar o’rtasida sud
jarayonini vujudga keltiruvchi yoki uchinchi shaxsga nisbatan shunday holat sodir
qiluvchi sabablarga muzokara davomida yo’l qo’yilmaganini tekshirish uchun
xizmat qiladi.
Tashqi savdo bo’yicha litsenziya. Listenziyalar
turi va litsenzion
shartnomalarning shartlari.
Hozirgi paytda dunyoda yuz berayotgan iqtisodiy texnologik jarayon
sharoitlarida xalqaro iqtisodiy aloqalarning rivojlanishi uchun litsenziyalar sotish
yo’li bilan ilmiy-texnikaviy yutuqlarni ayirboshlashni kengaytirish lozimdir.
Listenziyalar sotish odatdagi tovarlarni sotishga qaraganda jadalroq sur’atlar bilan
bormoqda.
Patent o’zini xarid qiluvchiga mutlaq litsenziya
sharoitida muayyan
monopol huquq beradi. Sanoat mulklari, patent bilan muhofazalanganda chet el
firmalari uchun ko’proq qiziqish uyg’otadi, chunki bunday vaziyatda sotib olingan
litsenziya zarur texnikaviy ma’lumotdan tashqari firmaga buyum ishlab chiqish va
sotishda monopol huquq (litsenziyaviy shartnoma doirasida) beradi.
Har qanday holatda ham patent olingan yoki talabnoma berilgan ixtirodan
foydalanish huquqi litsenziyaning mavzui bo’lavermaydi. Qanday hollarda
patentsiz litsenziya sotish amalga oshiriladi? Shulardan biri — texnikaviy echim
atayin patentlashtirilmaganda yoki texnikaviy mohiyat
oshkor etilishi tufayli
patentlashtirish imkoni qo’ldan chiqarilganda. Shu bilan bir vaqtda boshqa firma
mazkur echim ishlab chiqilgan firma tomonidan ko’rsatiladigan texnikaviy yordam
va uning ishlab chiqarish tajribasisiz mazkur faoliyatni udalay olmaydi. Ba’zan
ishlab chiqarish tajribasini umuman patentlashtirib bo’lmaydi, u patentga loyiq
emas.
Oddiy
Do'stlaringiz bilan baham: