o’ziga xosliklarini yaxshi biluvchi konstruktorlar,
loyihachilar, texnologlar
tomonidan tekshiriladi.
Ob’ektlarni patent sofligini tekshirish quyidagi hollarda o’tkaziladi:
• natijasi tayin texnikaviy echim bo’lgan ilmiy-tadqiqot yoki tajriba
konstruktorlik ishlari yakunlanganda;
• ob’ektlarni ishlab chiqarganda yoki sezilarli darajada
takomilashtirilganda;
• ob’ektlar loyixalanganida, O’zbekiston Respublikasi xamkorligida
qurilayotgan
zavodlar, fabrikalar, shaxtalar, elektrostanstiyalar, temir yo’llar va
bular uchun butlovchi jihozlar etkazib berishda, shuningdek, O’zbekiston
Respublikasi xududida qurish mo’ljallanayotgan inshootlar, korxonalar va boshqa
kapital qurilish ob’ektlari
uchun etkazib berishda;
• ob’ektlarni eksporshga etkazib berishda;
• O’zbekiston Respublikasi tashkilotlari texnikaviy xujjatlarni chet elga
berishida;
• mamlakat ilmiy-texnikaviy yutuqlari uchun chet el firmalariga
litsenziyalar sotishda;
• yangi standartlar ishlab chiqish va mavjudlarini qayta ko’rib chiqishda;
• O’zbekiston Respublikasida yoki chet el yarmarkalarida ob’ektlarni
ko’rgazmasini o’tkazishda.
Patent sofligi ta’minlash uchun mas’uliyat buyum yoki
hujjatlarni ishlab chiqqan korxona va tashkilotlar zimmasidadir. Tarmoqlardagi
chetga sotish uchun mo’ljallangan mashinalar, uskunalar, jihozlar, materiallar va
texnologik jarayonlar patent sofligini ta’minlashni tashkil etish vazirlik va
muassasalarning vazifasiga kiradi. Vazirlik va muassasalarda
patent sofligiga
tekshirilishi lozim bo’lgan mashina, uskunalar, jihozlar, materiallar va texnologik
jarayonlarning ro’yxati tuziladi.
Patent sofligiga tekshirish haqidagi xulosani o’z vaqtida tuzish korxona va
tashkilotlarning majburiyatlaridan hisoblanadi. Ana shu xulosalar va boshqa
materiallar asosida vazirlik eksportni amalga oshiruvchi tashqi savdo tashkilotlari,
shuningdek, asosiy etkazib beruvchilar e’tiboriga, eng avvalo, patent sofligiga ega
bo’lmagan mashinalar, uskunalar, jihozlar, hujjatlar va h.k.lar haqidagi ma’lumotni
etkazadi. Vazirlik shunday ob’ektlarni etkazib berish mumkinligi, haqida o’z
taklifini bildiradi. Biroq, u yoki bu buyumni u yoki bu mamlakatga etkazib berish
mumkinligi haqidagi masalani hal etish mutlaqo tashqi savdo tashkilotlar
zimmasidadir, ular bu masalani etkazib berishni muayyan shartlari (etkazib berish
hajmi, tijorat kon’yukturasi va boshqa shartlar) ga bog’liq holda hal etadilar.
Chet elga texnika ob’ektini etkazib berish uchun, buyurtma tashqi savdo
birlashmalari yoki bosh etkazib beruvchi, patent sofligiga ega bo’lmagan shunday
ob’ektni oluvchi mamlakatga, etkazib berish haqidagi
qarorni qabul qiladi va
mazkur holda chet elda mazkur ob’ektni sotishda uchinchi shaxs patentiga xiloflik
mumkinligi bilan bog’liq oqibat uchun mas’uliyatni o’z zimmasiga oladi.
O’zbekiston Respublikasida chiqariladigan barcha mahsulotlarga nisbatan
tekshiruv va patent sofligini ta’minlash muhim ahamiyat kasb etadi. Buni xorijlik
talabnomachilarga beriladigan mamlakatimizda amal qiluvchi patentlar miqdori
oshganligi, O’zbekiston Respublikasida patent egalari foydalanadigan huquqlar
95
bilangina emas, balki O’zbekiston Respublikasida foydalanish uchun
mo’ljallangan mahsulot ob’ekti bilan ham tushuntirilishi mumkin. O’zbekiston
Respublikasi patent egasining huquqi buzilgan taqdirda uning da’vosi ko’lami
chiqarilgan mahsulot hajmi va qiymatiga bog’liq bo’ladi.
Patent sofligining ekspertiza uslubiga
Do'stlaringiz bilan baham: