S a m a r q a n d d a V l a t u n I v e r s I t e t I r a h m o n q u L o r z I b e k o V


Ризоий. Хуршед ва Маликаи Дилором. Ўзбек адабиёти. IV том, иккинчи



Download 5,54 Mb.
Pdf ko'rish
bet17/193
Sana01.07.2022
Hajmi5,54 Mb.
#724679
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   193
Bog'liq
orzibekov rahmonqul o\'zbek adabiyoti tarixi

1 Ризоий. Хуршед ва Маликаи Дилором. Ўзбек адабиёти. IV том, иккинчи
китоб. Тошкент, 1960, 195—208-бетлар.


kabi xalq og‘zaki ijodi syujetlari va motivlari negizida kelib chiqqanligi 
bilan ham izohlanadi.
M a’lumki, o ‘zbek adabiyoti tarixida ko‘plab avtori nom a’lum 
anonim asarlar uchraydi. Bir qancha xalq kitoblari ham shunday 
asarlardir. Ularda shu asaming ta’lif qilingan vaqti, joyi, muallifi, 
hatto kotibi ham ko‘rsatiImaydi. Masalan, o‘zbek xalq kitobi shaklidagi 
«Oshiq G ‘arib va Shohsanam», «Tohir va Zuhra», «Sanobar», 
«Malikai Dilnavoz», «Yusufbek va Ahmadbek» kabi asarlaming 
avtorlari haligacha nom a’lum. «Yusufbek va Ahmadbek»ning avtori
XVIII asr turkman shoiri Quibonali M a’rufiy, «Sanobar»ning avtori 
Shaydoiy, «Sayyod va Hamro»ning avtori Shohbanda deyilganda, 
bu asarlaming faqat turkmancha variantlariga nisbatan ishlatamiz. Shu 
nomdagi asarlaming o ‘zbek tilidagi variantlari esa, anonim asarlar 
b o ‘lib qolm oqda. B inobarin, q ach o n lard ir bu asarlar folklor 
namunalari sifatida ommalashib, qissaxonlar, roviylar ijrosida qayta 
ishlanishi jarayonida xalq kitobiga aylangan. Shuning uchun bunday 
asarlar ijodchisi qissago‘y va roviylar b o ‘lgan, deyish mumkin, 
ayrimlari esa, aniq mualliflariga ega.
Xalq kitoblarini asosan qissaxonlar ijro etishgan. Xat-savodi 
bo‘lmagan m ehnatkash om m a qissalami shu qissaxonlar orqali 
eshitganlar yoki savodli kishilarga o ‘qitib, zavq olganlar. Qissaxonlar 
muayyan xalq kitobini — qissasini hofizasida saqlab, o‘ziga xos ohang 
va usulda xalq o ‘rtasida kuylagan, asar syujeti va mazmunining xalq 
xotirasidan mustahkam o'rin olishiga harakat qilgan. Shuning uchun 
ham xalq, o ‘z navbatida, faqat yaxshi, qiziqarli qissalar yaratgan 
m ualliflarn ig in a em as, u larn in g ijrochilari sanalm ish yaxshi 
qissaxonlami ham sevgan. U m um an, qissaxonlik xalq m a’naviy 
taraqqiyotida m uhim o ‘rin egallagan. Asarda xalq qahramonligi 
tasvirining bo‘rtib ko‘zga tashlanmasligi, obrazlaming juda nozik 
hissiyotlarga berilgan qilib tasvirlanishi, yozma adabiyot asarlariga 
xos poetik uslub, kitobiy til xususiyatlarining yaqqol ko‘zga tashlanib 
turishi, she’riy parchalam ing klassik poetik jan r va shakllarda 
keltirilishi bunday asarlaming aniq adabiy manbaga ega ekanligini 
ko‘rsatadi. U m ar Boqiy tomonidan nasriy qissalaiga aylantirilgan 
«Farhod va Shirin», «Layli va Majnun», «Kitobi Sanobar», «Qissai


Sayfumuluk» va «Yusuf va Zulayxo»ning xalq kitobi shakllari 
shunday asarlardandir.
Xalq kitoblaridagi qahramonlar tasvirida sehrli-fantastik bo‘yoqlar 
bo ‘lsa-da, lekin ular ancha hayotiy shaxslar sifatida nam oyon 
bo‘ladilar. Qahramonlik ruhidagi xalq kitoblarida feodal jamiyatidagi 
real hayotning izlari, om m aning tarixi, etnografiyasi, o rzu - 
intilishlari, turmush zayli, vatanparvarligi, erkin muhabbat uchun 
kurashlari aks ettirilgan. U nda bahodir yigitlar, odil shahzoda va 
sarkardalar ta’rif etilib, ideallashtiriladi. Ishqiy-sarguzasht ruhi hokim 
bo'lgan nam unalarda esa, sevishganlarning m uqaddas ko‘ngiI 
tuyg‘ulari, sof muhabbat bobidagi yuksak fazilat va odamiyliklari 
bilan bog‘liq b o ‘lgan jihatlar asosiy o ‘rin tutadi. Sevishganlar o ‘z 
orzulari yo‘lidagi to‘siqlaiga qarshi mardonavor kurash olib boradilar. 
Bunday asarlarda qahramonlaming dunyoga kelishi va ilk taibiyasidan 
ular yo‘lida paydo bo‘lgan to ‘siqlar va bu to ‘siqlami mardonavor 
yengib, o‘z murodu maqsadlariga yetishganlarigacha — hammasi 
aks ettiriladi. Albatta, xalq kitobi avtorlari shunday qahram onlar 
tim so lid a m e h n a tk a s h o m m a n in g h a y o t, y a sh a m o q , ezgu 
m aqsadlarga intilm oq yo ‘lidagi intilishlarini, orzu-ideallarini 
ifodalaganlar. Agar ba’zi muhabbatga oid kitoblarda qahram on o‘z 
niyatiga qattiq kurashlar, qahramonliklar, orqali erishsa («Sanobar»), 
ba’zan u so‘zamolligi, m a’naviy ustunligi tufayli maqsadiga erishadi, 
undan kuch-quw at, ilhom oladi («Oshiq G ‘arib va Shohsanam»).
Ba’zi xalq kitoblarida esa, qahram onlar o ‘z aqidalari, orzulari 
yo‘lida halok b o ‘ladilar («Tohir va Zuhra», «Farhod va Shirin»). 
Maroqli tom oni shundaki, bu qahram onlar xalqning dardi, hasrati, 
armonlari bilan aloqador situasiyalarda harakat qiladilar. G archand 
bunday asarlaming personajlari ko‘p hollarda aslzodalar b o ‘lsalar- 
da, ular olijanob, maqsad, xalqning orzu-intilishlarini ifodalovchi 
qahram onlar sifatida ko‘rinadi. U lar ham m a vaqt yaxshilikni 
yomonlikka, insonparvarlik va adolatni zulm va jaholatga qarshi 
qo ‘yadilar.
Xalq kitoblaridagi Farhod, Shirin, Layli, M ajnun, Bahrom, 
Gulandom , Sanobar, Gulparizod, Tohir, Zuhra, Varqa, Gulshoh, 
O shiq G ‘arib, Shohsanam , X urshid, D ilorom , Asli, K aram ,


B o'zyigit, H afiza, Yusuf, Ziyrak, Z iyod, M ohim kabi ijobiy 
obrazlar Qoramulla, Yosuman, Xisrav, Ibn Salom, Shoh Abbos, 
Shohvalad, Qora Bahodir, Boboxon, Zaytun kabi salbiy obrazlarga 
qarshi qo'yiladi.

Download 5,54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   193




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish