Kim qyubdur, uhdayi o ‘z mulkungizdin chiqmayin,
Ikki, uch, to ‘rt da “vosin etmakni, ко ‘tahlik qiling.
Mardlar maydon chekib, rangni ко ‘tarib zaxmlar,
Sizga yo ‘q, ul javharu yuz ga upo-enlik qiling.
Bu g'azal xalqona she’rlar uchun mos keladigan ramal bahrining
«ramali musammani mahbuni mahzuf» vaznida yozilgandir. Taqtilari:
foilotun, foilotun, foilotun, foilun.
Qayd etish lozimki, Turdi Farog'iyning ayrim g'azallarida,
jumladan, besh baytli yuqoridagi g'azalida shoir taxallusi uchramaydi.
U ning g 'azallari ichida uch baytlilari h am bor. Bu g 'azallar
tugallanmagan yoxud shoiming o'zi ba’zi sabablaiga ko'ra o'z shoirlik
tamg'asini qo'Uamagan bo'lishi mumkin.
Turdining 1681 yil tarix m oddasi berkitilgan (1102 hijriy)
«Subhonqulixon va uning amir-amaldorlari haqida hajviya» nomi
bilan atalib kelinuvchi asari o ‘zbek adabiyotida yaratilgan birinchi
hajviy muxammas-dostondir. Shoir 33 beshlik — 165 misradan iborat
bu hajviyasida mamlakatni inqiroz yoqasiga keltirgan, zulm va
istibdodni avj oldirgan, fuqaroning zulm -zo'riik va beboshliklatga
qarshi bosh ko'tarishga majbur etgan voqea-hodisalami tasvirlaydi.
Unda 1680 yildan 1702 yillaigacha xonlik qilgan Subhonquli va uning
tarafdorlari zulmi ostida ezilgan xalqning hamda Turdiga o'xshash
xonlik siyosatidan norozi bo'lgan ijtimoiy guruhlaming noroziUgi
ifodalangan. Shuning uchun asarda haqoratlangan Turdining
isyonkor kayfiyati fuqaroning keng noroziligi ifodasi darajasiga
k o 'tarilg an deyish m um kin. Bu hajviy asarning 0 ‘rta Osiyo
zam inidagi A dabiyotlarda paydo b o 'lgan hajviyot bilan bog'li
tomonlari ham yo‘q emas. Bizda ilgari ham ba’zi hajviy g‘azallar,
qit’alar, tanbehlar yaratilgan bo‘lsa-da m azm unan to ‘la hajviy ruhga
ega asarlar yaratilgan emasdi. XI asr fors shoiri Hakim So'zoniy,
XVT—XVII asrlarda ijod qilgan fors-tojik shoirlari Mushfiqiy va Saidoi
Nasafiy hajviy m uxam m aslar yaratgandilar. Turdi ana shunday
asarlardan xabardor bo'lgani va ulardan ta ’sirlanib o ‘z zamonasi
illatlarini fosh etgan bo'lishi mumkin. Bu holatni yana shu fakt
h a m is b o tla y d ik i, T u rd in in g b iz g a c h a y etib k e lg an b e sh
muxammasining biri fors-tojik tilida yozilgan. Bu muxammas forsiy
adabiyotning buyuk nam oyandasi, ajoyib lirik asarlar ham da
«Bo'ston» va «Guliston»dek go'zal obidalar muallifi Shayx Sa’diyning
ishqiy-tasawufiy g'azaliga bog'langan tazm in muxammasdir. Turdi
o 'z in in g am ald o rlig i, u ru g ' o qsoqolligi d avridan afsuslanib
kelganligini ifodalab «Dar mazammati sipohigari» (Amaldorlikni
yomonlash) g'azalini ham bitgan.
« S u b h o n q u lix o n »
h a q id a g i
h a jv iy
m u x a m m a sn in g
boshlanishidayoq shoir o 'sh a o 'ta ziddiyatli, murakkab davrni
ifodalovchi:
Joyi osoyish emas, hech kima bu ko ‘hna ravoq,
Yog‘dirur boshimiza sangi jafo, gardi firoq —
misralarini bitadi. Unda konkret tarixiy shaxslaiga xos satirik lavhalar
keltiriladi...
Turdi xalq ichida yurib, ulaming ilmoqli, hatto vulgar so ‘zlaridan
ham aynan foydalanadi, qochirim, mazax, maqol, so‘kish — qabih
so‘zlarini she’rlarida ishlatadi. Shu yo‘l bilan satirik obrazlaming
individual qiyofalarini chizishga urinadi. Uning hajviy she’rlari,
ayniqsa, m
uxamtnasida chikka, pukka, mag‘zaba, bangi, qirchang'i,
ko ‘r, zang‘ar, yundi, mo‘ndi, sak, eshak, shunt k o ‘r, suprindi, it,
bit
kabi hajviy ob“ektga nisbatan ishlatilgan so‘zlami uchratamiz.
Chunki satiradagi hajviy til qo‘shiqda mahin, samimiy, nozik shaklga
kiradi. Lirikaning beozor tili satirada dilozorlikka o ‘tadi. Lirikadagi
go‘zal va mahin leksika ham da ohang endi haqoratli, mazaxli,
zaharxandali leksikaga ko‘chadi. Jumladan Turdi hajviyotida bu hoi
bo‘rtib turadi:
Edingiz barchangiz itdek fuqaroning etini,
G'asb ila ntolin olib, qoymadingizlar, bitini.
Qamchilar dog‘ solib boyung‘a, tilib betini,
Yordingiz zahrasini ichidan olib о ‘tini,
Bo‘lmadi kam raiyat boshidan hech tayoq...
Fuqaro bo‘ldi bu shoh asrida ko ‘p zoru nahif,
Zulmdin bo ‘Idi raiyat elikim, xoru zaif,
Soli tarixini etdim chu xiraddin taklif,
Dedi: «dirt» boshdin-oyoqdin tushub «Islom» zaif,
Davri Subhonqulixon jobir, umarosi yapaloq.
Bu bandning to ‘rtinchi misrasida m azkur muxammasda bayon
qilingan voqealaming sodir b o ‘lgan yili berkitilgan, ya’ni tarix sanasi
berilgan.
Bu satirik muxammas ham ramal bahrining «ramali musam mani
mahbuni maxzuf» vaznida yozilgandir.
Ruknlari:
foilotun / foilotun / foilotun / foilun
V V - - V V
- -
V V
-----
V V -
Shunday qilib, murakkab va mashaqqatli hayot yo'lini bosib o ‘tib,
Abdulazizxon davrida ro'shnolik ko‘rib, Subhonqulixon davriga kelib
xoru zorlikka va sarson-saigardonlikka uchrab umrini o‘tkazgan Turdi
Farog‘iy o ‘z dushmanlariiga qarshi she’rlar yozib, «o'zini dengizdagi
talotumdekhis qilib», «ninaipidekxalq ko‘zigayaqinlashishgaharakat
qilgan edi».
Qatrayam nochiz, ammo zoti kulzum Turdiman,
Kelturan amvojg'a bahri talotum Turdiman.
Rishtadek ming pechu tob chashmi so ‘zondek о ‘tar,
Bovujudi e'tibori chashmi mardum Turdiman.
(Nojiz — arzimas, pechu tob — iztirob, amvoj — toHqin.)
Turdining bizgacha yetib kelgan she’rlari deyarli davr qabohati,
ayrim shaxslardagi nuqsonlam i qoralashga, fosh qilishga, o ‘z hasbi
holini izhor etishga bag‘ishlangan asarlardir. Biroq, bu — Turdi
ijodining asosini tashkil qilmaydi. Shoir inson qalbida tug'yon uruvchi
xilma-xil tuyg‘u va kechinm alam i ham yuksak badiiy m ahorat bilan
aks ettiradi, g o ‘zal lirik lavhalar yaratadi. Hatto hajviy mavzulardagi
she’rlarida ham uning iste’dodli lirik shoir boiganligi ko‘zga tashlanib
turadi.
Har qanda g ‘ami do‘st dili porani istar,
To subh yaqo yirtmadi-mehr о ‘Imadi paydo —
birgina shu baytda q an ch alik ch u q u r hayotiy m azm un, fikr
ifodalanganligini ko‘ramiz. Shoir talqinicha, do‘st g'am i dili p o ra -
jarohatlangan yurakni taqoza etadi. Chunki yurakning bir parchasini
do'stga berish, uning m ehrini yurak chokiga joylash shart. Chindan
ham, tongda osmonning bir cheti yorishib mehr-oftob chiqadi. Shu
holatni shoir to tong yoqa yirtmaguncha quyosh chiqmaydi, deydi.
Mavzuni mustahkamlash uchun savollar
1. Turdi Farog‘iy she’rlarining topilishi va o'rganilishi tarixi
haqida nimalami bilasiz?
2. «Muxammasi turki»ning shoir hasbi holini o ‘rganishdagi
ahamiyati nimalarda?
3. Shoir she’rlarida yurt vajam iyat taqdiriga, jipslashishgadoir
qanday fikrlar aytilgan?
4. Turdi hajviyotining o‘ziga xos xususiyatlari, ijtimoiy ahamiyati
nimalarda ko‘rinadi?
5. Subhonqulixon shaxsi va faoliyatiga oid yangi fikrlardan
xabaringiz bormi?
Mustaqil mashgulot uchun topshiriqlar
1. Turdi Farog‘iyning joriy nashrlardagi she’rlarini o‘qing va
taassurotlaringizni daftarda qayd eting.
2. Shoir she’rlarida uning dunyoqarashi va ijodi bosqichlariga
doir faktlami aniqlang hamda amaliy mashg‘ulotda so‘zlab bering.
3.Shoir she’rlarining ayrimlarida taxallus ishlatilmagan-ligining
sabablari haqidagi fikrlaringizni daftarda bayon qiling.
Adabiyotlar
1. Турди. Ш еъ р л ар .—Т ., 1971 (ки ри ш сўзи м уаллиф и
А.Ҳайитметов).
2. Ёқубов Ҳ. Турди: Адабий мақолалар.—Т., 1971.
3. Абдуллаев В. Турди. Фароғий: Ўзбек адабиёти тарихи.
Д арслик, 2 -к и то б .-Т ., 1980.
4. Жумахўжа Н. М иллий бирлик курашчиси. «Тафаккур»
журнали, 1998, 3-сон.
Do'stlaringiz bilan baham: |