1 Сайёдий. Тоҳир ва Зуҳра. Тошкент. ЎзРФА нашриёти, 1960, 16-17-бет-
лар. (Бундан кейинги мисоллар ҳам ана шу нашрдан
олинди).
sirtmog'ida halok etilishigacha bo'lgan murakkab va mashaqqatli
hayotini, sarguzashtlarini bayon etadi; ikki yoshning g o 'zal
xislatlarini, kurash va intilishlarini to'laroq ochish maqsadida asarga
bir qancha epizodik obrazlar kiritadi.
Sayyodiy Tohir va Zuhra haqidagi og'zaki qissa syujetiga birmuncha
o'zgartirishlar kiritib, uni qayta ishlaydi, original epizodlar va
obrazlar bilan boyitadi, dostonning hayotiy, ijtim oiy-siyosiy
ahamiyatini kuchaytiradi. M asalan, qissaning xalq og'zaki ijodi
variantida Qora Bahodir Zuhraga uylanadi. Asar fabulasining bunday
bo'lishini Sayyodiy istamaydi. U voqealami yanada rivojlantirib,
asarni boshqacha yakunlaydi. T ohir Bag'dod shahridan qaytib
kelgach, Zuhra bilan topishadi, ular shohdan yashirincha uchrashib
turishadi, nikohdan o'tishadi. Tohir bilan Zuhraning o'lim idan
keyin Boboxon o 'z qizini tushida ko'radi. U otasidan Qora Bahodir
jasadini o'rtadan ko'tarishni so'raydi. Qora Bahodir jasadini qazib
olib boshqa yerga ko'madilar. Tohir bilan Zuhraning qabri xalqning
qadamjoyiga aylanadi va hokazo.
Binobarin, avtor ko'hna syujetga o'zi yashagan muhitni muayyan
darajada aks ettirish, gumanistik fikrlarini ifodalash nuqtai nazaridan
yondashadi. Shuning uchun o 'z g'oyalarini qiziqarli sarguzashtlar,
xayoliy-fantastik epizodlar, to'qnashuvlar fonida tasvirlaydi. «Tohir
va Zuhra» xalq ertaklariga yaqin xususiyatlari, fantaziya boyligi,
voqealaming tez rivojlanishi, tasodiflam ing ko'pligi, uslubidagi
soddalik, syujetning xalq qissalariga xos bir tarzda bayon qilinishi
kabi jihatlariga ko'ra, xalq kitoblariga yaqinlashuvi yoki xalq kitobi
tom on moyillasha borgan kitobiy poemalaming namunasi sifatida
qaralishi lozim.
«Tohir va Zuhra» dostoni ham xalq o'rtasida xuddi qissalardek
keng tarqalganligi, ommabop bir uslubda yaratilganligi uchungina
shartli ravishda xalq kitobi deb atalishi mumkin. Aslida, u afsonalar,
xalq og'zaki rivoyatlari asosida yaratilgan ishqiy-romantik doston
janriga mansubdir. Chunki dostondagi voqealar bayoni, rivoya qismi
o'zbek adabiyotidagi boshqa poemalardagidek masnaviy yo'li bilan
beriladi. Undagi nasriy o'rinlar nihoyatda qisqa-qisqa bo'lib, ular
b ir voqeadan ikkinchisiga o 'tis h d a , b o b lar o 'rtasid ag i syujet
steijenini yuz aga keltirishda bog‘lovchi vazifasini o ‘taydi, xolos.
Shoiming voqea va qahramonlarga munosabati, qahramonlam ing
bir-birlariga murojaati, psbcologik holat va kechinmalari asaming
syujet chizig‘i va g'oyaviy mazmuni bilan mahkam ulanib ketgan
g‘azal ham da boshqa lirik she’rlarda ifodalangan: Ular boshdan
oxirigacha aruz vaznida yozilgandir. Asaming so‘z tarkibida «ayrilg‘ali»
(ayrilmoqqa), «boroluk», «turoluk» (boraylik, turaylik) kabi jonli
so ‘zlashuv unsurlari asosiy o ‘rinni tashkil etsa ham , «alvido»,
«alfiroq», «jomi visol» kabi kitobiy ta’birlar, fors-arab tili elementlari
ham ko'plab uchraydi.
Sayyodiy insonning eng m uqaddas tuyg‘ulari, fazilatlari
hisoblangan samimiy ishq-m uhabbatni, ahdu vafoni ulug‘laydi,
bu tuyg‘ulami oyoq osti qilgan shafqatsiz va zolim shaxslaiga qarshi
g ‘aza b -n a fra t bild irad i, m ehnatkash xalqning og‘ir ahvoliga
achinadi, haqiqiy muhabbat yo‘lida zulmatni yorib chiqolmasdan
halok bo'lgan yoshlaming orzu-intilishlarini himoya etadi:
0 ‘shal kunkim qalam ilkimga tutdim,
Bu mushkul ish uchun qonlami yutdim, —
deydi u. Sayyodiy asari markazidagi ana shu gumanistik g‘oyalar
uning m a“rifiy-tarbiyaviy ahamiyatini belgiiaydi.
Sayyodiy o 'z asarida xalq ommasining Tohir va Zuhralar erkini
himoya qilib chiqishlari epizodini ham beradi. Mehnatkash fuqaro
ikki yosh taqdiri haqida qayg‘urib, g‘azabga keladi, nohaq azob
tortayotgan Tohimi ozod etish niyatida zolim Boboxon bilan yuz
lashadi.
S h o ir d o sto n d a g i T o h ir, Z u h r a , S h o h ix ib o n , M o h im ,
Odilshoh kabi ijobiy obrazlami samimiyat bilan tasvirlaydi, ular
siymosida o ‘z davri ijtimoiy hayoti haqiqatlarini berishga intiladi.
Tohir yuksak axloq egasi, ideal oshiqdir. U sof muhabbatni,
sadoqat va vafodorlikni o‘z umrining mazmuni deb biladi. U yoshlik
chog‘idanoq ilm -hunar o‘rganishga intiladi, dono va aqlli yigit bo‘lib
yetishadi. Tohir Zuhraga bo'lgan pok insoniy sevgisini oliy darajada
qadrlab, uni har narsadan ham ustun qo‘yadi:
Do'stlaringiz bilan baham: |