S a m a r q a n d d a V l a t u n I v e r s I t e t I r a h m o n q u L o r z I b e k o V



Download 5,54 Mb.
Pdf ko'rish
bet22/193
Sana01.07.2022
Hajmi5,54 Mb.
#724679
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   193
Bog'liq
orzibekov rahmonqul o\'zbek adabiyoti tarixi

Sansizin jannatga borsam, xonai zulmat erur,
Nolayu afg‘on etib, bir mohi tobon istaram...
Gar nasib bo‘lsa bihisht, borsam, visoling bo‘lmasa,
Naylayin, volloh, kerakmas huru g ‘ilmoni menga.
Tohir Odilshohning go'zal qizi Mohim unga muhabbat izhor 
qilganida ham , shoh unga toju taxt in“om etganida ham bularning 
barchasidan bosh tortadi, o ‘z niyati, shirin orzularining amalga 
oshishi yo‘lida har qanday qiyinchiliklami yengishga intiladi, mardlik 
va jasorat ko'rsatadi.
Zuhra ham ozodlikka intiluvchi, o‘z ahdi va sevgisiga vafodor 
in s o n d ir. H a , Z u h r a n in g sam im iy ish q y o 'lid a c h e k k a n
mashaqqatlari, nola-fig'onlari, ko'z yoshlari uning tengsizlik va 
xo‘rlikka qarshi isyonidir. Jamiyatdagi jaholat Zuhraga o'xshash 
minglab husn-m alohatda, odob va kamolotda yetuk bo‘lgan xotin- 
qizlaming huquqlarini, orzu-umidlarini poymol etgandi.
Sayyodiy dostonda sevishgan yoshlarga g'ov bo'lgan zolim 
Boboxon bilan Qora Bahodir kabi salbiy obrazlami ham yaratdi. 
Boboxon o'z ahdini buzib, qizi Zuhraning xohishiga qaramay, uni 
makkor va zolim Qora Bahodiiga tortiq qiladi, Tohimi esa shafqatsizlik 
bilan qatl ettiradi. Asardagi Odilshoh obrazi esa, mamlakatni adolat, 
tadbir bilan idora etish, fiiqaro ahvoliga achinish kabi xislatlari 
bilan Boboxon va Qora Bahodir obrazlariga qarama-qarshi turadi. 
Bu bilan shoir Sayyodiy Sharq adabiyotidagi adolatli va adolatsiz 
h u k m d o rlar to 'g 'ris id a g i o ‘z o 'tm ish d o sh la ri konsepsiyasini 
m a“qullab, uni o'z davri sharoitiga ko'ra talqin etadi, adolat va adolatli 
hukm dor haqidagi ezgu orzularini ilgari suradi.
Shoiming voqea va qahramonlarga munosabati, taassurot va 
xulosalari lirik m uqaddim a, lirik chekinish va lirik xotimalarda 
ifodalanadi. Shoir o ‘z vasfi va oshiq kechinmalari tasvirida garchand 
ba’zan qofiya va vazn saktaliklariga, quruqroq tasvirlarga yo‘1 qo‘ygan 
bo'lsa ham, asosan original o'xshatishlar, tashbihlar, jonlantirish 
va boshqa badiiy usullardan foydalanadi, an ’anaviy obrazlarga yangi 
tus beradi. Sayyodiy Tohim ing Zuhraga bo'lgan muhabbatini yorqin 
ifodalash va intonasiyani kuchaytirish maqsadida tanosub san’atidan 
hamda takror usulidan foydalanadi:


Ki Zuhra jonu, man jononasiman,
Ki Zuhra sham“u, man parvonasiman.
Ki Zuhra bog‘u, 
man bog‘ning guliman,
Ki Zuhra gul erur, man bulbuliman.
Ki Zuhra shamsu, man bir mohi anvar,
Ki Zuhra bahri ishq, man durru gavhar.
Sayyodiy m ah o ratig a xos b ir xususiyat sh u n d ak i, u o ‘z 
qahramonlarining sarguzashtlarini hikoya qilish, ulam ing ishqiy 
dunyosi, ruhiy kechinmalarini chuqurroq ochishga alohida e ’tibor 
beradi. Qahram onlam ing qalb tug‘yonlari, ichki kechinm alarini 
ravon va sodda lirik g'azallar orqali ifodalaydi. Bu g‘azallaming 
ayrimlarida psixologik tasvir ancha kuchli b o ‘lib, u ruhiy azoblar 
iskanjasida qiynalgan Tohir, Zuhra, Shohixubon kabi obrazlaming 
qalb jarohatlarini, mungli va hazin nolalarini, ruhiy dramatizmini 
ifodalashga xizmat ettiriladi.
Sayyodiyning «Tohir va Zuhra» asaridagi g‘azallarda, ko‘pchilik 
o'zbek shoirlari ijodidagidek, ulug' o'zbek shoiri Alisher Navoiyning 
va m ashhur ozarboyjon shoiri M uham m ad Fuzuliyning ta ’siri 
sezilib turadi. Buni shoiming «Koshki» radifli g'azalida ham ko'rish 
mumkin:
Chun azaldin do‘stlar, bo‘lmag‘ay erdim, koshki,
Ahdu vafo ul yor ila qilmag'ay erdim, koshki.
Bir jilva aylab boshima soldi tuman savdosini,
Andog‘ baloni jonima solmag'ay erdim, koshki.
Yoki:
Sabo, mandin salomimni nigorimga yeturgaysan,
Maning bu arzi holimni nigorimga yeturgaysan, —
m atla’li g'azali klassik adabiyotim izning eng nodir, eng nafis 
g‘azallaridan biri bo'lib, M uhammad Sulaymon o'g'li Fuzuliyning:
Sabo, agyordin pinhon sirim dildora izhor et,
Xabarsiz yorimi holi xarobimdin xabardor et —


g'azali ni eslatadi. Bunday g'azallar Sayyodiy asarida bir nechalab 
uchraydi.
Zuhra portreti ajoyib san’atkorlik bilan chiziladi. Shoir Sharq 
poeziyasidagi an ’anaviy o'xshatishlardan foydalanib g'oyat dilbar 
obraz yaratadi:
Yuz i guldek ediyu og‘zi g ‘uncha,
Ki ko'rgan jon berurdi so‘zlaguncha.
Labi la ’lu, tishi durdona erdi,
Ki ко ‘rsang tutfa bir jonona erdi.
Qamardek qoshi, yuz i shamsi anvar,
Ko‘zining ravshani monandi gavhar.
Sochi sunbul, siyohi anbarafshon,
Isi mushki Xo'tan, vasrinu rayhon...
Shoir Zuhraning go'zal tashqi qiyofasinigina emas, balki uning 
m a’naviy dunyosini ham m ohirona tasvirlay olgan:
Bu so‘zlar erlardan qolgan masaldur,
Har ishning awali sa ’yu jadaldur...
Har shakaming tabci bordur, har tikanda gul bitar,
Har g ‘anting bir shodi bor, behuda ey jon, g ‘am yema...
qabilidagi xalq maqollari, hikmatli so‘zlarmi o'z bag'riga olgan chiroyli 
baytlar ko'p uchraydi. Bular asarni m azm un jihatidan boyitib, 
uning ta ’siri kuchini oshiradi.
Mavzuni mustahkamlash uchun savollar
1.XVII—XVIII asrlarda uch xonlikdagi ijtimoiy-siyosiy ahvol 
qanday edi?
2.Ashtarxoniylar sulolasi davridagi madaniy hayotning muhim 
jihatlari qaysi sohalarda nam oyon bo'ldi? Bu davrda tarixnavislik, 
musiqa, tazkiranavislik, kitobat va xattotlikka oid qanday muhim 
asarlar yaratildi?
3.Xalq kitoblarida folklor bilan yozma adabiyotning uyg'unlashuvi


nimalarda ko'rinadi? Qanday xalq kitoblari keng tarqaldi?
4 .T asaw u f adabiyotining ildiz otishi kim lar ijodida ko‘proq 
namoyon bo'ldi. Naqshbandiylik, qalandarlik tariqatining kuchayishi 
sabablari nimalarda namoyon bo'ladi?
5.11m-fanga, lug'atshunoslikka oid yaratilgan asarlaming ilmiy- 
adabiy manbalik o ‘mi nimalarda ko'rinadi?
Mustaqil mashg’ulot uchun topshiriqlar
I.O b zo r mavzuga doir tavsiya etilgan A dabiyotlarni o ‘qib, 
konspektlashtirish.
2.Tarixga, xalq tibobatiga, badiiy nasrga oid asarlaming nashr 
qilingan namunalaridan ular badiiyatiga doir o'rinlam i aniqlang, 
tahlil eting va xulosalaringizni daftarda bayon qiling.
Adabiyotlar
1. Халқ китоблари: О ш иқ Ғариб ва Ш оҳсанам. —Т., 1960.
2. А булғозий. Ш аж ар ай и турк. - Т . , 1992; Ш аж ар ай и
тарокима.—Тошкент, 1995] Ш у асар, —Самарқанд, 1998.
3. Адабий таржималар: Ўзбек адабиёти, 4-жилд, 2-китоб. — 
Т„ 1960.
4. Абдуллаев В. Ўзбек адабиёти тарихи. Дарслик. —Т., 1980.
5. Валихўжаев Б. Ўзбек эпик поэзияси тарихидан. —Т., 1974.
6. Холид Расул. Ўзбек эп и к шеъриятида халқчиллик. —Т., 
1973.
7. Ш арипов Ж. Бадиий таржималар ва моҳир таржимонлар.— 
Т., 1972.
8. Ўзбек адабиёти тарихи. 5 жилдлик, 3-жилд. - Т ., 1978.
9. Ўзбек насри тарихидан: Умар Боқий ва Маҳзун.—Т., 1982.
10. Х у д о й н а з а р о в X. « Ш а ж а р а й и ту р к » ва у н и н г
ўрганилиш и,— Т., 1993.
II. Валихўжаев Б. Ўзбек адабиётшунослиги тарихи. — Т., 
1993.
12. Жумахўжаев Н. М иллий мустақиллик мафкураси ва 
адабий мерос. Д Д А .-Т ., 1999.



Download 5,54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   193




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish