S a m a r q a n d d a V l a t u n I v e r s I t e t I r a h m o n q u L o r z I b e k o V


Hayoti va faoliyati. Ogahiyshunoslik



Download 5,54 Mb.
Pdf ko'rish
bet168/193
Sana01.07.2022
Hajmi5,54 Mb.
#724679
1   ...   164   165   166   167   168   169   170   171   ...   193
Bog'liq
orzibekov rahmonqul o\'zbek adabiyoti tarixi

Hayoti va faoliyati. Ogahiyshunoslik.
Yorqin iste’dodlarga boy 
mumtoz adabiyotimiz, madaniyatimiz tarixida Ogahiyning o‘mi o‘ta 
salmoqlidir. U talantli lirik shoir, iste’dodli taijimon, zabardast 
tarixchi sifatida juda boy meros qoldiigan. Shu sababli Ogahiy 
zamondoshlaridan Muhammadrahim Feruz, Ahmad Tabibiy, 
Muhammadyusuf Bayoniy, Komil Xorazmiy kabi davrining taniqli 
ilm-madaniyat arboblari, shoirlari uning ta’rifida ajoyib fikrlar bayon 
etganlar. Jumladan, Komil Xorazmiyning quyidagi misralarida 
Ogahiy shaxsi va shuhratiga xos jihatlar juda haqqoniy ifodalangan:
Ulki ogahlaming ogahidir,
Fahmu donish sipehrining mahidur.
So‘zi ortiqdurur guhardin ham,
Fazlu donishda olam ichra olam.
Ogahiy zamonidan boshlab uning ko'pqirrali ijodiga, taqima va tarixiy 
asarlariga qiziqish so'nmay davom yetib keldi. Mashhur shaiqshunos 
olimlardan Bartold, Samoylovich, Yakubovskiy, Yahyo G'ulomov, 
Q.Munirov kabilaming tarixshunoslikka; V.Zohidov, V.Abdullayev, 
G‘.Karimov, S.Dolimov, R.Majidiy, F.G‘anixo‘jayev, B.Valixo‘jayev, 
N.Jumaxo‘ja kabilaming adabiyot tarixiga; G‘aybulla as-Salom
J.Sharipov, N.Komilovning taijimashunoslikka oid asarlarida Ogahiy 
ilmiy-adabiy faoliyatining muhim jihatlariga fikrlar bayon qilingan.
1960 yili uning «Ta’viz ul-oshiqin» devoni nashr etildi. 1971—
1980 yillar ichida «Ta’viz ul-oshiqin» devoni, taijima va tarixiy 
asarlaridan namunalami o‘z ichiga olgan 6 jildlik asarlari chop etildi.
1989 yili bu ulug‘ shoir va madaniyat arbobining 180 yilligi, 
1999 yili esa, 190 yilligi keng nishonlandi. 0‘zbekiston respublikasi 
Vazirlar mahkamasining maxsus qarori asosida shoir nomini 
abadiylashtirish bilan bog‘liq bo'lgan keng ko‘lamdagi ishlar amalga 
oshirildi.
Adabiyotshunos F.G‘anixo‘jayev «Ta’viz ul-oshiqin»ning 
tanqidiy matnini tayyorladi. Nusratullo Jumaxo‘ja va Abdurashid


Abdug'afurov kabi olimlarimiz Ogahiyning shoir, muharrir, 
taijimon sifatidagi faoliyatini chuqurroq o'rganishga bag'ishlangan 
ilmiy asarlar e’lon qildilar.
Juda muhim bir yangilik shundan iborat boidiki, Qiyot qishlog'ida 
yashovchi adabiyot muxlislaridan Ogahiy yoshligida o'zi tartib bergan 
majmua-bayoz topildi.
Muhammadrizo emiyozbek o'g'li Ogahiy 1809 yili Xiva yaqinidagi 
Qiyot qishlog'ida mirob oilasida dunyoga keladi. Uning otasi ham, 
bobosi ham (Avazbiy mirob) xonlikdagi obro'li mansablardan biri
- miroblik xizmatida bo'lib kelgan. Bu xizmat o'z navbatida uning 
amakisi mashhur shoir, tarixchi va taijimon Shermuhammadga 
(1778—1829), so'ng ancha muddat Muhammadrizoga o'tgan. Demak, 
Ogahiy miroblar sulolasining vakillaridan biridir. Biroq u bu xizmatda 
ishlagan bo'lsa-da molu mulk to'plashga intilmagan, xokisor, 
kamtarona yashash yo'lini tanlagan. 1829 yildan 1857 yilgacha 
miroblik mansabida bo'lgan Ogahiy otdan yiqilib, qattiq shikastlanadi 
va iste’foga chiqishga majbur bo'ladi. Umrining oxirigacha (1874) 
butunlay ijodiy ish bilan mashg'ul bo'ladi. Uning «Ta’viz ul-oshiqin» 
devonidan boshlab hamma asarlari saroydan, mansabdan 
forig'bo'lgan yillardagi ijodi mevalaridir.
Yosh Muhammadrizo uch yoshida otadan etim qolib
zamonasining eng nodir kishilaridan tog'asi Shermuhammad Munis 
qo'lida tarbiyalanadi, undan adabiy ta’lim oladi. Tinmay o'qiydi, 
mehnat qiladi, tevarak-atrofda, oilada, jamoat o'rtasida, ibtidoiy 
maktabda nimaiki ibratli ko'rinsa, ulami o'zlashtirishga harakat qiladi. 
Yaxshilarga yaqinlashib, ulardek boiishga intiladi:

Download 5,54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   164   165   166   167   168   169   170   171   ...   193




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish