Agar on turki Sherozi ba dast orad dili того,
Bo xoli hinduyash baxsham Samarqandu Buxororo.
(Agar u sherozlik turk jononi ko'nglimizni olsa, hinducha xoliga
Samarqand va Buxoroni bag'ishlar edim) g'azaliga mahorat bilan
tazmin muxammas bog'lagan. Biroq bizning ko'z o'ngimizda
Maxmur asosan qalami o'tkir, tili achchiq hajvchi shoir sifatida
namoyon bo'ladi. Shuning uchun ham uning o'zbek mumtoz
adabiyotidagi o'mini hajviy asarlari orqali tayin etish mumkin.
Hapiyoti.
Maxmuming 1956 yili chop etilgan hajviy asarlari
majmuasida yettita turkum asarlaridan (har bir turkum ikkita, ba’zan
uchta g'azal va masnaviyni o'z ichiga oladi) tashqari:
1. Munojat ba dargohi Qozi al-Xojot, mulamma’ muxammasi.
2. Ta’rifi viloyati Qurama muxammasi.
3. Dar sifati Qosim beklarbegi muxammasi.
4. Dar hajvi Xo'ja mir Asad masnaviysi.
5. Dar hajvi domullo Atoi Ashti muxammasi.
6. Avsofi Karimqul mehtar masnaviysi.
7. Dar sifati Niyozcha og'olik mullama’ masnaviysi.
8. «Dar sifati amir Olimxon ta’rix o'» hajviy tarixi (masnaviy)
kabi asarlari bor. U bu asarlarining anchasini, masalan,
muxammaslarining bir bandini o'zbekcha, ikkinchi bandini forsha,
masnaviylarining bir baytini o'zbekcha, ikkinchi baytini forscha
yozgan. Bir she’mi ikki tilda yozish Maxmur ijodiga xos xarakterli
xususiyatlardan sanaladi. U adabiyotimiz tarixida mulamma’ usulida
she’rlar yozishga alohida ruju’ qo'ygan zullisonayn shoirlardandir.
Maxmur hajviyotida uning ko'z o'ngida sodir bo'lib turgan
voqea-hodisalar, ularning ishtirokchilari real shaxslar ifodalangan.
U o'z zamonasidagi illatlami-qalloblik, diyonatsizlik, riyokorlik,
nodonlik va zulmni nufuzli shaxslar qiyofalari orqali aks ettiradi.
Ulaming adolatsizliklarini el ko'zida fosh qiladi. Yuqorida sarlavhalari
keltirilgan asarlardan ham ma’lum bo'lib turadiki, ular ichida o'lib
ketgan Amir Olimxonu, shoir Fazliydan tortib beklar begi, qozi,
nodon tabib, mehtar og'alik, xazinachi, munshiy kabi amaldoru
din arboblarigacha bor. Maxmur hajviyotidagi satirik obrazlar bir-
birini to'ldiradi. U hatto qozi, hoji, tabib, mulla, saroy shoiri Fazliy
hajviga bag'ishlab ikkita, ba’zan uchta she’r yozadi. Bunday
turkumlilik Maxmur hajviyotiga xos alohida xususiyatdir.
Maxmuming turkum, bir mavzuga bir necha hajv bag'ishlangan
she’rlari quyidagilardir.
1-turkum: g'azali Qozi Muhammad Rajab Avj (monolog-
g'azal). Qozi Rajab o'zini o'zi fosh etadi. Bu usulni Maxmurdan
avval Boborahim Mashrab hamda Huvaydo «O'zim» radifli
g'azallarida qo'llagan edilar; 2. «Avsofi Qozi Muhammad Rajab
Avj» qozining satirik obraziga shoir Maxmur tomonidan berilgan
tavsif, masnaviy shaklida.
2-turkum va boshqa turkumdagi asarlar ham monolog-g'azal va
shoir tavsiflaridan iborat bo'lib, bir-birini to'ldiradi va o'quvchida ikki,
uch asar orqali bir satirik obraz haqida to'la tasavvur hosil qilishga
yordam beradi. Bular Hoji Niyoz, Loubol O'ratepagi, Hakim Turobiy,
Mulla Yoqub Xo'jandiy, Qozi Xo'ja Sag'bon, Fazliy haqidagi asariardir.
Shoir riyokor Mulla Yoqub va Fazliyga atab uchtadan she’r yozgan.
Masalan, «Avsofi Qozi Muhammad Rajab Avj» masnaviysida qozining
munofiq, riyokor, diyonatsiz shaxs ekanligi, asli andijonlik bo'lib,
Yangiqo'ig'onda istiqomat qilishi, Qoratepa qishlog'ida qozi ekeni aytiladi.
Katta qozilik mansabida o'tirgan bu shaxs johil va badaxloqligi bilan
«mashhui» bo'lgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |