Yo ‘qdur bu jahonda sancha bulbul.
Tab’inga bali dedim mani zor,
Yodingdagi yoni ко ‘rdung, ey yor,
Qilmoqqa hurufi ismi nochor,
Qilding ani sokina xaridor,
Xatm o ‘ldi sanga ban taammul.
Hayrat chamani ichra qolding,
Yozmish boshidag'i yoni olding,
Payvand qilurg'a yaxshi bilding,
Semob siniga vasl qilding,
Bildim yarashur sanga tahammul.
Muxlis degonida bir kalemi,
Chiqdi onidin Uvaysiy nomi,
Bo ‘Idi so ‘zimi ban tamomi,
Yo bo‘ldimi mehnatim xomi,
K o‘nglung hama m a’dani taaqqul.
Uvaysiy o‘zbek adabiyotida musammatning uchlik—
musallas xilida
she’rlar yaratishga harakat qilgan yakkayu-yagona shoir hisoblanadi.
Uvaysiy devonida yagona namunasi uchrovchi bu musallasning har
bir bandi
aaa
qofiya tartibiga ega. Bu she’rda ham tasawufiy nidolar,
ehtiroslar, iltijolar beriladi. Ikki bandi:
Rahrn yetib, yorab, meni sen ayla jonondan xalos,
Bag‘rimi qon etti ul, la ’li badaxshondin xalos,
Jonni tandin qutqarib, k o ‘nglumni armondin xalos.
Jon qabul etmas tanimdin har mahal ketgil desam,
Yor bovar qilmag‘ay jon so‘zig‘a bitgil desam,
Rahm yetibon Vaysini dodig‘a sen etgil desam.
Chiston va muvashshahlari.
Uvaysiy Alisher Navoiydan so'ng
lug‘z-chiston, muammo va muvashshah janrlariga alohida e’tibor
berdi, bu sirli janrlaming adabiy ijodda an’ana sifatida davom etishida
katta xizmat qildi. Fikrimizcha, Nodira Uvaysiyga kanizak va yosh
qizlaiga balog‘at(she’r ilmi), advor (musiqa) ilmlarini o‘rgatishni
Uvaysiyga topshirgan. Uvaysiy bu imkoniyatlardan unumli
foydalanib, navnihol yoshlarning bilimi va topqirliklarini
chuqurlashtirish, so‘zga chechanligini oshirish maqsadida muammo
baytlar, tajnisli qit’alar, fardlar, chistonlar, muvashshahlar yozib
turgan. U o‘zi yozgan shunday qiziqarli she’rlari sirlarini yoshlarga
o‘igatgan. Binobarin, fikrimizcha, Uvaysiyning sirli she’r janrlariga
alohida mayl va e’tibor bilan qarashining sababi faqat an’ana bilangina
emas, balki shoiraning o‘z ijodini ma’rifiy-ta’limiy yo‘nalish bilan
bogiashga harakat qilganligida hamdir. Buning dalillaridan yana biri
shundaki, Uvaysiyning sirli-topishmoqsimon she’rlarida
shaklbozlikki beriJish alomatlari sezilmaydi, balki ulaming ta’limiy
jihatlariga ahamiyat beriladi. Uvaysiy qalamiga mansub «sirli» she’rlar
o'ttizdan oshadi. Uning muvashshahlarining qariyb hammasi g'azal
shaklidadir. Biroq, muammo-chistonlari bir, ikki, ba’zan uch bayt
hajmidadir. Chunonchi, quyidagi «Jahon» ismi chiquvchi: «Jimu,
hoyu, alifi nunkim darding yuki birla Dilida nuqtasi, bag‘rida dog‘i
loyiqi xunman» baytU muammoning birinchi misrasidagi to‘rt
so‘zning yig‘indisi
Do'stlaringiz bilan baham: |