S a m a r q a n d d a V l a t u n I v e r s I t e t I r a h m o n q u L o r z I b e k o V


Ey, xush ulkim, bayni gulzor ichra sarvi nozi bor



Download 5,54 Mb.
Pdf ko'rish
bet142/193
Sana01.07.2022
Hajmi5,54 Mb.
#724679
1   ...   138   139   140   141   142   143   144   145   ...   193
Bog'liq
orzibekov rahmonqul o\'zbek adabiyoti tarixi

Ey, xush ulkim, bayni gulzor ichra sarvi nozi bor,
Sarvi nozekim, chaman ichra qadi mumtozi bor.
Qaddi mumtozeki, shamshod birla tubo rashkidin,
0 ‘zlarin aro berib mashshotai pardozi bor...
bu baytlarda tanosib, istiora san’atlari jilolari ham bor.
Mana bu baytlarida esa lutf san’atiga murojaat yetib, «Go'zal yor 
guldan ham toza va nazokatli bo'lib, u agar sayri guliston etgudek 
bo'lsa, gulzordagi barcha gullar o'zlarining latofat va go'zalliklarini 
uning yo'liga poyandoz qiladilar», - deydi:
San nechuk hursan, niholi sarvsankim har taraf,
Aylasang mayli xirom, aylar qadingdin noz gul.
Bu nazokat birla gar sayri guliston aylasang,
Bargu borini qilur yo'lingda poyandoz gul.
Mavzuni mustahkamlash uchun savollar
1. Buxoro amirligi hududida Mujrim Obidga zamondosh bo'lgan 
qaysi shoirlami bilasiz?
2. Mujrim «Hasbi hoi» masnaviysining milliy qadriyatimizni 
e’zozlashdagi ma’rifiy-tarbiyaviy ahamiyati nimalarda?
3. Mujrim Obid asarlarini to'laroq nashr ettirish va o'rganish 
borasida qanday fikrlar bildira olasiz?
Mustaqil mashgfulot uchun topshiriqlar
1. 
«Mujrim Obid. G'azallar» hamda «O'zbek adabiyoti» (majmua, 
3 jild) kitobidagi Mujrim Obid she’rlarini mutolaa yetib, o'z 
xulosalaringizni yozma ravishda bayon qiling.
Adabiyotlar
1. Mujrim Obid. G’azallar. —
Т., 1960.
2. O'zbek adabiyoti. Majmua, 3-jild. —
Т., 1959.
3. O'zbek adabiyoti tarixi. 5 jildlik. 4-jild. —
Т., 1978.
4. O'zbek adabiyoti tarixi. Darslik. Ikkinchi kitob. —Т., 1980.


UVAYSIY
Ismi Jahonoy (Jahonotin), taxallusi Uvaysiy, Vaysiy 
(xo'rlangan) bo'lgan bu shoiraning lirik janrlardagi asarlarini o'z 
ichiga olgan she’riy devoni(bir necha nusxada), «Qissai shahzoda 
Hasan», «Qissai shahzoda Husayn» nomlaridagi diniy-sarguzasht 
dostonlari hamda «Voqeoti Muhammad Alixon» nomli tarixiy 
manzumasi ma’lum. XIX asrda tuzilgan ayrim tarixiy solnomalarda 
shoira asli maig'ilonlik bo'lib, 1789-1790 yili dunyoga kelganligi, 
adabiyot va musiqaga ixlosmand ma’rifatli oilada tarbiya topganligi, 
o'ta savodxon otincha ayollardan biri sifatida tanilib, keyinchalik 
Qo'qonda Nodira bilan yaqin tutinib ijod qilganligi aytiladi. Masalan, 
«Tazkirai Qayyumiy»da shoira taijimai holi va qismati haqida quyidagi 
ma’lumotlar keltirilgan: “Marg'ilonli shoir va hofiz Siddiqbobo 
Fayziyning qizidir. Adabiy sohaga otasi tortmishdur. Otasi oilaviy 
turmushi buzilgan qizini do'sti - mansabdor shaxs Abulqosim 
Otaliq(shoir Vazir) orqali Xo'qandga yuboigan. Otaliqning oilasi 
Ark atrofida bo'lganidan shunda xizmat qilib yurgan. Bir-ikki yildan 
so'ngra shoiraligi bilan shuhratlandi va ovoza xonning haram saroyiga 
ma’lum bo'lgach, Mohlaroyim o'z huzuriga qabul etdi va unga 
mushfiqlik qilib, haramda o'ziga munosib bir o'rin ko'rsatdi”.
Uvaysiyning onasi (Chinnibibi) ham savodli ayollardan bo'lib, 
o'z mahallasida maktabdorlik qilgan. Uvaysiy yoshligidanoq oilada 
savod chiqaigan, ko'p kitob mutolaa qilgan, otasi va akasidan dutor 
va tanbur chalishni o'iganib olgan. Shunday madaniyatli, ma’rifatli 
muhit Uvaysiyning o'z zamonasining bilimdon ayoli va iste’dodli 
shoirasi sifatida kamol topishida katta omil bo’lgan. Ayniqsa, Nodira 
nimoyati va homiyligida kechgan yillari unga munosib shuhrat 
keltirgan. U haramdagi murabbiy va ustoz shoiralardan, 
tarbiyachilardan biri sifatida hurmat qozongan. U bir she’rida 
Nodirani o'zining jonkuyar g'amxo'ri, homiysi sifatida ta’rif etadi:

Download 5,54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   138   139   140   141   142   143   144   145   ...   193




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish