S a m a r q a n d d a V l a t u n I v e r s I t e t I r a h m o n q u L o r z I b e k o V


Mavzuni mustahkamlash uchun savollar



Download 5,54 Mb.
Pdf ko'rish
bet119/193
Sana01.07.2022
Hajmi5,54 Mb.
#724679
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   193
Bog'liq
orzibekov rahmonqul o\'zbek adabiyoti tarixi

Mavzuni mustahkamlash uchun savollar
1. «Zaitmlmasal»dagi real inson tasviridagi obrazlar kimlar?
2. Asaming majoziyligi nimalarda ko‘rinadi?
3.«Zarbulmasal»da xonlik tuzumlaridagi ahvolga munosabat 
qanday ifodalangan?
4. Asaming hozirgi ma’naviy hayotimizda tutgan o‘mi va 
ahamiyatini qanday izohlaysiz?


1. 
«Zarbulmasabning 1976 yili chop etilgan tanqidiy matnini 
mutolaa qilib, undagi maqol, matal va hikmatli so‘zlami alohida 
daftarga ko'chiring.
Adabiyotlar
1. Gulxaniyning «Zarbulmasal» asari. Tanqidiy matn. -Toshkent, 
1976.
2. Gubcaniy. «Zarbulmasal» va g‘azallar». —
Toshkent, 1958.
3. Poiatjon Domulla Qayyumov. Tazkirai Qayyumiy. 1 jild. —
Toshkent, 1998.
4. Kayumov A. Qo‘qon adabiy muhiti. —
Toshkent, 1961.
5. Abdullayev V. 0‘zbek adabiyoti tarixi. Darslik, 2-kitob. -Toshkent, 
1980.
6. Zohidov V. Gulxaniy. 0‘zbek adabiyoti tarixidan. —
Toshkent, 
1960.
7. Ishoqov F. Gulxaniy. O'zbek adabiyoti tarixi: 5 tomlik, IV 
tom. —
Toshkent, 1979.
8.1 shoqov F. Maktabda Gulxaniy adabiy merosining o'iganilishi. 
Oliy va 0‘rta maktablar uchun qo'Uanma. —
Toshkent, 1983.
Ishoqov F. «Zarbulmasal» —
xalqchil nasming yuksak namunasi. 
O'zbek nasri tarixidan. —
Toshkent, 1982.
9. 
Ishoqov F. «Zarbulmasal» talqinlari. Asarda Amir Umarxon 
davrining aks etishi. «Muloqot» jumali, 1997, 4-son.


AMIRIY
Hayoti va faoliyati.
Said Umaibek —
Umarxon, adabiy taxallusi 
Amir, Amiriy bo'lgan hukmdor, shoh va shoir o'zbek mumtoz 
adabiyotining yorqin siymolaridan biri sanaladi. U o'zining ancha 
qisqa, atigi 35 yillik umri davomida madaniyat va adabiyot rivojiga 
katta havas bilan qarab, o'z poytaxt shahri Qo'qonda kuchli adabiy 
markaz tashkil etgan. Yuzdan ortiq shoiru adiblar, xofizu 
xonandalar, kulgi, askiya ustalari, xattotlar uning homiyligida o'z 
iste’dodlarini namoyon etganlar. Amiriy saltanat shukuhi va 
dabdabalari bilangina o'ralashib qolmagan. Diyonati, e’tiqodi 
mustahkam, madaniyati yuksak shaxs sifatida mamlakat hamda elu 
yurt tashvishlari bilan yashagan. Ko'p vaqtini mamlakat 
obodonchiligiga, bunyodkorlikka, adabiyot va san’at ravnaqiga sarf 
etgan.
Amiriy qoldirgan she’riy devon olima Mahbuba Qodirova 
tomonidan 1972 yili katta kirish so'zi bilan chop etildi. Biroq o'sha 
yillari Amiriyga o'xshash shoh va shoirlarga munosabat yaxshi emas 
edi. Shu sabab uning devonini, undagi asarlarni chuqurroq 
o'rganish, ommalashtirish ishlari rivoj topmay to'xtab qoldi. To 
XX asrning 90-yillari, respublikamiz mustaqil bo'lgunga qadar 
Amiriy—Umarxon xususida so'z yuritilmadi desak ham bo'ladi. 
Chunki istiqlolgacha mumtoz abadiyotimiz sho'rolar mafkurasi 
tazyiqi ostida «dunyoviy adabiyot», «feodal-saroy adabiyoti», «diniy- 
mistik adabiyot» tarzida uch guruhga ajratib yuborilgan edi. Mazkur 
yo'nalishlardagi Adabiyotlardan faqat dunyoviy adabiyot saralanib, 
u ijobiy hodisa sifatida tan olindi va o'iganildi. Hatto shu dunyoviy 
adabiyot vakillarining asarlari ham ilohiy-irfoniy g'oyalardan 
«tozalanib» tahlil va talqin qilindi. «Feodal-saroy (klerikal)» va «diniy- 
mistik» yo'nalishdagi adabiyot deb hisoblangan asarlar va ulaming 
mualliflariga o'tmishni qoralash uchungina murojaat etib kelindi. 
Amiriy merosiga nisbatan ham shunday yoi tutildi. Shu bois istiqlol 
shabadalari esa boshlagach, Amiriy va unga o'xshash shoh shoirlar 
faoliyatiga, merosiga munosabat o'zgardi. Ular ijodiga ham o'zlikni 
anglashga, milliy g'urumi taibiyalashga ko'maklashuvchi vositalardan


biri sifatida qarash qaror topdi va topmoqda. Keyingi yillari Amiriy 
ijodini kengroq o'rganishga qiziqish kuchaydi. A.Hayitmetov, 
M.Qodirova, H.Muhammadxo‘jayev, R.Orzibekovning Amiriy va 
uning ijodiga bag'ishlangan maqolalari, adabiy portretlari maydonga 
keldi. Saidumarbek —
Umarxon —
Amiriy shaxsiyati va ijodi haqidagi 
qaydlar shoiming o'z devoniga yozgan debochada, tarixchilar 
tomonidan bitilgan asarlarda, «Majmuat ush-shuaro tazkirasida, 
Amiriy hayoti va ijodiga doir boshqa manbalarda uchraydi.
Umarbek ayrim manbalarda 1785 yili, ayrimlarida esa, 1787 yili 
tavallud topgan, deb ko'rsatiladi. Boiajak iqtidorli hukmdor va 
iste’dodli shoir Umaixon puxta ta’lim-tarbiya oladi. U ayniqsa adabiyot 
va tarix kabi fanlami zo'r qiziqish bilan o'qiydi, fors, arab tillarini 
mukammal egallaydi, diniy-islomiy manbalardan ham yaxshi 
xabardor boiadi. Norbo'tabiydan so'ng qonuniy valiahd sifatida 
Qo'qon taxtiga o'tirgan Olimxon (1798-1810) o'tkir zehnli, haibiy 
salohiyati kuchli, davlat ishlariga qiziqishi baland ukasini Farg'ona- 
Marg'ilon hokimi yetib tayinlaydi. Olimxonning pochchasi, diniy 
arboblardan biri sanalmish Mas’umxon to'raning «Muntahab ut- 
tavorix» asarida keltirilishicha, shu shaxsning vositachiligida, 
Olimxonning taklifi bilan Umarbek 1808 yili amakisining 
(Rahmonqulibiyning) qizi Mohlaroyimga uylantiriladi. Amiriy 
yoshligidanoq husni malohatda, odob va axloqda, iste’dodda 
chinakamiga ismi jismiga monand boigan Komila (Nodira)ning 
mashhur shoira, davlat arbobi, sifatida hurmat qozonishida ко'magi 
katta. Nodiraning she’riyatdagi bevosita ustozi Amiriy boigan.
Amiriy oilaviy hayotda o'ta samimiy, umr yoidoshiga g'amxo'r 
va mehribon bo'lgan. Biroq taassufki, biz sho'rolar hukmronligi 
yillari Umarxonni Nodiradan ajratgan holda feodal hukmdor, saroy 
shoiri, shuhratparast shaxs sifatida tushuntirib keldik. Ilmiy asarlarda 
uning shaxsi, asarlari qora bo'yoqlarda ko'rsatildi. Amalda esa, 
Umarxon—Amiriy ham saltanat egasi—hukmdor, ham iste’dodli 
ijodkor sifatida o'z o'tmishdoshlari, Husayn Boyqaro va Mirzo 
Bobur yo'lidan borib, mamlakat barqarorligi, obodonligi yo'lida, 
madaniyat va adabiyot rivojiga muhim hissa ko'shgan ulkan bir tarixiy 
shaxs edi. Umarxonning akasi Olimxon saroy amaldorlari fitnasi


tufayli 1810 yili Toshkentdan Qo'qonga qaytishda oidirilgach, 22- 
23 yoshli Saidumaibek xonlik taxtiga lozim ko‘riladi. U 1810 yildan 
1822 yilgacha hukmdor sifatida ulkan ishlami amalga oshiradi, xonlik 
sarhadlarini kyengaytiradi, yangi shaharlar, manzilgohlar, obod 
joylar Ьафо qildiradi. Uning davrida Qo'qon xonligi madaniy va 
adabiy hayotida kuchli yangilanish paydo boidi. U Qo‘qon adabiy 
markazining asoschisi, tashkilotchisi va homiysi boidi. Farg'ona, 
uning markazi Qo'qon shoiru shuarolar qarorgohiga aylandi. Unda 
Husayn Boyqaro va Navoiy davri Hirot adabiy muhiti an’analari 
tiklangandek boidi. Shuning bilan birga, u feodal hukmdor sifatida 
qo'shni xonlik Buxoro bilan nizolarda boiadi, bosib olingan o'lka va 
shaharlardan ko'plab aholini asir sifatida Farg'onaga keltirib, yangi 
manzilgohlar barpo ettiradi. «Tarixi muhojiron» memuar asari hamda 
«Sabot ul-bashar» she’rlar majmuasining muallifi Dilshodi-Bamo 
yoshlik yillarida O'ratepadan asira sifatida Qo'qonga haydab 
keltirilganlardan biri edi. Keyinchalik u himoyat topib, Umarxon va 
Nodiraning iltifotiga sazovor boiadi. Ma’naviyat homiysi Umarxon 
Dilshodning iste’dodini qadrlaydi. Dilshod-Bamo Nodira va Uvaysiyga 
maslakdosh sifatida o'z ijodini davom ettiradi, uzoq umr ko'rib, 
XIX asrning so'nggi choragida talantli shoira sifatida tanilgan 
Anbarotinga ham otinbuvilik qiladi. Haqiqatni dadil gapiruvchi bu 
shoira o'zining «Tarixi muhojiron» asarida Umarxon haqida so'z 
yuritib, uni «Olim va buyuk shoir edi, biroq shunday boisa-da, 
mazlum aholiga mehr-shafqati kam boidi», deb yozadi. Shu o'rinda 
Umarxonning feodal hukmdor sifatidagi salbiy jihatlari ham 
boiganligini unutmasligimiz lozim.
Qo'qon xonligi tarixi va adabiyotining chuqur bilimdoni alloma 
Po'latjon Domulla Qayyumovning uch jildlik «Tazkirai Qayyumiy» 
asarida yangi ma’lumotlar keltirilgan: 

Download 5,54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   193




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish