Ruza. Gorizontal syomka. Teodolit syomkasi. Taxeometrik syomka



Download 0,84 Mb.
bet5/11
Sana13.08.2021
Hajmi0,84 Mb.
#146521
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
7-MA’RUZA. GORIZONTAL SYOMKA. 944be38ec7bd280078c9de283ca72aba

CHizig‘iy kestirma usuli. Bu usulda s’yomka qilinadigan nuqta o‘rni shu nuqtaga yaqin bo‘lib, o‘rni asosiy s’yomkada aniqlangan ikki yoki uch nuqtadan o‘lchangan masofa bo‘yicha aniqlanadi. Masalan, asosiy poligonning VS tomoniga yaqin yakka daraxt yoki stolba o‘rnini aniqlashda V va S nuqtadan M nuqtagacha bo‘lgan masofa VM va SM o‘lchanadi (13.5-shakl).

M nuqtaning plandagi o‘rni V va S nuqtalardan VM va SM radiuslari bilan chizilgan yoylar kesishuvi orqali topiladi.

Burchak kestirmasi. Bu usul joyda chiziq uzunligini o‘lchash noqulay bo‘lganda qo‘llaniladi. Masalan, CD tomonga nisbatan (13.5-shakl) daryoning narigi sohilini s’yomka qilishda xarakterli uch nuqta (1, 2, 3) belgilanadi. Bu nuqtalar o‘rnini aniqlash uchun poligon tomoni CD bazis deb qabul qilinadi yoki alohida bazis o‘lchanadi. Keyin S va D da turib teodolit bilan 1, 2 va 3, D da turib 1, 2 va 3 o‘lchanadi. Bu o‘lchash natijalari bo‘yicha 1, 2, 3 nuqtalarining plandagi o‘rnini ikki yo‘l bilan topish mumkin. Agar S nuqtada transportir yordamida CD ga nisbatan 1, 2 va 3 burchaklarni, D nuqtada DC ga nisbatan 1, 2 va z burchaklarini yasab, burchak tomonlarini davom ettirsak, ular kesishuvidan 1, 2 va 3 nuqtalar o‘rni topiladi. Burchak yasashda xato katta bo‘lganidan, chizg‘iy kestirma usulidan foydalanish ma’qul bo‘ladi. Buning uchun sinuslar teoremasi bo‘yicha S1=a1, S2=a2 va S3=a3 hamda D1=v1, D2=v2 va D3=v3 masofalar aniqlanadi, ya’ni

; ; ;

; ;

Kestirma usulda s’yomka qilishda ham joy abrisi chizilib, o‘lchash natijalari uchun maxsus jadval tuzilishi mumkin. Keyin chizg‘iy kestirmadagidek D nuqtadan a1, a2 va a3 larni radius qilib, S nuqtadan esa v1, v2 va v3 larni radius qilib yoy chiziladi; o‘tkazilgan mos yoylarning kesishuv nuqtalari 1, 2 va 3 nuqtalar o‘rni bo‘ladi. Daryoning berigi sohilini shu usul bilan yoki CD bazisga nisbatan perpendikulyar usuli bilan aniqlash mumkin.



Qutbiy koordinatalar usuli. Bu usul qisqacha qutbiy usul deb ham ataladi. Bu usulda s’yomka qilinadigan joy xarakterli nuqtalarning o‘rnini qutb deb olingan bosh nuqtada turib, ma’lum chiziqqa nisbatan o‘lchangan burchaklar va shu nuqtalarning qutbdan bo‘lgan masofalari orqali aniqlanadi. Bu usul maydon va ochiq joylarni (paxtazor, bedapoya, polizni) s’yomka qilishda qo‘llaniladi.



13.6-shakl. 13.7-shakl.

Masalan, berilgan maydon chegarasi bo‘ylab (13.6-shakl) xarakterli A, V, S, D, E nuqtalar belgilanadi. Asbobni hamma nuqta ko‘rinadigan va o‘rni aniqlangan O nuqtaga o‘rnatib, ish holatiga keltirgach limb va I verner nollari to‘g‘rilanadi va alidadani mahkamlab, limb bo‘shatiladi-da, A nuqtaga qaraladi va limb mahkamlanadi. Bunda teodolit OA chiziq bo‘yicha orientirlangan bo‘ladi. Keyin alidadani bo‘shatib, ketma-ket V, S, D, E nuqtalarga qarab sanoq olinadi. Bu sanoqlar 1, 2, . . . , 5 burchaklar qiymati bo‘lib, ular qutbiy burchaklar, OA chiziq esa qutbiy o‘q deyiladi. S’yomka qilishda lenta yoki dalnometr bilan OA—d1, OB=d2, OS=d3, OD=d4 va OE=d5 masofalar o‘lchanadi; bu masofalar radius vektor deyiladi. Radius vektor va 1, 2, . . . , 5 burchaklar qutbiy koordinatalar deyiladi. S’yomkada joy abrisini chizib, o‘lchash natijalarini jadvalga yozib borish maqsadga muvofiq bo‘ladi.

Planga chizishda avval O nuqta va OA yo‘nalish chiziladi. Keyin transportir bilan ketma-ket i, burchaklar yasalib, topilgan yo‘nalishlar bo‘yicha di lar qiymati masshtab bo‘yicha qo‘yilsa, V, S, D, E, nuqtalar topiladi.

Vexadan vexaga qarash yoki stvor usuli. Bu usulda s’yomka teodolitsiz lenta va ruletka yordamida perpendikulyar usuli asosida olib boriladi. Masalan (13.7-shakl), poligonning VS va CD tomonlarining o‘ng tarafidagi ekinzor chegarasini s’yomka qilish uchun V, S va D nuqtalarga vexa qo‘yiladi.



13.8-shakl.

Ekinzor chegarasining xarakterli 1, 2,. . . nuqtalaridan VS va SD ga perpendikulyar tushiriladi, bularning asoslarigacha bo‘lgan x1, x2, . . . va ordinatalari uzunligi u1, u2, . . . o‘lchanadi. SHu o‘lchash natijalari bo‘yicha perpendikulyar usulidagidek 1, 2, . . . nuqtalar o‘rni planda aniqlanib, keyin tutashtirilsa, ekinzor chegarasi hosil bo‘ladi.



Kombinatsiyalangan usul. Agar joy katta va tafsiloti murakkab bo‘lsa, s’yomka qilishda qulaylik uchun yuqoridagi usullarning bir nechasidan foydalanish mumkin. Ana shu usul kombinatsiyalangan usul deyiladi.

Misol tariqasida, berilgan olti burchakli poligonning ichki tafsilotini s’yomka qilishda yuqoridagi usullar qo‘llangani ko‘rsatilgan (14.8-shakl). Masalan, 1—2 tomonni o‘lchashda uning yuqori voltli liniya bilan kesishgan nuqtasining o‘rni aniqlangan, 2—7 tomonni o‘lchashda kichik bino burchaklari perpendikulyar usuli bilan s’yomka qilingan, 2—3 tomonga nisbatan esa stvor usuli bilan ariq s’yomka qilingan. Poligonning 4—5 tomoni ko‘l orqali o‘tganidan uni 4—5—8 uchburchaklikning o‘lchangan 8—4 tomoniga asosan bevosita o‘lchab bo‘lmas masofa qilib topilgan. Ko‘lning sohili xarakterli t, p, r va q nuqtalar orqali belgilanib, bu 8 nuqtadan qutbiy usul bilan s’yomka qilingan. Paxtazor o‘rtasidagi shiypon avcd o‘rni 1 va 6 nuqtalardan 1—6 ni bazis qilib, burchak kestirmasi usuli bilan s’yomka qilingan. 5—6 tomon o‘ng yonidagi yakka daraxt M ning o‘rni 5 va 6 nuqtalardan chizig‘iy kestirma usulida s’yomka qilingan. Umumiy poligon aylanma usul bilan s’yomka qilingan.




Download 0,84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish