notanish odamlarga yuborayotgan maxsus xatlaringiz nima deb ataladi. Spam. Press-
relizlarga aynan mana bu so‘zlar bilan ta’rif bersa bo‘ladi – hech bo‘lmaganda
ularning birortasi siz haqingizda yozishlariga umid bog‘lab, yuzlab jurnalistlarga
yuboriladigan maxsus matnlar.
Keling, siz tanilish umidida yuborayotgan press-relizlarning maqsadi haqida bir
lahzaga o‘ylab ko‘ramiz. Siz presslar sizning yangi kompaniyangiz, tovaringiz,
xizmatingiz, menejmentingiz va shu kabilar faoliyatini yoritib berishini xohlaysiz.
Siz ularni siz haqingizda yozishlariga asos bo‘ladigan darajada to‘lqinlanishlarini
xohlaysiz.
Press-relizlar bunga erishishning eng yaroqsiz usuli. Ular zerikarli va siyqasi
chiqqan jumlalardan tashkil topgan. Ularda biror bir yangi, ko‘zga tashlanadigan
hech narsa yo‘q. Har kuni jurnalistlar sarlavhasi dabdabali, ma’nosi o‘ta bo‘rttirib
aytilgan, haqiqiy ma’lumotlardan ko‘ra soxtalik ko‘p bo‘lgan direktorlar sitatalardan
iborat o‘nlab pressrelizlarni korzinaga yuborishadi. Press-relizlar “shov-shuvli”,
“inqilobiy”, “yangilikli” va “hayratlantiruvchi” yozuvlar bilan to‘lib yotibdi. Bu esa
be’manilik.
Aslida press-relizlar shablonlardir. Ular bir marta yoziladi va keyin juda ko‘p
muhbirlarga - ya’ni siz tanimagan va sizni tanimagan odamlarga yuboriladi. Siz
haqiqatdan ham, shu tariqa sizning tarixingiz nashr etiladi deb hisoblaysizmi?
Boshqacha aytganda siz birinchi marta odamlarga shaxsan o‘zingizni mana shu
press-relizlarda yozilganidek noaniq va huddi boshqalar bilan bir xildek tanishtirgan
bo‘larmidingiz? Sizning “taqdimot”ingiz boshqalarda qanday taasurot qoldirishini
taxmin qilayapsizmi?
Agar siz kimningdir diqqatini tortmoqchi bo‘lsangiz, boshqalarning izidan
borib, ularga o‘xshash ulardan namuna olish ahmoqlik. Siz ajralib turishni xohlaysiz,
shunday ekan siz nima uchun boshqalarga o‘xshab pressrelizlar chiqarishingiz
kerak?
Nima uchun jurnalistlarning sizsiz ham spamlar bilan to‘lib yotgan pochta
qutilariga spamlar yuborishingiz kerak?
Buning o‘rniga qo‘ng‘iroq qiling. Shaxsiy xat yozing. Agar siz sizga o‘xshash
kompaniya yoki mahsulotning tarixi haqida o‘qigan bo‘lsangiz, uni yozgan jurnalist
bilan bog‘laning. Ularga o‘zingizning hayotiy hikoyangizni hayajon va qiziqish
bilan aytib bering. Esda qolarli bo‘ling. Ajralib turing. Unutilmas bo‘ling. Mana shu
yo‘l bilan siz nashriyotni qiziqtirishga erishasiz va sizning kompaniyangiz haqida
yozishlariga erishasiz.
Do'stlaringiz bilan baham: