Hech narsani yozib qo‘ymang
Mijozlaringizning xohishlarini qanday qilib, eng yaxshi tarzda bajarib borish
mumkin? Hech qanday. Ularni eshiting va keyin eshitganingizni unuting. Biz
hazillashmayapmiz, balki o‘ta jiddiy aytayapmiz. Siz jadval tuzishingiz,
ma’lumotlar bazasini yaratishingiz yoki hisob tizimini yuritishingizning keragi yo‘q.
Haqiqatdan ham muhim bo‘lshgan talablar yana va yana qaytariladi. Bir qancha
vaqtdan keyin esa, siz ular haqida xatto unuta ham olmaysiz. Sizning mijozlaringiz
sizning xotirangizga aylanishadi. Ular sizga qanday narsalar haqida tashvishlansa
arzishi haqida aniq tushuncha beradi. siz qandaydir so‘rovni unutdingizmi, demak u
unchalik muhim emas. Haqiqatdan ham muhim narsalar shunchaki yo‘qolib
ketmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |