Bu holatdan, xatolar qilishda foydalaning. Va bu haqda butun dunyo xabar
topmaydi. O‘zgarishlar kiriting, chala qolgan ishlar ustida ishlang. Yangi
yondashuvlarni sinab ko‘ring. Hech kim siz haqingizda bilmaydi. Shunday ekan,
agar siz biror ishdan pand yeb qolsangiz, buning qo‘rqinchli joyi yo‘q.
Tanilmaganlik sizning shaxsiyatignizni himoya qiladi va sizga bo‘lgan ishonchni
saqlab qolishga yordam beradi.
kompaniya)lar doimo “sinama” bozorlarda tajriba qilib ko‘rishadi. Dunkin Donuts,
pissa, xot-dog va issiq sendvichlarni sotishga tayyorlab, faqatgina oldindan tanlab
olingan o‘nta nuqtada, sinash uchun sotishni amalga oshirdi.
Qanday qilib, g‘oyani oldin kichik sahnada sinovdan o‘tkazishga, bradvey
shousi namuna bo‘la oladi. Ular Nyu-Yorkda o‘zining birinchi debyut chiqishini
namoyish etishdan oldin, biror kichikroq shaharchada sinama namoyishni
o‘tkazishadi. Shouning shafqatsiz tanqidchilar muhokamasi va did qoidalariga
taqdim etilishdan oldin, bunday “sinab ko‘rilish”i aktyorlarga, ommaning
namoyishga nisbatan munosabatini o‘rganishlariga yordam beradi.
Butun dunyo sizga qaratilgan vaqtda, birinchi marta nimadir qilishni xoxlagan
bo‘larmidingiz? Agar siz hali biror marta omma oldiga chiqmagan bo‘lsangiz,
o‘zingizning birinchi nutqingiz uchun qanday auditoriyani tang’lagan bo‘lardingiz:
10 yoki 10 ming kishilik? Siz endi biznesni boshlayotib har bir duch kelgan odamga
yalt etib ko‘rinishni xohlashingiz dargumon.
Agar bunga hali tayyor bo‘lmasangiz, hammaning diqqatini o‘zingizga
tortishingizdan ma’no yo‘q. Unutmang, katta va taniqli bo‘lish bilan, siz shubhasiz
o‘z bo‘yningizga katta tavakkalni olgan bo‘lasiz. Muvaffaqqiyat oldindan ko‘ra
bilish va barqarorlik kabi omillarga bosimni oshiradi. Yanayam konservatizm
bo‘lish bilan moslashuvchanlik yo‘qoladi va tayyorlik holati o‘zgaradi. Bu haqiqat.
Agar sizning mahsulotingizdan millionlab odamlar foydalansa, undagi har qanday
o‘zgarish ularga katta ta’sir o‘tkazadi. Mashhur bo‘lmagan vaqtingizda sizning
o‘zgarishingiz 100 ta odamga noqulaylik tug‘diradi. Lekin 100ta bilan kelishsa
bo‘ladi. 10 minglab g‘azablangan mijozlar bilan ishni to‘g‘irlash uchun esa, himoya
qurollari kerak bo‘ladi.
Mashhur bo‘lish bilan siz har bir harakat mikroskop ostida kuzatilayotganini
ko‘rasiz va qorong‘uda bo‘lgan vaqtlaringizni sog‘inasiz.
Shuning uchun sizning tanilmaganingiz vaqtingiz, tavvakkal qilish va noqulay
ahvolga tushib qolishdan qo‘rqmaslik uchun eng yaxshi vaqtdir.
Do'stlaringiz bilan baham: