Russ nashriyotiga so‘z boshi



Download 1,61 Mb.
Pdf ko'rish
bet23/97
Sana01.01.2022
Hajmi1,61 Mb.
#280098
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   97
Bog'liq
Rework (lotincha)

Rivojlaning   


  

Chegara belgilab qo‘ying  

  

“Menda vaqt/pul/odamlar/ tajriba... yetmayapti”. Nolishni bas qiling. Kam – bu 



yaxshi narsa. Cheklash – bu imkoniyatni yashirish. Resurslarni cheklanganliga sizni 

borlaridan  to‘g‘ri  va  samarali  foydalanishingizga  majbur  qiladi.  Isrof  qilish 

imkoniyatining yo‘qligi uchun siz yaratishga, biror narsani o‘ylab topishga majbur 

bo‘lasiz.   

Siz qachondir sovundan yoki biror kundalik hayotda ishlatiladigan narsalardan 

iborat qurolni ko‘rganmisiz? Ularga doimiy zarur vositalardek qaraymiz. Albatta, bu 

bilan  biz  sizni  ko‘chaga  chiqib  birortasini  ruchka  sterjeni  bilan  uring  demoqchi 

emasmiz. Shunchaki bir oz kashfiyotchiroq bo‘ling va shunda eng kam narsaga ega 

bo‘lib ham, hayratda qoldiradigan natijalarga erishasiz.   

Yozuvchilar  har  doim  ko‘tarinkilik  ruhini  qo‘zg‘atish  uchun  “uyaltiruvchi 

holat”lardan foydalanishadi. Sheksir sonetlarini chegaralash bilan rohatlangan (besh 

turoqli  yambda  yozilgan  o‘nto‘rtqatorli  lirik  she’rini).  Xayku  va  limeriklar

6

 ham 


ijodiy  topilmaga  olib  kelgan,  keskin  qoidalar  bo‘yicha  tuzilgan.  Shu  kabi 

yozuvchilar, Ernest Xemenguey va Raymond Karver shuni anglashdiki, ular faqat 

oddiy va oson tilda yozish bilangina eng yuqori darajadagi taassurotga olib borishlari 

mumkin.  

Tarixda eng uzoq vaqt davom etgan o‘yinli televizion shou The Price is Right

7



“cheklov - kashfiyotchilikni uyg‘otadi” iborasiga ajoyib namuna bo‘la oladi. Shou 

100dan  ortiq  o‘yindan  iborat.  Ularning  har  biri  o‘z  navbatida  bitta  savolga 

asoslangan:  “Bu narsa qancha turadi?”. Bu oddiy formula 30dan ortiq davlatlarda 

muxlisga ega bo‘lishga yordam berdi.   

Southwest  Airlines  aviakompaniyasining  boshqa  kompaniyalardan  farqi 

shunda  ediki,  boshqa  aviokompaniyalar  parvozda  turli  modeldagi  samolyotlardan 

foydalansa,  u  faqat  Boeing  737  samoloyotidan  foydalanishadi.  Natijasida  esa 

Southwestning  har  bir  uchuvchisi,  styuardessa  va  yerdagi  hizmat  ko‘rsatuvchi 

guruhi a’zolari kompaniyaning har qasi reysida xizmat ko‘rsatishi mumkin. Bunga 

qo‘shimcha  ravishda,  Southwestning  barcha  zahira  qismlari  barcha  samolyotlarga 

mos keladi. Bu esa kam xarajat va ancha oson biznes boshqaruvi  deganidir. Ular o‘z 

hayotlarini o‘zlari osonlashtirdi.   

Basecampni yaratayotgan vaqtimizda bizda bir qator chegarangan omillar bor 

edi.  Biz  o‘zimizning  dizayn  studiyamizda  ishlashni  davom  ettirishimizga  to‘g‘ri 

keldi. Kompaniya asoschilari, orasida yetti soatlik farq mavjud yerlarda yashashardi. 

(Devid  Daniyada  dasturlash  bilan  shug‘ullanar  edi,  jamoaning  boshqa  a’zolari 

AQShda  joylashgandi).  Kichik  jamoa  va  chettan  investitsiyaning  kiritilmagani 

                                           

6

 Биринчи иккита қатори ва охирги қатори қофияланган, беш қаторли ҳазил шеърлар.  



7

 Бу ўйинда иштирокчилар тақдим этилган товарлар нархини максимал даражада яқин топишлар керак.  




kompaniyaning  musbat  jihati  edi.  Bu  chegaralarning  mavjudligi  bizni  oddiy 

mahsulot yaratishga majbur qildi.  

Hozirgi kunda bizda resurslar ham jamoa a’zolari ham ko‘p, lekin biz o‘zimizga 

majburan chegara qo‘yamiz. Bir mahsulot ustida bir vaqtda faqat bir yoki ikki kishi 

ishlaydi.  Va  biz  har  doim  o‘zimizning  mahsulotimizda  eng  kam  darajada 

imkoniyatlar to‘plamini shakllantirishga harakat qilamiz. Biz o‘zimizni bu chegara 

ichida  olib  turish  orqali,  ortiqcha  kengaytirilgan  mahsulotlarni  yaratishdan 

saqlaymiz.   

Shunday  qilib,  “Bizga  yetmayapti”  qo‘shig‘ini  kuylashdan  oldin,  o‘zingizda 

bor resurslardan foydalanib, qaergacha borishingiz mumkinligini o‘ylab ko‘ring.   

  


Download 1,61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   97




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish