Russ nashriyotiga so‘z boshi


Sotish uchun yaratish – bu yo‘q bo‘lishdir



Download 1,61 Mb.
Pdf ko'rish
bet22/97
Sana01.01.2022
Hajmi1,61 Mb.
#280098
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   97
Bog'liq
Rework (lotincha)

Sotish uchun yaratish – bu yo‘q bo‘lishdir  

  

Boshlang‘ich bosqichda siz ko‘p eshitadigan yana bir savol: “Sizning chiqish 



strategiyanggiz  qanday?”.  Ular  qanaqa  odamlarki,    biznesdan  qanay  chiqish 

strategiyasi  bo‘lmasa,  biznesini  yaratishga  kirisha  olishmaydi?  Bunday 

shoshilishning kimga keragi bor? Demak sizda yana boshqa qandaydir muammo bor.  

Siz oldindan buzishni rejalashtirib turib, munosabat o‘rnatasizmi? Siz birinchi 

uchrashuvdayoq  nikoh  shartnomasini  muhokama  qilasizmi?  Siz  to‘ydan  keyingi 

birinchi  tongdayoq  ajrashish  bo‘yicha  advokat  bilan  uchrashasizmi?  Bu  juda  ham 

g‘alati bo‘lardi, shunday emasmi?  

Sizga  boshqarish  strategiyasi  kerak,  loyihadan  chiqish  strategiyasi  emas.  Siz 

o‘z loyihangizni qanday qilib rivojlantirish va daromadli qilish haqida o‘ylashingiz 

kerak,  kemani  qanday  qilib  tark  etish  haqida  emas.  Agar  sizning  barcha 

strategiyangiz  zarar  ko‘rmasdan  chiqishga  asoslangan  bo‘lsa,  unda  sizning  bu 

loyihangiz bilan uzoqqa borishingiz dargumon.   

Siz o‘zining maqsadini sotish deb belgilab olgan, shuhratparast bizneslarni ko‘p 

ko‘rgansiz. Lekin ularning sotib olinishidagi imkoniyatlari kam. Chunki, siz uchun 

yaxshi  foyda  hisobiga  ishingizni  sotib  olishga  rozi  bo‘ladigan  qandaydir  katta 

tavakkal qiluvchini topilishiga umid kamroq. Ehtimol, mingdan bittami? Yoki o‘n 

mingdan bittami?  

Kompaniyani  keyinchalik  sotib  yuborish  uchun  yarata  turib,  siz  urg‘uni 

noto‘g‘ri  qo‘yayapsiz.  Siz  mijozlaringizning  mehrini  qozonish  o‘rniga,  xaridor 

qidirayapsiz. Bu noto‘g‘ri holat, ha deb bunga yopishib olmaslik kerak.   




Tasavvur qilaylik, siz bu maslahatga amal qilmadingiz va o‘z vazifangizni a’lo 

darajada bajardingiz. Siz biznesni tashkil ettingiz, uni sotdingiz va buning evaziga 

yaxshigina mukofot oldingiz. Xo‘sh endi nima bo‘ldi? Orolga suzib borib, u yerda 

kuni bo‘yi pinakolada (spirtli kokteyl turlaridan biri) tortasizmi?  

Bu  haqiqatdan  ham  sizni  baxtli  qiladimi?  Siz  bu  o‘zingiz  yaxshi  ko‘rgan, 

muvaffaqqiyatga  erishishiga  ishongan  biznesingiz  bilan  shug‘ullanishdan  ko‘ra 

yaxshiroq ekanligiga aminmisiz?  

Aynan shuning uchun siz o‘z hissasini foyda bilan sotib, yarim yillik ta’tilga 

ketib, keyin esa, yana orqaga, o‘yinga qaytgan biznes sohiblari haqida ko‘p eshitasiz. 

Ular  o‘zlari  boy  bergan  narsalarini  sog‘inishadi.  Lekin,  odatda  ularning  yangi 

bizneslari birinchisi kabi yaxshi bo‘lmaydi.   

Ularning  xatolarini  takrorlamang.  Agar  siz  biznesingizni  yaxshi  olib 

borayotgan  bo‘lsangiz  va  ishlaringiz  yaxshi  ketayotgan  bo‘lsa,  shu  ruhda  davom 

etavering. Atrofimizda har doim ham yaxshi narsalar bo‘lavermaydi. O‘zingizning 

yaxshi biznesingizni qo‘ldan boy bermang.   

Yelkangizdagi  yukni  oshirib  yubormang.  Har  doim  yuklamangiz  kamroq 

bo‘lishiga urining. Hozir siz qachondir kelgusidagiga qaraganda kamroq, ma’qulroq 

va tezroqsiz. Tez orada yelkangizdagi yukni orttirib boshlaysiz.  

Lekin  ob’ektning  massasi  oshib  borgani  sari  uning  yo‘nalishini  o‘zgartirish 

uchun shunchalik ko‘p energiya talab etiladi. Bu biznesga ham sizning o‘zingizga 

ham tegishli.   

Ko‘lam quyidagilarning hisobiga oshib boradi:  

• Uzoq muddatli shartnomalar;  

• Keragidan ko‘p xodimlar;   

• Uzoq muddatli qarorlar;  

• Uchrashuvlar;  

• Noaniq tadbirlar;  

• Zaxiralar (moddiy yoki mental);  

• Ortiqcha asbob-uskunalar, dasturiy ta’minot, texnologik jarayonlar;   Uzoq 

muddatli rivojlanish rejasi;   Ofis ishlari bo‘yicha siyosatchilar.  

Bu ishlardan iloji boricha qoching. Shunda yo‘nalishni oson o‘zgartira olasiz. 

Qayiq qancha yengil bo‘lsa, uni burish shuncha oson bo‘ladi.   

Katta tashkilotlarda esa orqaga burilish uchun haftalar, oylar yoki yillar ketadi. 

Ularning  rahbarlari  harakat  qilish  o‘rniga  suhbatlar  va  uchrashuvlar  o‘tkazishga 

chalg‘ib  ketishadi.  Massa  kam  bo‘lsa,  siz  o‘zingizning  biznes  modelingizni, 

mahsulotingizni,  imkoniyatlaringiz  to‘plamini,  marketing  siyosatingizni  tez 

o‘zgartira  olasiz.  Siz  xato  qilsangiz  uni  tezda  to‘g‘irlashning  imkoni  bo‘ladi.  Siz 

o‘zingizning muhim jihatlaringiz yoki mo‘ljalingizni o‘zgartirishingiz mumkin. Va 

eng muhimi o‘z dunyoqarashingizni o‘zgartirishingiz mumkin.   

  


Download 1,61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   97




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish