Russ nashriyotiga so‘z boshi



Download 1,61 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/97
Sana01.01.2022
Hajmi1,61 Mb.
#280098
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   97
Bog'liq
Rework (lotincha)

  

Qumda chiziq chizing  

  

O‘z ishingizni amalga oshirayotgan vaqtingizda nima uchun aynan shu ish bilan 



shug‘ullanayotganingizni esingizdan chiqarmang.   


Yaxshi  bizneslar  shunchaki  mahsulot  va  xizmatlaridan  tashqari  o‘z  nuqtai 

nazariga ega bo‘ladi. Siz albatta nimagadir ishonishingiz kerak. Kuchli irodaga ega 

bo‘lishingiz kerak. Nima uchun kurashayotganingizni bilishingiz kerak. Keyin esa 

bu haqida butun dunyoga aytsangiz bo‘ladi.   

Barqaror fikr – bu aynan sodiq mijozlarni o‘ziga tortuvchi jihatdir. Ular sizni 

misol  qilib  ko‘rsatishadi  va  himoya  qilishadi.  Ular  siz  haqingizda  do‘stlariga 

gapirishadi va bu har qanday reklamadan ko‘ra yaxshiroq foyda beradi.   

Qat’iy  ishonchda  turish  tekinga  tushmaydi.  Bu  ba’zibir  odamlarning  sizdan 

uzoqlashishiga sabab bo‘lishi mumkin. Ular sizni manmanlik va balandparvozlikda 

ayblashadi. Bu hayot. Har kimning atrofida uni yaxshi ko‘ruvchilar bilan birgalikda 

uni  yoqtirmaydiganlar  ham  topiladi.  Agar  siz  gapirayotgan  narsalar  hech  kimni 

qiziqtirmayotgan bo‘lsa, ehtimol siz yetarlicha harakat qilmayotgandirsiz (balki bir 

oz zerikarlidir).  

Bizning  mahsulotimiz  boshqa  raqobatchilarimiznikiga  qaraganda  kamroq 

funksiya  bajarganligi  uchun  ko‘pchilik  odamlar  bizni  yoqtirishmaydi.  Biz  ular 

tomonidan taklif qilingan imkoniyatlarni rad etganimiz uchun hafa bo‘lishadi. Lekin 

biz  o‘z  mahsulotizning  bajaryotgan  funksiyalari bilan qanchalik  faxrlansak, uning 

boshqa funksiyalarni bajarmayotganligi bilan ham shunchalik faxrlanamiz.   

Biz shundoq ham o‘ta murakkab bo‘lgan ta’minotni loyihalashtiramiz (haddan 

tashqari  ko‘p  imkoniyat  va  tugmalar  chalkashlikni  keltirib  chiqaradi).  Aynan 

shuning  uchun  ham  mana  shu  muammolardan  yiroq  bo‘lgan  qo‘shimcha 

funksiyalarnigina  ishlab  chiqaramiz.  Bizning  mahsulotimiz  hammaga  ham  mos 

kelavermaydi – bu oddiy holat. Agar biz mijozlarimizning bir qismini yo‘qotsak-u, 

lekin  qolganlari  bizning  mahsulotimizni  yaxshi  ko‘rishda  davom  etayotganiga 

ishonchimiz  komil  bo‘lsa,  biz  shuni  afzal  ko‘ramiz.  Siz  nimaga  ishonishingizni 

bilmay  qolgan  vaqtingizda  dalillar  va  muhokamalar  nihoyasiz  bo‘lishi  mumkin. 

Lekin agar siz o‘zingizga ishonsangiz va fikringizda qat’iy tursangiz, yechim aniq 

ravshan bo‘ladi.   

Masalan,  Whole  Foods  kompaniyasi  o‘zining  asosiy  maqsadi  qilib,  yuqori 

sifatli  tabiiy  mahsulotlarni  sotishni  belgilab  qo‘ygan.  Ular  vaqtlarini  shunga 

o‘xshash  sun’iy  ta’mlarni  topish  borasidagi  nihoyasi  yo‘q  muhokamalarga 

sarflashmaydi.  “Shunaqa  ta’m  beruvchi  sun’iy  amortizatorlar  qo‘shilgan  bu 

mahsulot  harid  qilishimizga  arziydimi?”-  degan  savolni  hech  kim  so‘ramaydi, 

chunki javob ravshan. Shuning uchun ularning do‘konlaridan snikers yoki kola sotib 

ola olmaysiz.   

Bu qat’iy ishonch tufayli Whole Foods kompaniyasining mahsulotlari qimmat 

turadi.  Ba’zi  bir  hasadgo‘ylar  kompaniyani  hatto  “Katta  pul”  deb  atashadi  va  u 

yerdan  harid qiluvchilarning  ustidan  kulishadi.  Xo‘sh bu bilan  nima  o‘zgarayapti. 

Whole Foods o‘zining ajoyib o‘rnini topdi.  

Yana bir misol – Vinnie’s Sub Shop kompaniyasi bizning Chikagodagi ofisimiz 

bilan  bitta  ko‘chada  joylashgan.  Ular  o‘zlarining  sendvichlariga  uy  sharoitida 



tayyorlangan rayhon moyini qo‘shishadi va bu ajoyib ta’m beradi. Qanday bo‘lmasin 

ularning  do‘koniga  kirishingizga  arziydi.  Ular  soat  nechagacha  ishlashadi  degan 

savolga  esa  peshtaxta  oldida  turadigan  ayol:  “Biz  nonimiz  tugashi  bilan  do‘konni 

yopamiz” deb javob beradi.  

“Nahotki?”  –  “Ha.  Biz  do‘konimiz  yaqinidagi  novvoyxonadan  erta  tongda 

yangi pishgan non olamiz. Ularning novvoyxonasi yopilishi bilan (odatda kunduzgi 

soat ikki-uch atrofida), biz ham do‘konni yopamiz. Biz butun kunga yetadigan non 

sotib  olib  qo‘yishimiz  mumkin,  lekin  u  ertalabki  yangi  pishganidek  yaxshi 

bo‘lmaydi.  

Agar  non  unchalik  yaxshi  bo‘lmasa,  bir  ikkita  ortiqcha  sendvich  sotishdan 

ma’ni yo‘q. Bu bilan topilgan bir necha dollar, biz o‘zimiz g‘ururlana olmaydigan 

mahsulotni sotishimizga arzimaydi”.   

Axir  siz  ham  shunga  o‘xshash  oddiy,  lekin  o‘z  mehnatini  qadrlaydigan  bir 

tamaddixonani afzal ko‘rmaysizmi?  

  


Download 1,61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   97




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish