Russ nashriyotiga so‘z boshi



Download 1,61 Mb.
Pdf ko'rish
bet85/97
Sana01.01.2022
Hajmi1,61 Mb.
#280098
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   97
Bog'liq
Rework (lotincha)

Chuqur tin oling  

  



Agar  qayiq  tebransa,  u  suvda  to‘lqin  hosil  qiladi.  Yangi  xizmatning  taqdim 

etilishi, kompaniya siyosatidagi o‘zgarishlar, biror narsani rad etish atrofdagilarning 

darhol  ta’sirlanishini  keltirib  chiqaradi.  Bunga  javoban  atrofdagilarning  vahimaga 

tushishi  yoki  yangilikni  darhol  o‘zlashtirib  olishga  harakat  qilishlarini  kuzatish 

mumkin. Avvaliga daxshat alanga oladi. Bu oddiy holat. Asosiysi – birinchi qiyin 

haftani o‘tkazib olish. Keyin esa odatdagidek, tinchlik hukm suradi.   

Odamlar  hamma  narsaga  o‘rganishadi.  Aynan  shuning  uchun  ular 

o‘zgarishlarga  salbiy  fikr  bildirishadi.  Ishlarning  ular  odatlanganidek  borishini 

buzayotgan  o‘zgarishlarga  salbiy  munosabat  bildirishadi.  Ular  o‘zlarining 

noroziligini  bildirishadi.  Ular  shikoyat  qilishadi.  Ular  hammasini  o‘z  o‘rniga 

qaytarish kerakligini talab qilishadi.   

Lekin bu ularni eshitish kerak degani emas. Ba’zida siz jasorat to‘pashingiz va 

mijozingizni o‘zingiz ishongan qaror bilan tanishtirishingiz kerak, xattoki bu qaror 

ko‘pchilikka  yoqmasa  ham.  Odamlar  odatda  yangiliklarni  foydalanib  ko‘rmasdan 

oldin  rad  etishadi.  Bu  birinchi  salbiy  ta’sirlanish  –  bor-yo‘g‘i  birinchi  kichkina 

qarshilik.  Ba’zida  yetarli  darajadagi  keskin  mulohazalarni  ham  eshitishga  to‘g‘ri 

keladi:  “Bu  ko‘rganlarning  ichida  eng  yomoni”,  hattoki  ularga  arzimagan 

o‘zgarishlar taqdim etilgan bo‘lsa ham.   

Bunday  sharoitda  o‘ylamasdan  qadam  qo‘yishdan  ehtiyot  bo‘lish  kerak  va 

zaruratlardan  ortga  chekinish  kerak  emas.  Lekin  ularni  teskarisiga  ham 

o‘zgartirishning keragi yo‘q.   

Shuning  uchun  odamlar  shikoyat  qilishganida  ularning  his  tuyg‘ularini  biroz 

jo‘sh urishiga qo‘yib bering. Tinchlikni buzuvchilarga siz ularni eshitayotganingizni 

va  e’tirozlaridan  xabaringiz  borligini  bildiring.  Lekin,  hammasini  bir  qancha  vaqt 

o‘z o‘rnida qoldirmoqchiligingizni va undan nima chiqishini ko‘rmoqchiligingizni 

tushuntiring.  Tez  orada  siz  iste’molchining  yangi  holatga  moslashganini  va  oxir 

oqibat  bu  ularga  oldingi  foydalangan  versiyalaridan  ko‘ra  ko‘proq  yoqqanini 

ko‘rasiz.   

  


Download 1,61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   97




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish