Руководство по семинарная работе по малакологии



Download 7,68 Mb.
bet3/19
Sana24.02.2023
Hajmi7,68 Mb.
#914241
TuriРуководство
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
Bog'liq
Малакалогия Uslubiy korsatma 2020

2-Amaliy mashg‘ulot
Suv mollyuskalarning tashqi va ichki tuzilishini o’rganish ikki pallalilar Anadonta misolida. Chuchuk suv mollyuskasi Lymnaea stagnalis ning morfologik va anatomik tuzilishini o’rganish
Ishning maqsadi. Suv mollyuskalarining tashqi va ichki tuzilishini ikki pallalilar (Anadonta ) misolida o’rganish.
Tip - Mollyuskalar – Mollusca
Siif ikkipallalilar- Bivalvta
Turkum unionidlar-Untontda
Urug’ anadonta- Anadonta
Tur- Anodonta cygnea
Kerakli jihozlar. Tirik anadonta va uning chig’anoqlari, anatomiyasini aks ettiruvchi tablitsalar. Binokulyar, shtangentsirkul, yumshoq qisqichlar, jarrohlik qaychisi, parafinli vannachalar, entomologik to’g’nag’ichlar, tomizg’ichlar, preparoval ninalar.
Ishning bajarilishi uchun qo’yilgan vazifalar. 1. Anadonta chig’anog’ining binokulyar ostida kuzatib skulpturasining qanday tuzilishini va halqalar sonini aniqlang. 2. Chig’anoqning ichki tuzilishini o’rganing. 3. Chig’anoq tuzilishining rasmini chizing. 4. Akvariumda tirik anadontaning harakatini kuzating. Kerakli usullarni qo’llab, chig’anoq pallalarini ochib, uni ichki tuzilishi - mantiya chizig’i, oldingi yopuvchi muskullar, oyoq, og’iz va og’iz paypaslagichlari, ichki va tashqi chap yarim jabrami, o’ng mantiya, kirish sifonini joylashishini kuzating. Ichki tuzilishini umumiy ko’rinishi rasmini chizing. Sirdaryo viloyatida tarqalgan ikki pallalilarning turlar tarkibini aniqlang.
Ishning bajarilishi yuzasidan umumiy ma’lumot. Anadonta chuchuk suv havzalari, daryolar va ko’llarning tubida tanasining oldingi tomoni qumga yoki balchikka ko’milib yashaydi. Xuddi shunday suvlarda anadontaga o’xshash sadafdor ham uchraydi, lekin uning chig’anog’i uzunroq bo’lib, pallalari o’zaro «qulf» deb ataluvchi chuqurcha va tishcha bilan birikkan bo’ladi Anadonta chiganog’ida esa bunday moslamalar bo’lmaydi, shuning uchun ham uni «tishsiz» deb ham ataydilar.
Anadontaning tanasi ikki pallali chig’anoq orasida joylashgan. Bu pallalar elka tomonidan elastik paylar-ligament, ikkita, oldingi va keyingn yopuvchi muskullar retraktorlar bilan birikkan. Chig’anoqning pastki tomoni ochiq bo’lib, undan muskullik o’simta- «oyoq» chiqib turadi. Oyoq yordamida anadonta suv tubida juda sekin harakatlanadi. Chig’anoq pallalarining oldingi tomoni kengroq, orqa uchi esa ingichka bo’ladi.
Anadontaning tashqi tuzilishini to’liq ko’rish uchun uni akvariumga solinadi. Unda, 1.A- rasmdagi holatni, ya’ni-oyoq, jabra sifoni, kloaka sifoni, chig’anoq cho’qqisi, chig’anoqni qo’shuvchi paylarni ko’rishingiz mumkin.
Anadontaning chig’anog’i ham boshqa mollyuskalarniki siigari uch kavatdan iborat. Ustkisi shoxsimon modda- konxialnndan iborat bo’lnb. unda yillik halkalarni ko’rish mumkin Qolgan ikkala qavat - ohak va sadaf qismlari esa ohaktoshdan iboratdir.
Anadontaning ichki tuzilishini o’rganish uchun fiksatsiya qilingan mollyuska olinib jarroxlik pichog’i chig’anoq pallalari orasiga tiqib, ligament yakinidagi oldingi va keyingi yopuvchi muskullar kesiladi. Natijada pallalar ochiladi (1 - rasm.B). Shundan so’ng yorilgan anadontani preparoval vainachaga qo’yib, uni ustidan tanasi ko’milguncha 70% foizli spirt eritmasi quyiladi Shundan so’ng kisqich bilan mantiya pardasining bir chetidan ushlab ko’tariladi va uning ostidagi mantiya bo’shligi, jabra plastinkalari ko’rinadi.
Chig’anoq pallalarining ichki yuzasini qoplab turadigan mantiya pardasi anadonta tanasini ustki va yon tomonlaridan o’rab olgan bo’ladi. Mantiya pardasi bilan tana oralig’ida mantiya bo’shlig’i hosil bo’ladi. Bu bo’shliq tananing oldingi qismida, qorin tomonida va keyingi uchida ochiq bo’ladi Chig’anoq pallalari yopilganda mantiya pardasining chetlari ham bir-biriga zich birikadi. Natijada mantiya bo’shlig’i tashqi muhitdan ajralib turadi.


1-rasm. Baqachanoqning tuzilishi: L-umumiy ko’rinishi; 1-oyoq. 2-jabra sifoni. 3- kloaka sifoni,4- chig’anoq cho’qqisi, 5- chig’anoqni qo’shuvchi paylar. B-o’ng tavaqasining ichki yuzasi:1-oldingi tutashtiruvchn muskul izi, 2-oldingi oyoq tortgich muskul izi. Z-keyingi oyoq cho’zgich muskul izi, 4- orqa tutashtiruvchi muskul izi, 5-mantiya chizig’i. 6-oyoq cho’zg’ich muskul izi. V-chig’anoqdan chiqarib olingan tnshsizning chap tomonidai ko’rinishi. I- jigarning tiniq sohasi, 2-keberov organi, 3-perikardiy sohasi, 4-buyrakinng orqa qismi, 5-jabra sifoni, b-mantiya muskuli, 7- oyoq.

Mantiya pardasi mollyuskalarga xos organ bo’lib, u chig’anoqni hosil kilish, ta naga har doim suv kirib va chiqib turishini ta’minlash kabi vazifalarni bajaradi.


Anadonta tanasining orqa tomonida mantiya ikknta naycha yoki sifon hosil qiladi. Ularning yukorigisi silliq devorli bo’lib, uni chiqarish yoki kloakal sifon deyiladi. U orqali suv va qoldiq moddalar tashqariga chiqariladi. Uning pastiga joylashgan naycha kirish yoki jabra sifondir. U orkali esa mantiya bo’shlig’iga suv va ozuqa (mayda suvo’tlari, organik chirindilar) moddalari ham kiradi. Keyin ovqat zarralari og’izoldi kurakchalari yordamida og’iz teshigiga keladi va qizilo’ngach orqali oshqozonga o’tadi.
Nafas olish organlari bir - biriga nisbatan simmetrik joylashgan o’ng va chap jabra plastinkalaridan iborat. Shunga ko’ra ikki pallalilarni plastinka jabralilar ham deyiladi. Har qaysi jabra plastinkasi qo’sh kavatln bo’lib, ichki va tashki pardani hosil kiladi. Jabra sifoni orqali kirgan suv mantiya bo’shlig’ini to’ldiradi, keyin jabra plastinkalarini yuvib. jabra bo’shlig’iga o’tadi va chiqarish sifonidan tashqariga chiqadi.

2-rasm. Anadontaning ichki tuzilishi(Remans bo’yicha) 1-og’iz, 2-oldingi tutashtiruvchi muskul, 3-tserebro-plevral gangliya, 4-oshqozon, 5-jigar, 6- oldingi aorta,7-buyurakni tashqariga ochilgan teshigi, 8-buyurakning perikardi sohasi, 9-yurak, 10-perikard, 11- orqa aorta, 12- orqa ichak, 13-orqa tutashtiruvchi muskul, 14-anal teshigi, 15-vistsero-parietal gangliya, 16-jabra, 17-gonada teshigi, 18-o’rta ichak, 19-gonada, 20-pedal gangliya.


Jabralarda gaz almashinadi va. suvda erigan kislorod qabul qilinib. karbonat angidrid ajratiladi.
Anadontaning qon aylanish sistemasi ochiq, yurak tananing elka tomonidagi ikkilamchi tana bo’shlig’ning (tselom) qoldig’i - yurak oldi xaltasining (perikardial bo’shliq) ichida joylashgan Yurak, ikkita yurak bo’lmasidan va bitta yurak qorinchasidan tashkil topgan. Yurak qorinchasidan oldinga va orqa tomonlarga aortalar chiqadi. Qon aortadan arteriyalarga o’tadi. U kapillyar qon tomirlari yordamida butun tanaga tarqaladi.
Asab sistemasi uch juft (bosh, oyoq, vitseral) asab tugunidan iborat bo’lib, ular o’zaro konnektivalar orqali birikkan bo’ladi.
Ayiruv organlari sistemasi juft buyrak yoki boyanusov organidan va yurak oldi bezi (Keberov organ) dan iborat.
Anadonta ayrim jinsln juft gonadalarning yo’llari mantiya bo’shlig’iga ochiladi.



Download 7,68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish