Руководство по семинарная работе по малакологии


-mashg’ulot. Mollyuskalar tur tarkibini aniqlash va aniqlagich bilan ishlash metodikasi. Chig’anoq va reproduktiv organ tuzilishini o’rganish metodlari



Download 7,68 Mb.
bet2/19
Sana24.02.2023
Hajmi7,68 Mb.
#914241
TuriРуководство
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
Bog'liq
Малакалогия Uslubiy korsatma 2020

1-mashg’ulot. Mollyuskalar tur tarkibini aniqlash va aniqlagich bilan ishlash metodikasi. Chig’anoq va reproduktiv organ tuzilishini o’rganish metodlari
Ishning maqsadi. Mollyuskalarning tashqi va ichki tuzilishining o’rganish usullari bilan tanishib uni amaliyotda qo’llashni o’rgaiish.
Kerakli jihozlar. Mollyuskalarning chig’anoklarini va anatomiyasini aks ettiruvchi tablitsalar. Chig’anoqlar, tirik yoki fiksatsiya qilingan mollyuskalar. Binokulyar. shtangentsirkul. yumshoq qisqichlar, jarrohlik qaychisi, parafinli vannachalar, tomizg’ichlar, preparoval ninalar.
Ishning bajarilishi uchun qo’yilgan vazifalar. 1. A.A Shileyko (1978. 1984), A.Pozilov. J.Azimov (2003) tomonidan ishlab chiqilgan, (mollyuskalarning tashqi va ichki tuzilishini o’rganish) usullaridan foydalanib mavjud mollyuskalar chig’anoqlarini o’lchamlarini aniqlash 2. Mollyuskalarning ichki organlarini ochish usullaridan foydalanib, mavjud mollyuskalarni yorishni o’rganish. 3. Mollyuskalarning chig’anoqlarini va anatomiyasini aks ettiruvchi tablitsalar, hamda original materiallardan foydalangan holda ularning rasmini chizing.
Ishning bajarilishi yuzasidan umumiy ma’lumot. Boshqa zoologik ob’ekt singari mollyuskalarning hamda biologik, stratigrafik, gistologik, ts
itologik nuqtai nazardan o’rganish mumkin. Shuning uchun mollyuskalarni o’rganishda qo’yilgai vazifadan kelib chiqib, tadqiqot usullari tanlanadi.
Mollyuskalarni o’rganishni turlar tarkibini aniqlashdan boshlash kerak. Buning uchun dastlab mollyuskaning chig’anoq belgilari o’rganiladi. Chig’anoq belgilarini o’rganishda avvalo uni predmet oynachasiga o’rnatiladi. O’rnatilgan holatda chig’anoqni tepasi yuqoriga, og’zi esa kuzatuvchiga qaragan bo’ladi (Rasm1.A) va shunday holatda chig’anoq o’lchamlari olinadi (rasm1.A.B).




1-rasm. Chig’anoq o’lchamlarini olish sxemasi-Monacha carthusiana[A], Pseadonapaeus albiplicata [B ] mnsoli chb-chng’anoq balandligi,o’b-o’ram balandligi. l-lab, kd~katta diametr, chob-chng’anoq og’zi balandligi.


Chig’anoq o’lchamlarini olishda. uning shakllariga ham albatta. e’tibor beriladi Mollyuskalarning chig’anoq shakli nihoyatda turli —tuman bo’ladi. Misol uchun O’rta Osiyo faunasida uchraydigan quruqlik mollyuskalarida «xelikoid, buliminoid va pupilloid» (2-rasm A,B,V) tipdagi chig’anoqlar mavjud bo’lib, ular o’z navbatida bir qancha tuzilishga bo’linadi (2-rasm A,B,V-1,2,3)




А
1 2 3

2-rasm. Quruqlik mollyuskalarining chig’anoq tiplari: A- xelikoid, B-bulnminoid, V- pupilloid. A, B, V-1,2,3 chig’anoq tuzilishi. A; 1-minorasimon, 2-konus— tsilindrsimon, 3-o’qsimon. B: 1-ninatugmasimon, 2- tsilindrsimon, 3-cho’ziq-ovalsimon. V: 1-linzasimon, 2-yassi, 3-kubsimoi tuzilishi.


Chig’anoq o’lchamlari o’rganilgandan so’ng, uning skulpturasini tuzilishi ko’rib chiqiladi. Bu belgilardan tashqari, chig’anoq chokining chuqurligi, o’ramlarning qay darajada qabarib chiqqanligi darajasi, chig’anoq og’zidagi tishsimon o’simtaning rivojlanganligi, albatta, to’liq o’rganiladi. O’rganilgan chig’anoqlarni rasmi chiziladi.


Zamonaviy malakologiya fanida turlarning taksonomiya tarkibini aniqlashda jinsiy organing tuzilishi ham muhim o’rin tutadi. Mollyuskalarning jinsiy organ tuzilishini o’rganish uchun avvalambor yumshoq tana qismini chig’anoq ichidan chiqarish kerak. Agar terilgan material yaxshi fiksatsiya qilingan bo’lsa, uni chig’anoq ichidan oson chiqarib olish mumkin. Aks holda chig’anoqni sindirib, yumshoq tanani ajratib olinadi.
Yumshoq tana ajratib olingandan so’ng uni parafinli vannaga o’ng tarafini yuqoriga va oyoq qismi kuzatuvchiga qarab qo’yiladi va unga 70% foizli spirt eritmasi quyiladi.
Mollyuskalarni yorishda MBS —2 yoki MBS— 1 binokulyardan foydalaniladi. Uni yorish uchun avval o’ng qo’l paypaslagichlari ostidagi jinsiy teshik topilib ko’ndalangiga qisqa qilib kesiladi (Rasm 3. A) va uni o’tkir jarrohlik qaychisi yoki (mollyuska nihoyatda kichik bo’lsa) o’tkirlangan igna bilan mantiya burmalarigacha bo’lgan tananing pastki qismi yoriladi. Bu ishni nihoyatda ehtiyotkorlik bilan amalga oshirish kerakki, terining ichki qoplamiga tutash bo’lgan organlarga zarar etkazish kerak emas. Shundan so’ng mantiya burmalari sekin kesib olinib, kesish davom ettiriladi, qaysiki ichki organlar to’lik ko’ringuncha (Rasm Z.B). Ichki organlar to’liq ko’ringandan so’ng ularni joylashishiga ayniqsa, jinsiy organ retraktoriga alohida e’tibor berish kerak. Har bir ichki organ alohida ajratib olinadi va ularning tuzilishi o’rganiladi. Ichki organi ochilgan mollyuskaning rasmi chizib olinadi.

Rasm 3. Quruklik mollyuskalarnpig ichki tuzilishi Xeropieta candahartca misolida. A-chig’anoqsiz holatda ko’rinishi; 1-o’pka venalari. 2-nafas olish teshigi, 3-anal teshigi. B-ichki tuzilishi, l-urug’ qabul qilgich, 2-tuxum yo’li, 3-tomoq, 4 -jiisiy organi.


Mashg’ulotni o’zlashtirilganlik darajasini aniqlash uchun savollar:





  1. Mollyuskalar tur tarkibini aniqlashda chig’anoq tuzilishi oldin o’rganiladimi, yoki ichki organlar?

  2. Chig’anoq o’lchamlari qanday olinadi?

  3. Mollyuskani yumshoq tana qismi chig’anoqdan qanday qilib ajratib olinadi?

  4. Mantiya burmalari qachon kesib olinadi?

Muhokama uchun savollar:



  1. Mavjud tadqiqot (mollyuskalarning tashqi va ichki tuzilishini o’rganish) usullarining bir —biridan farqlari nimada?

  2. Mollyuskalarning chig’anoq shaklining turli —tuman bo’lishining asosiy sababi nimada?

  3. Nima uchun mollyuskalar aynan 70% foizli spirt eritmasida saqlanadi?


Download 7,68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish