Nazorat savollari
1. Simli va mobil tarmoqlarni konvergensiya qilish
2. Mobil tarmoqlarning rivojlanishi
3. IMS ning rasshifrovkasi qanday?
4. IMS konsepsiyasi nimani bayon qiladi?
5. IMS arxitekturasining asosiy xususiyatlarini ko‘rsating.
6. Ilovalar darajasini belgilanishi va tarkibini ayting.
7. Transport darajasini belgilanishi va tarkibini ayting.
8. Boshqarish tekisligini belgilanishi va tarkibini ayting.
11. YANGI AVLOD KONVERGENT TARMOQLARNING XIZMATLARNI BOSHQARISH POG‘ONASI
11.1. Zamonaviy aloqa xizmatlari konvergensiyasi va keyingi avlod xizmatlari
NGN tarmoqlarida xizmatlar konvergensiyasini ta’minlash uchun mos keluvchi mexanizmlar qo‘llanilishi kerak. Bunday mexanizmlar, ma’lumotlarga mobil kirish, audio va videokonferensiyalarni o‘tkazish, ovozni uzatish, xabarlarni bir lahzada almashlash va boshqa paketli texnologiyalar asosida yangi avlodning daromadini oshirish imkonini beradi.
NGN tarmoqlarining funksionalligini asosiy ko‘rsatkichlaridan biri, xar xil tarmoqlar (qayd qilingan, mobil, Internet va boshqa) orasida chegarani kesishda uzluksiz xizmatni ta’minlashdir.
Uzluksiz xizmatlar konsepsiyasi har bir tarmoq uchun o‘ziga xos ya’ni ovozni uzatish, ma’lumotlarni uzatish, multimediali trafikni uzatish. Biroq bunday texnologiyalar ya’ni konvergent ovozli uskunalar (telefonlar, smartfonlar, noutbuklar), ovozli sessiya konvergensiyasi arxitekturasi (masalan UMA yoki IMS), ma’lumotlar sessiyasi konvergensiyasi protokollari (Mobile IP) ilovalar platformasi orasida bog‘lovchi zveno hisoblanadi.
Xizmatlar konvergensiyasi, er usti va simsiz keng polosali domenlar orasida ma’lumotlar sessiyasi va ovozni abonentlarga sezdirmasdan uzatish orqali istemolchilarni xizmatlardan foydalanish qulayliklari bilan ta’minlashga asos bo‘ladigan satx hisoblanadi. Bunda tarmoq, terminalning mobilligini fakt ekanligini, shuningdek terminal mazkur lahzada qanday muhitda ekanligini hisobga olgan holda, resurslarni ajratish va xizmat ko‘rsatish sifatini ta’minlash bo‘yicha o‘zining siyosatini dinamik moslashtiradi.
Ilovalar konvergensiyasi satxi asosan, operatorlar bozorga chiqaradigan va yakuniy maxsulot sifatida e’lon qilishga shaylanayotgan, har qanday kirish tarmog‘i orqali taqdim etiladigan ma’lumotlarni uzatish tarmog‘i, ikki rejimli terminalga ega bo‘lgan (masalan, Wi-Fi/GS) korxonalar uchun ovozli xizmatlar va boshqalar.
Ilovalar konvergensiyasi, bu muhit ta’minlaydigan turli uzatish tezliklarini hisobga oladigan formatda ko‘pgina turli uzatish muhitlari orqali ilovalarni etkazish jarayonidir. Konvergensiya ilovalarining domenlari, mos keluvchi serverlardagi abonentlar mobilligini va ularning holatini dinamikligini hisobga olgan holda asosan SIP protokolining ishini (funksionalligini) ta’minlaydi va qo‘llab-quvvatlaydi. Konvergent ilovalarga misol qilib 3G standarti terminaliga videooqimlarni bir vaqtda etkazishni aytish mumkin. Umumiy holda ilovalar konvergensiyasi bu, innovatsion usulli barcha ulanuvchi tarmoq turlari orqali istemolchilarga ovozli xizmatlarni, ma’lumotlarni va videoni taqdim etishdir.
Qarab chiqilgan har bir konvergensiya satxini qo‘llash, anchagina afzalliklarni ta’minlaydi. Tarmoq konvergensiyasi iqtisodiy xarajatlarni va kapital mablag‘larni tejash imkonini beradi. Ilovalar konvergensiyasi, ilovalarning yangi paketini taklif etish va marketingni takomillashtirish imkonini beradi.
To‘liq konvergensiya bu, barcha sanab o‘tilgan komponentlar majmuasidir. Masalan, umumiy platformalar sifatida IP tarmog‘ini olish mumkin. Bunday tarmoqlar, raqobatbardosh narx va kirish tarmoqlari chegarasini kesishda xizmatlar uzluksizligini ta’minlash orqali konvergent ilovalarni taqdim etish imkonini beradi.
Xizmatlar konvergensiyasi jarayoni quyidagi ......rasmda ko‘rsatilgan.
11.1-rasm. Xizmatlar konvergensiyasi jarayoni
Do'stlaringiz bilan baham: |