Rukn: Mobil aloqa



Download 2,63 Mb.
bet95/110
Sana19.07.2021
Hajmi2,63 Mb.
#123395
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   110
Bog'liq
NGN YANGI AVLOD TARMOQLARI

Ilovalar darajasi. IMS etalon arxitekturasining yuqori darajasi ilovalar serverlari to‘plamiga ega, ular, umuman, IMS elementi hisoblanmaydi. Yuqori tekislikdagi bu elementlar o‘z tarkibiga SIP protokoliga asoslangan, multimediali IP-ilovalarni ham, virtual uy muhiti bazasida mobil tarmoqlarda amalga oshiriluvchi, ilovalarni ham oladi.

IMS ilovalar arxitekturasi etarli murakkab, ammo bu erda kalitli momenti bo‘lib, yangi ilovalarni yaratishda va an’anaviy ilovalar bilan integratsiiyasida yuqori egiluvchanligi hisoblanadi. Masalan, xabarlarni qayta uzatish muhiti telefon chaqiruvini an’anaviy xususiyatlarini  integra-siya qilishi mumkin, masalan teskari chaqiruv va chaqiruvni kutish, Internet chaqiruvi bilan. Buni qilish uchun, IMS arxitekturasi ko‘pgina xizmatlarni ishga tushurishga va ular orasida tranzaksiyani boshqarishga yo‘l beradi.

    SCIM (Service Capability Interaction Manager) –ilovalar tekisligi va IMS  yadrosini o‘zaro hamkorligini boshqarishni ta’minlaydi;

    SIP AS (SIP Application Server) – SIP protokoliga asoslangan, xizmat-larni bajarish uchun xizmat qiluvchi, ilovalar serveri. IMS dagi hamma yangi xizmatlar ayni SIP AS serverida bo‘lishi kutiladi;

    OSA-SCS (Open Service Access – Service Capability Server) – mumkin bo‘lgan xizmatlar serveri, u xizmatlarga ochiq kirishga (OSA – Open Service Access) asoslangan, xizmatlarga interfeys ta’minlaydi. Maqsadi bo‘lib, ilovalarning  standart dasturiy interfeysi vositasida tarmoq funksiyalariga kirish imkoniyatini xizmatlar uchun ta’minlash hisoblanadi;

    IM-SSF (IP Multimedia – Service Switching Function) – xizmatlarni kommutatsiya server, mobil tarmoqning mantiqini yaxshilash uchun (CAMEL – Customized Applications for Mobile network Enhanced Logic), foydalanuvchi ilovalariga mos tushgan tizimda xizmatlar bilan IMS tizimchasini ulash uchun xizmat qiladi. GSM mobil aloqaning global tizimi uchun ishlab chiqarilgan xizmatlar haqida gap ketayapti, IM-SSF funksiyalari (xizmatlarni kommutatsiya funksiyasi) yordamida esa ushbu xizmatlarni IMS da ham ishlatish mumkin;

    TAS (Telephony Application Server) – telefon ilovalar serveri SIP protokoli xabarlarini qabul qiladi va unga ishlov beradi, shuningdek chiqish chaqiruvi qanday tarzda taqlit qilinishi (initsiirovan) kerakligini aniqlaydi. TAS servis mantiqi chaqiruvlarga ishlov berish bazaviy servislarni ta’minlaydi, raqamlarni tahlilini, marshrutizatsiyani, chaqiruvlarni o‘rnatish, kutish va qayta yo‘naltirishni, konferens-aloqani va hokazolarni o‘z ichiga olgan holda. TAS shuningdek xabardor qilishni va chaqiruvni o‘tish signallarini qayta ishlab chiqarish  zarur bo‘lganda mediaserverlarga murojat qilish uchun servis mantiqni ta’minlaydi. Agar UfTT da chaqiruv taqlit qilingan (initsiirovan) yoki terminatsiya qilingan bo‘lsa, TAS serveri IP RTP oqimga nutq oqimining bitlarini TDM (UfTT) o‘zgartirishga mediashlyuzlarga buyruqlarni berish uchun MGCF funksiyasiga SIP signalizatsiyasini berishga javob beradi va uni  tegishli IP-telefoni IP-manzilga yo‘naltiradi. IMS ning bitta xabarida har xil turdagi abonent qurilmalariga belgilangan xizmatlar beruvchi, bir necha TAS haqida ma’lumotlarga ega bo‘lishi mumkin. Masalan, bitta TAS serveri IP Centrex xizmatlarini ko‘satadi (xususiy numeratsiya rejalari, umumiy ma’lumotnomalar, chaqiruvlarni avtomatik taqsimlash va hokazo), boshqa server MATS quvvatlaydi va VPN xizmatlarni beradi. Bir necha ilovalar serverlarni o‘zaro hamkorligi, har xil sinf abonent qurilmalari orasida chaqiruvlarni tugatish uchun SIP-I signalizatsiyasi vostasida amalga oshiriladi;

    HSS (Home Subscriber Server) –uy abonentlar serveri – GSM tarmoq elementiga o‘xshash – serverga HLR (Home Location Register) – foydalanuvchi ma’lumotlar bazasi hisoblanadi. HSS serveri xizmatlar bilan bog‘langan, foydalanuvchining individual ma’lumotlariga, o‘qish/yozish rejimida ochiq kirishni ta’minlaydi. Kirish har xil tugallanish nuqtalaridan amalga oshiriladi – telefon, Web va SMS ilovalar, tipa set-top box turidagi televizion pristavkalar va boshqalar. HSS da shuningdek SLF (Subscription Locator Function) funksiyalari amalga oshiriladi, u I-CSCF modulidan yoki ilovalar serveridan so‘rovga javoban, aniq abonentning ma’lumotlariga ega bo‘lgan, ma’lumotlar bazasi holatini aniqlaydi. Nihoyat, HSS serveri tarkibiga 2G tarmoqlari bilan ishlash uchun, HLR va AuC (Authentication Center) modullari kiradi.

IMS muhitida HSS serveri har bir foydalanuvchi haqida va abonentlarga ishga tushurilgan xizmatlar haqida ochiq ma’lumotlar bazasi sifatida ishlaydi: qanday xizmatlarga foydalanuvchi yozilgan, bu xizmatlar faollashtirilgan, boshqarishning qanday parametrlari foydalanuvchiga o‘rnatilgan.

IMS texnologiyasining asoslarini ko‘rib chiqib, shuni hisobga olish kerakki, ushbu texnologiya zamonaviy 2,5-3G mobil tarmoqlari va TDM/NGN konvergent tarmoqlari chegarasida joylashgandir. Natijada, ushbu texnologiyalarning sintezi IMS ostida uchta mantiqiy plastlarning birlashtirilishiga olib keladi:

1) GGSN/GPRS va 3G/UMTS zamonaviy mobil tarmoq texnologiyalari va sotali aloqa tizimlarining barcha xususiyatlari;

2) NGN/TDM birlashtirilgan tarmoq texnologiyalari bo‘lib, ularga ISDN dan UKS №7 gacha zamonaviy an’anaviy signalizatsiya tarmoqlari va IN va Softswitch texnologiyalari asosidagi barcha echimlarni kiritish mumkin;

3) IMS – birinchi ikki texnologiyalarning sintezi natijasida paydo bo‘lgan sifatli yangi texnologiya.

SHu tarzda, IMS texnologiyasini batafsil o‘rganib chiqib, ushbu texnologiyalarning tavsifini keltirish o‘rinlidir.

Bu erda IMS tahlilini quyida ko‘rib chiqiladigan mavzularga kiritish mumkin:

-  IMS strukturasi va boshqaruv tizimini qatlamlarga ajratish;

-  IMS ichki va tashqi interfeyslari;

-  IMS tarmog‘ida signalizatsiya tizimi.

 


Download 2,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   110




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish