Rukn: Mobil aloqa


 MOBIL VA SIMLI TARMOQLARNING  KONVERGENSIYASI. IMS ARXITEKTURASI



Download 2,63 Mb.
bet91/110
Sana19.07.2021
Hajmi2,63 Mb.
#123395
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   110
Bog'liq
NGN YANGI AVLOD TARMOQLARI

10. MOBIL VA SIMLI TARMOQLARNING  KONVERGENSIYASI. IMS ARXITEKTURASI

 

10.1. Simli va mobil tarmoqlarni konvergensiya qilish

 

Softswitch ni modernizatsiya qilish konsepsiyasi 2005-2006 yillarda tushunarli bo‘ldi va NGN konsepsiyasini rivojlantirish strategiyasi shakllantirildi. Softswitch dan yangi konsepsiyaga o‘tishning quyidagi prinsiplarini ajratish mumkin (10.1-rasm).



1. Mobil tarmoqlarning rivojlanishi shunga olib keldiki, aksariyat NGN abonentlarining mobil telefonlari ham bor. Natijada foydalanuvchilar NGN terminallarida sotali tarmoqlarning funksiyalarini va sotali tarmoqlarda keng polosali kirish funksiyalarini realizatsiya qilishni xohlaydilar (masalan, rouming funksiyalari). Sotali tarmoqlarning 2,5 G dan 3G va 4G ga qarab rivojlanishi sotali va keng polosali tarmoqlarni konvergensiya qilish g‘oyasiga olib keladi.

 

 

10.1-rasm. IMS konsepsiyasiga o‘tish



 

2. Oxirgi bir necha yillar mobaynida aloqa xizmatlarini personallashtirish konsepsiyasi keng tarqaldi. NGN davri bilan boshlangan xizmat sohasidagi inqilob juda yangi xizmatlarning murakkab va bir xil bo‘lmagan dunyosini yuzaga keltirdi. Natijada, NGN abonenti minglab turli xizmatlardan foydalana olishlari mumkin. Ammo, haqiqatda abonentni atigi bir necha o‘nta xizmatlar qiziqtiradi. Har bir abonent uchun xizmatlar to‘plami personallashtirilgan bo‘ladi.  Softswitch texnologiyasi xizmatlarni personallashtirishga birinchi qadamlarni qo‘ydi, ammo ular keyinchalik rivojlanish uchun etarli bo‘lmadi.

3. Xizmat personallashtirish bilan NGN abonentlari roumingi bo‘yicha yangi talablar bog‘liq. NGN abonentni tarmoq nuqtalaridan birida personallashtirilgan xizmatlar to‘plamini oladi deb faraz qilamiz. Agar u boshqa nuqtaga o‘tsa, mantiqan shu xizmatlar to‘lamini olishi kerak. Buni zamonaviy NGN tarmog‘ida xizmatlar roumingi konsepsiyasi sifatida talqin qilish ham mumkin.

4. Nihoyat, Triple Play xizmatlar konsepsiyasidan (ma’lumotlar, nutq va videoni birlashtirish) Triple Play ga o‘tish boshqaruv konsepsiyasini o‘zgartirishga olib keldi. Natijada, yangi konsepsiya keng polosali abonentlarning mobilligini talab qildi va sotali tarmoqlarning barcha texnologiyalari (tutib olish, kuzatish va rouming) NGN tizimlari uchun talabgor bo‘lib qoldi.

Yuqorida keltirilgan ma’lumotlardan xulosa qilib aytish mumkinki, NGN abonentlari mobillikka o‘tmoqda, sotali tarmoqlar abonentlari – keng polosali xizmatlardan foydalanishmoqda, ikkila tarmoqlarning xizmatlari esa personallashib bormoqda.

Tarmoqlar evolyusiyasi nuqtai nazaridan IMS ning paydo bo‘lishi – zamonaviy texnologiyalarni konvergensiya qilish bo‘yicha umumiy harakatlarning natijasidir (10.2-rasm).  Ushbu tendensiya doirasida LAN va WAN ni yagona multiservis tarmoqqa birlashtirishni konvergensiya yo‘lidagi birinchi qadam sifatida ko‘rish mumkin. An’anaviy telefoniya va VoIP ni yagona IP-telefoniya texnologiyasiga birlashtirish ikkinchi qadam bo‘ldi. Turli xizmatlarni Triple Play konsepsiyasi asosida birlashtirishni aloqa tarmoqlarining global konvergensiya qilish yo‘lidagi uchinchi qadam deb nomlash mumkin, evolyusiyaning natijasi esa simli va simsiz texnologiyalarni IMS nomi ostida birlashtirishdir.

 

 

10.2-rasm. IMS yo‘nalishida zamonaviy tarmoqlarning evolyusiyasi



 IMS muqim va mobil tarmoqlar aloqa abonentlariga nutq, matn, grafik va videoning turli kombinatsiyalariga asoslangan personallashtirilgan xizmatlarni ishlab chiqish va taqdim qilish imkonini beradi. Natijada, IMS echimlari keng to‘plamli, jumladan, TDM yoki Softswitch dagi NGN tarmoqlarida amalga oshirish mumkin bo‘lmagan yoki iqtisodiy samarasiz bo‘lgan xizmatlarni taqdim qilish hisobiga oxirgi foydalanuvchining imkoniyatlarini sezilarli darajada kengaytiradi.

 

 

10.3-rasm. IMS texnologiyasini joriy qilish hisobiga jahon iqtisodiyotidagi taxminiy o‘sish (manbaa: ABI Research)



 

IMS texnologiyasi hozirgi vaqtda batafsil standartlashtirilgan va ITU-T, ETSI TISPAN va boshqa tashkilotlarning tavsiyanomalarida keltirilgan. Amaliy joriy etish nuqtai nazaridan IMS texnologiyasi juda istiqbollidir, ammo eng ishonchli ehtimollar ham uni 2008-2010 yillar texnologiyasi ekanligi haqida xabar bermoqda (10.3-rasm).

Quyida IMS texnologiyasining xususiyatlarini kitoblar beradigan imkoniyat daradasida ko‘rib chiqamiz.

 


Download 2,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   110




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish