WiMAX texnologiyasi strukturasi bo‘yicha Wi-Fi ga o‘xshash. WiMAX texnologiyasining tafsilotlari IEEE 802.16e standartida keltirilgan. WiMAX tizimida sotali qoplash tizimiga birlashtirilgan abonent qurilmalari va bazaviy stansiyalarni o‘z ichiga oluvchi tayanch radiotizim, shuningdek, umumfoydalanish tarmoqlari bilan shlyuzlar mavjud bo‘lgan simli komponenta, avtorizatsiya, identifikatsiya (Radius), boshqaruv, kommutatsiya va boshqa serverlar mavjud. WiMAX texnologiyasi boshida MAN kirish tarmoqlarini yaratishga qaratilganligi sababli, boshqaruv elementlarining arxitekturasi unda Wi-Fi ga qaraganda chuqurroq ishlab chiqilgan va o‘z ichiga NGN tizimlarining boshqaruv va kommutatsiya sathlarini oladi.
Wi-Fi va WiMAX texnologiyalari nafaqat tarmoqning murakkabligi, balki chastota diapazoni, sotalar o‘lchami, AAA protseduralari, shuningdek, abonentlarning mobilligini ta’minlovchi maxsus texnologik echimlar bilan farqlanadi.
5.3-jadval
Wi-Fi va WiMAX texnologiyalarini taqqoslash
Ko‘rsatkich
|
802.16 standart (WiMAX)
|
802.11 standart (Wi-Fi)
|
Samaradorlik
|
O‘tkazuvchanlik qobiliyati
|
Radiochastota resursidan samarali foydalanish ta’minlanadi
|
Har bir abonent bilan kamayib boradi
|
Tezlikni boshqarish
|
Har bir abonentga optimat tezlikda ishlash imkonini beradi
|
Nazarda tutilmagan. Abonentlar bir xil tezlikda ishlaydi
|
QoS
|
O‘tkazish polosasi
|
Har bir abonentga yuqoriga/pastga yo‘nalishlardan mustaqil ravishda taqdim qilinadi
|
Tashqi nazorat qurilmasi talab qilinadi
|
Paketlarni imtiyozlash
|
Servisni nazorat qilishga asoslangan kafolatlangan etkazishni ta’minlaydi
|
Tarmoq boshqaruvi bo‘lmaganida oldindan aytib bo‘lmaydigan tarmoq operatsiyalari
|
Ushlanish va jitter
|
Xizmat ko‘rsatish kelishuviga muvofiq tarzda barcha yo‘nalishlar uchun nazorat qilinadi
|
Paketni kafolatlangan ushlab qolish qo‘llab-quvvatlanmaydi
|
Multiservislilik
|
VoIP, Video, Data servislarini kombinatsiyalash bitta SU orqali ta’minlanishi mumkin
|
Qo‘llab-quvvatlanmaydi
|
Kirishni nazorat qilish
|
Kirishni nazorat qilish
|
2-sath (MAS bo‘yicha) va 3-sath (IP bo‘yicha)
|
MAS ro‘yxati bo‘yicha kirish. MAS adresni o‘zgartirish mumkin
|
Paketlarni tanish
|
Har bir CPE qurilmasi faqat o‘ziga mo‘ljallangan ma’lumotlarni qabul qiladi
|
Ma’lumotlar barcha CPE lar uchun ochiqdir
|
Ushbu texnologiyalar 5.3-jadvalda qisqacha keltirilgan tafovutlari ham mavjud. Jadvaldan kelib chiqadiki, WiMAX texnologiyasi yirik radiokirish tarmoqlarini yaratish uchun istiqbolliroqdir. SHu bilan birga Wi-Fi texnologiyasi zamonaviy shaharlarning eng mashhur nuqtalarida katta bo‘lmagan radiokirish tizim nuqtalarini hosil qiladi. YUqorida ko‘rib chiqilgan tendensiyani hisobga olgan holda, Wi-Fi va WiMAX texnologiyalariga hozirgi vaqtda ikki raqobatchi texnologiyalar sifatida qarash mumkin.
Bu holatda, simli kirish tarmoqlari tizimlari kabi tarmoqni o‘rnatishning ikki alternativ biznes-modeli mavjud. Operator kirish tarmoqlarini abonentdan Wi-Fi texnologiyasi asosida rivojlantirishi mumkin. Bu holatda “shaxarni qoplash” strategiyasi kirish nuqtalarini eng gavjum joylarga o‘rnatish butun tarmoq bo‘ylab rouming o‘rnatishdan iborat bo‘ladi. SHu tarzda “biznesni bosqichma-bosqich rivojlantirish” modelini olamiz. WiMAX texnologiyasi radiokirish tarmog‘ini butun shahar hududini qoplaydigan qilib o‘rnatish orqali investitsion biznes-modelni taklif qiladi.
Agar simli kirish texnologiyalari bilan solishtirilsa, biznes-modeldan foydalanish bo‘yicha uy Ethernet tarmog‘i Wi-Fi texnologiyasiga, WiMAX ga esa – DSL va PON investitsion loyihalari ekvivalent bo‘ladi. Keltirilgan analogiyalar tasodifiy emas. Uy Ethernet tarmog‘i operatorlari bino ichida abonent tarmog‘ini tejash uchun Wi-Fi texnologiyasidan foydalanadilar. Shuningdek, yirik operatorlar ham DSL va PON tarmoqlarining rivojlanishi bilan oxirgi vaqtlarda IEEE 802.16 standarti texnologiyalaridan foydalanmoqdalar.
Do'stlaringiz bilan baham: |