Wi-Fi texnologiyasi. Boshida ushbu texnologiya simsiz LAN tarmoqlarni hosil qilish uchun ishlab chiqilgan, ammo hozirda Internetga simsiz kirish texnologiyasi sifatida foydalanilmoqda. Bugungi kungacha ushbu texnologiyaning ilova sohasiga, asosan, agar bir oilada bir necha Internet foydalanuvchilari bo‘lganida xona tarmoqlari kirar edi. Bugungi kunda Wi-Fi MAN, RAN va hatto WAN ni hosil qilishda samarali qo‘llanilib kelinmoqda.
Wi-Fi texnologiyasi NGN konsepsiyasida qisqa vaqtda samaradorligini namoyon qilishi bilan qiziqish uyg‘otadi. Wi-Fi tizimi tarmog‘ining bitta bazaviy stansiyasi (hotspot) bir vaqtda o‘nlab abonentlarga keng polosali kirish xizmatlarini taqdim qila oladi. Simli kanallar talab qilinmagan holda katta tezliklarni ta’minlash - Wi-Fi ni keng miqyosda foydalanish mumkin bo‘lgan kirish texnologiyasiga aylantiradi. Wi-Fi, odatda, jamoat joylarida kirish tizimi sifatida foydalaniladi (Internet-kafe, standionlar, aeroportlar, vokzallar, supermarketlar, mehmonxonalar va h.k.). Zamonaviy noutbuk va cho‘ntak kompyuterlarida Wi-Fi funksiyalarining realizatsiya qilinishi ushbu texnologiyadan jamoat joylarida foydalanishni osonlashtiradi. Wi-Fi tizimi bilan jihozlangan texnogen zonalar ushbu texnologidan turli telemexanika tizimlarida samarali foydalanish imkoniyatlarini beradi.
Hozirgi vaqtda butun dunyoda Wi-Fi zonalarini birlashtirish va rouming fuknsiyasiga ega bo‘lgan yirik Wi-Fi tarmoqlarini yaratish ishlari olib borilmoqda. Bunga McDonald’s tarmog‘i misol bo‘la olishi mumkin – dunyo bo‘ylab 6000 dan ortiq hotspot (kirish nuqtalari) joriy qilingan. Shuningdek, milliy va xalqaro Wi-Fi operatorlar paydo bo‘ldi, bunga misol tariqasida birinchi bo‘lib Swisscom Eurosport (aeroport, restoran, bar va hokazolar tarmoqlari)ni keltirish mumkin va ushbu Wi-Fi tarmoqlari butun Evropa Ittifoqi hududiga xizmat ko‘rsatadi. Rossiyada Wi-Fi texnologiyasi sohasida yirik loyiha sifatida Golden Telecom operatorining Golden Wi-Fi tarmog‘ini keltirish mumkin.
Hozirgi vaqtda Wi-Fi texnologiyasi to‘liq ravishda “mobil Internet” konsepsiyasiga moslashtirilgan bo‘lib, bu texnologiya hammaning e’tiboriga loyiqdir. SHu tarzda, Wi-Fi–kirish tarmoqlarini tashkil etishning etakchilikka nomzod bo‘lgan juda asosiy usulidir.
Zamonaviy tijorat Wi-Fi tarmoq texnologiyasi tarmoqni ikki asosiy tizimostiga ajratishni nazarda tutadi: foydalanuvchilarni uchratish mumkin bo‘lgan nuqtalarda o‘rnatiladigan trafikni kirish nuqtalari (hotspot) sifatida yig‘uvchi tizimostilari va foydalanuvchilarni identifikatsiya qilish serveri, billing serveri, servisni boshqarish Web-portali, Radius avtorizatsiya serveri va hokazolar mavjud bo‘lgan boshqaruv tizimostilari.
Hotspot lar mashrutizatorlar yoki Internet orqali o‘zaro bog‘lanadi. Har bir foydalanuvchi tijorat xizmatiga ulanishdan oldin billing bilan bog‘liq bo‘lgan avtorizatsiya protsedurasidan o‘tishi kerak. Buning uchun u identifikatsiya Web-portaliga kiradi (masalan, to‘lov kartasini aktivlashtiradi) va o‘z huquqlarini ro‘yxatdan o‘tkazadi. Endi foydalanuvchi hisobida to‘lov vositasi borligicha keng polosali kirishning barcha xizmatlaridan foydalanishi mumkin.
Hotspot ichida tizim ichki kommutatorlar va eng asosiysi alohida kirish kontrolleriga ega bo‘lishi mumkin bo‘lib, u barcha hotspot foydalanuvchilari o‘rtasida va taqsimlangan Wi-Fi o‘rtasida interfeys rolini bajaradi, bu asosan Wi-Fi xizmat ko‘rsatadigan nobirjinsli zonalarga tegishlidir (masalan, aeroport, mehmonxonalar, biznes-markaz va boshqalar). Xizmatlar va ular haqidagi axborotlar tarmoq Web-portali doirasida hotspot portalidan o‘rin olgan.
Foydalanuvchi Wi-Fi tarmog‘i xizmatlaridan foydalana olishi uchun uning so‘rovi ketma-ket ravishda tarmoqning uch elementidan o‘tishi kerak bo‘ladi: kirish kontrolleri, Radius boshqaruv serveri va identifikatsiya Web-portali. Foydalanuvchini identifikatsiya qilish jarayoni (AAA protsedurasi) maxsus yuqori sath signalizatsiya protokollaridan foydalanishga qaratilgan murakkab algoritmdan iboratdir. Wi-Fi tizimlari radiointerfeysining parametrlari WLAN IEEE 802.11a/b/g/h/j/n standartlarida taklif qilingan. Ushbu standartlarda Wi-Fi tizimlarining ikkita ish diapazonlari nazarda tutilgan: 2,4...2,5 GGs (IEEE 802.11b/g uchun) va 4,9...5,9 GGs (qolgan standartlar). Wi-Fi tizimida ma’lumotlarni almashinish tezligi standartga bog‘liq ravishda 11, 50 va 100 Mbit/s dan ortiq bo‘lishi mumkin (yangi IEEE 802.11n standarti uchun). Tizimlarda ma’lumotlar simmetrik yoki ADSL yoki PON ish rejimlarini eslatuvchi asimmetrik tarzda uzatilishi mumkin.
Wi-Fi texnologiyasi, bizning uchun nafaqat istiqbolliligi sababli, balki to‘rtinchi avlod radiokirish tizimlarining, xususan, WiMAX texnologiyasining ishlash prinsiplari haqida tushuncha berganligi uchun qiziqish uyg‘otadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |