Rukn: Mobil aloqa


 O‘zbekiston Respublikasining telekommunikatsiya tarmog‘i holati



Download 2,63 Mb.
bet110/110
Sana19.07.2021
Hajmi2,63 Mb.
#123395
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   110
Bog'liq
NGN YANGI AVLOD TARMOQLARI

12.6. O‘zbekiston Respublikasining telekommunikatsiya tarmog‘i holati

 

Xozirgi kunda O‘zbekiston Respublikasining telekommunikatsiya tarmog‘i holatini quyidagicha tavsiflash mumkin:



- Xalqaro telefon kommutatsiya markazi – 4 ta:

- Shaharlararo telefon stansiyalari – 13 ta;

- Umumiy sig‘im 95 159 port (kanal);

- Ishlatilgan sig‘im 78 444 port (kanal);

- Xalqaro paket kommutatsiya markazi – 1 ta (515 Mbit/s).

- Mahalliy telefon tarmog‘i: jami 2 041 ta telefon stansiya, umumiy o‘rnatilgan sig‘im – 2 067 037,  foydalanilayotgan sig‘im – 1 818 400;



Mobil kommutatsiya markazlari(CDMA 450) – 5 ta: umumiy sig‘imi 120,0 ming raqam, baza stansiyalari soni 153 ta.

Mahalliy telefon tarmog‘ining bugungi holatini quyidagi tavsiflash mumkin:

     - Shahar telefon tarmog‘i: jami 485 ta telefon stansiya, umumiy o‘rnatilgan sig‘im – 1 709 519, foydalanilayotgan sig‘im – 1 553 166; shahar telefon tarmog‘i to‘liq  - 100 foiz raqamli texnologiyalar bilan jihozlangan.

- Qishloq telefon tarmog‘i: jami 1 556 ta telefon stansiya, umumiy o‘rnatilgan sig‘im – 359,3 ming, shundan raqamlisi – 107,6 ming, ya’ni -----%

O‘zbekiston Respublikasining telekommunikatsiya tarmog‘ini rivojlantirsh borasida quyidagi dolzarb vazifalar bajarilishi lozim:

1.    Xalqaro telekommunikatsiya tarmoqlariga ulanishni kengaytirish:

                - Qirg‘iziston        Andijon–Osh               – (STM-16)

                - Tojikiston Denov-Tursunzoda              – (STM-16)

               -  Qozog‘iston        Qo‘ng‘irot-Beynau              – (STM-16)

               -  Afg‘oniston        Termiz-Xayraton                  – (STM-16)

2.    Xalqaro kommutatsiya markazlarini va shaharlararo telefon stansiyalarini kengaytirish.

3.    Internet tarmog‘ini xalqaro darajada 1 Gbit/s ga etkazish.

4.    Magistral tarmoqda DWDM texnologiyasini qo‘llash va zonaichi transport tarmog‘ini kengaytirish:

            - Toshkent – Buxoro DWDM/SDH;

            - Toshkent – Farg‘ona vodiysi DWDM/SDH;

            - Toshkent – Olmaliq –Begetelek –Qo‘qon raqamli RRL.

5.    Ma’lumotlar uzatish tarmog‘ini viloyat darajasida
10 Gbit/s, tuman darajasida 1Gbit/s tezlikka etkazish:

            - Toshkent – Farg‘ona vodiysi IP/MPLS – 10 Gbit/s, 1 Gbit/s:

            - Toshkent – Buxoro yo‘nalishida IP/MPLS – 1 Gbit/s.

6.    CDMA-450 mobil aloqa tarmog‘ini kengaytirish:

             - Shimoliy hududlarda 20 ta BTS va Buxoro kommutatori     imkoniyatlarini kengaytirish.

7.    Qishloq telekommunikatsiya tarmog‘ini raqamlashtirish va kengaytirish:

        - «Koinot» OAJning 42 ming sig‘imli raqamli telefon stansiyalarini ishga tushirish.

8.    Infratuzilma ob’ektlarini aloqa bilan ta’minlashni tezlashtirish:

       - «Koinot» OAJning raqamli telefon stansiyalari va CDMA-450 tarmog‘i orqali tashkil etish.

9.    Qo‘shimcha xizmat turlarini kengaytirish:

      - Toshkent shahar maxsus aloqa xizmati bog‘lamasini rekonstruksiya qilish va kengaytirish.

10.           Keng polosali xizmatlarni ko‘rsatish bo‘yicha so‘nggi mil muammolarini hal qilish:

       - abonent liniyalarida xDSL texnologiyasi (MSAN va b.) qo‘llash;

       - ko‘p qavatli binolar, idoralarga FTTx texnologiyasiga o‘tish;

       - CDMA, WiMax texnologiyalari asosida simsiz aloqani tashkil qilishni kengaytirish;

       - videotelefon, IPTV, VoD, TvoD va boshqa  intellektual xizmat turlarini joriy qilishni tezlashtirish.



O‘zbekistonda tarmoqlangan raqamli transport tarmog‘ini yaratilganligi,  hamma tabaqa foydalanuvchilarining ma’lumotlar uzatish xizmatlariga, shu jumladan Internet tarmog‘i xizmatlariga talablarini to‘laqonli qondirish maqsadida, ma’lumotlar uzatish zamonaviy texnologiyalarini va yangi multimedia xizmatlarini joriy etish  uchun platforma yaratdi. Bir so‘z bilan aytganda, O‘zbekiston Respublikasining telekommunikatsiya tarmoqlari va vositalari – bu soxaning rivojlanayotgan majmuasidir.
Download 2,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   110




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish