Rukn: Mobil aloqa



Download 2,63 Mb.
bet102/110
Sana19.07.2021
Hajmi2,63 Mb.
#123395
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   110
Bog'liq
NGN YANGI AVLOD TARMOQLARI

Nazorat tekisligi. Nazorat tekisligida QoS mexanizmlari foydalanuvchi trafigi uzatilayotgan yo‘llar bilan xarakatda bo‘ladi.

         Ma’lumotlar tekisligi. Mexanizmlarning bu guruxi bevosita foydalanuvchi trafigi bilan xarakatda bo‘ladi.

         Menedjment tekisligi. Bu tekislik foydalanuvchi trafigini etkazishga doir tarmoqni ekspluatatsiyalash, ma’murlatirish va boshqarishga tegishli bo‘lgan, QoS ning  mexanizmlaridan tashkil topadi.Xar bir tekislik ko‘rsatilgan funksiyalarni bajarishi uchun tegishli funksional uzellardan iborat bo‘ladi.

 

11.4. Ovozli xizmatlar. VoIP.  IPTV xizmatlari.

 

IP-telefoniya nima? IP-telefoniya yoki VoIP (Voice over IP) – bu Internet yoki ixtiyoriy IP-tarmog‘i orqali faks uzatish va telefon so‘zlashuvlarini real vaqt rejimida tashkil etish va amalga oshirish imkonini beruvchi texnologiyadir.



         Texnik tarafdan tovushni raqamlashtirish yoki faksimil xabarini raqamli ma’lumotlarni uzatish kabi imkoniyati majud. SHu ma’noda, IP-telefoniya Internetdan (yoki ixtiyoriy boshqa IP-tarmoqdan) real vaqt rejimida ikki kompyuter foydalanuvchilari o‘rtasida ovoz yoki faksimil xabarlarini uzatish uchun foydalanadi. IP-telefoniya telefon serverlarining umumiy ishlash prinsipi: bir tarafdan server telefon liniyalari bilan bog‘langan va istalgan mamlakat telefoniga ulanishi mumkin.

         Ikkinchi tarafdan server Internet bilan bog‘langan va istalgan mamlakat kompyuteriga ulanishi mumkin. Server standart telefon signalini qabul qiladi, raqamlashtiradi (agar analog bo‘lsa), siqadi, paketlarga bo‘ladi va Internet orqali kerakli joyga Internet protokoli (TCP/IP) orqali  jo‘natadi. Tarmoqdan telefon serveriga keluvchi va telefon liniyasiga yuboriluvchi paketlar uchun teskari amallar bajariladi. Ikkala amal ham (signalning telefon tarmog‘iga kirishi va undan chiqishi) amalda bir vaqtda kechadi, bu o‘z navbatida to‘la dupleks (ya’ni ikki tomonlama) gaplashuvni tashkil etish imkonini beradi.

IP-telefoniya nima uchun kerak? Chiqimlarni kamaytirish uchun deyish mumkin.Mamlakatlararo va shaharlararo qo‘ng‘iroqlar narxining pastligi qurilmalarga ketadigan sarmoyalarning kam bo‘lishi ovozli tarmoqlarni ma’lumot uzatish tarmoqlari bilan integratsiyasi universalligi nutqni tarmoq infrastrukturasining istalgan nuqtasida IP-paketlarga aylantirishi mumkin: operator tarmog‘ining magistralida, korporativ tarmoqda yoki bevosita foydalanuvchi tarmog‘ida ochiq arxitektura umumiy standartlari qo‘llaniladi: H.323, MGCP, SIP. Keskin raqobat tufayli xizmatlarning narxi doim tushib bormoqda..

 

 



11.2-rasm. VoIP-ishlash prinsipi.

 

 

IP orqali ovoz uzatish xususiyatlari. Kechikishlarni ITU-T nutq uzatish sifatiga bo‘lgan talablarni G.114 tavsiyasida aniqlab bergan. Yaxshi sifat bo‘lishi uchun,  oraliq kechikish 150 ms dan oshmasligi kerak.



          IP-telefoniya arxitektura darajalari. VoIP arxitekturasini shartli ikkita darajaga ajratish mumkin: quyi–bu paketlarni marshrutizatsiyalashli bazaviy tarmoq bo‘lib, RTP/UDP/IP protokollari kombinatsiyasidan iboratdir; yuqori – bu chaqiriqlarga xizmat qilishni boshqarish.

 

 

11.3-rasm.



 

 

Ma’lumot uzatish protokollari. RTP (Real Time Protocol) – multimedia ma’lumotlarini IP-tarmog‘i orqali interaktiv uzatish bilan bog‘liq bo‘lgan barcha ilovalar uchun bazaviy protokol hisoblanadi.

         RTP asosiy vazifasi – qabul qilingan paketlar to‘plamining o‘rtacha kechikishini hisoblash va foydalanuvchi ilovasiga o‘rta qiymatga teng o‘zgarmas kechikish bilan taqdim etish.

         Nutq va video axborot kechikishlarga juda ta’sirchan, ammo alohida paketlar yo‘qolishga kamroq ta’sirchandir. SHuning uchun transport protokoli sifatida UDP qo‘llaniladi, chunki TCP ta’minlaydigan paketni etkazib berishni nazorat qilish va qayta uzatish mexanizmlari nutq va video axborotlarini uzatishga mos kelmaydi.

         IP-telefoniya uchun bir qator protokollar ishlab chiqilgan, ularning tarkibida IP-tarmoqlari bo‘ylab nutq uzatish va IP-telefoniya signalizatsiyasi uchun tegishli qo‘llanmalar mavjud. Bugunga kunda eng keng tarqalganlari quyidagilar: H.323, SIP, MGSP.

IPTV xizmatini taqdim etishning  xususiyatlari.IPTV xizmatlari klassik telekommunikatsion xizmatlari kafolatlarini ta’minlash soxasini kengaytiradi. IP televidenie abonentlari monitor/televizor ekranida masofali pult yordamida baza- teledasturni ko‘rishlari mumkin.

Raqamli IP televideniesi belgilangan vaqtda teleefir dasturlarini yozib olishni dasturlashtirishi mumkin. YOzib olingan videoni ma’qul vaqtda qayta-qayta ko‘rish mumkin. IP-televideniesida film va dasturlarni HDTV (yuqori aniqlik televideniesi) formatida 1920x1080 kenglikdagi tasvir va Dolby 5.1 ko‘pkanalli xajmli ovoz bilan ko‘rsatishga katta e’tibor qaratilgan. Xozirgi vaqtda bu formatni ko‘plab telekanallar qo‘llaydi.

 

 



 

11.4-rasm. IPTVni tashkil etish sxemasi

 

IPTVning foydali funksiyalari. Raqamli IP televideniening xar bir abonenti “Buyurtmaga video olish” xizmatidan foydalanishi mumkin, unda qator foydali funksiyalar ko‘zda tutilgan:

-   katalogdan film va teledasturlarni tanlash (shu qatorda  HDTV formatida).

-   kalit so‘z, aktyor, rejissyorlar bo‘yicha katalogda kengaytirilgan qidiruv, treylerlarni ko‘rish;

-   tanlangan filmni kun davomida ko‘rish soni chegaralanmagan, kontent kategoriyasiga bog‘liq xolda;

-   videomagnitofon funksiyalari (to‘xtash, o‘tkazish).

         IPTV baza majmuasi kabelli va efir televideniesining tarmoqlarida taqdim etiladigan xizmatlarning standart to‘plamini o‘z ichiga oladi.

         IP tarmoqlarida ma’lumotlarni yuborish xizmatlari baza majmuasi bilan birgalikda  radio va teledasturlarni translyasiya qilish imkoni bor. Bunda baza majmuaning xizmatlari bir biriga bog‘liq emas deb xisoblanib aloxida taqdim etilishi mumkin.

 

11.5-rasm. IPTVga ulanish sxemasi

 

IPTV operator tarmoqlariga talablar. Texnik tomondan IPTV tarmog‘ining kuyidagi asosiy foydalanuvchi funksiyalarni ajratish mumkin:

-   oqimli audio va video xizmatlarini taqdim qilish;

-   "so‘rov bo‘yicha video";

-   Internetga chiqishni ta’minlash;

-   elektron pochtani ishlashi;

-   axborot resurslarini to‘plash va ularga chiqishni ta’minlash.

         Ovoz va videoni sifatli uzatishni tashkil etish uchun echimlar kuyidagi asosiy talablarni qondirishi kerak:

-   real vaqtning transport protokollarini qo‘llab - quvvatlash;

-   xizmat sifatini kerakli mexanizmlarini ta’minlash.

         Tarmoq xizmatlari uchun axborot manbalari sifatida kuyidagilar ko‘riladi:

-   yo‘ldosh teleporti, Erning sun’iy yo‘ldoshlari tomonidan translyasiya qilinuvchi  TV-dasturlarni etkazib beradi;

-   o‘zining studiyalaridan TV-dasturlarni yoki sotib olingan TV-dasturlarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri uzatish;

-   videoserverlar;

-   boshqa axborot resurslarni serverlari (o‘yinlar, MPEG-3 formatidagi audioyozuvlar, elektron kitoblar, dasturlar, boshqa fayllar);

-   Internetni tashkil qiluvchi umumiy foydalanish tarmoqlarining resurslari.

 

11.6-rasm. IPTVning qo‘shimcha xizmatlari

 

 


Download 2,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   110




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish