1G avlod tarmoqlari. Birinchi avlod tarmoqlarida tovush analog usulda uzatiladi, foydalanilgan FDMA ma’lumotlar uzatish tezligi kamligi sababli, 3 Kbit/s dan ko‘p emas, faqat telefoniya funksiyasini bajarishga qodirdir. Birinchi avlod tarmoqlarining shubxasiz xizmati –abonentlar bir-birlari bilan gaplasha olganligi. 1984 ishga tushirilgan bu tizim 9,6 Kbit/s ma’lumotlar uzatish imkoniga ega edi.
2G avlod tarmoqlari. Ikkinchi avlod tarmoqlarida tovush raqamlashgan xolda uzatiladi, bunda tarmoq ishonchliligi ortadi, uzatish tezligi 14,4 Kbit/s ko‘payadi va kichik xajmdagi matnlar, SMS uzatiladi. Foydalanishga 1991 yil chiqarilgan. Servislari telefon (tovushni raqamli uzatish), qisqa SMS uzatish/qabul qilish, o‘yinlar, 9,6 Kbit/s dan 14,4 Kbit/s gacha tezlikda ma’lumotlar uzatish, WAP protokoli bo‘yicha Internet tarmog‘iga kirish.
2,5G avlod tarmoqlari. Bu avlod tarmoqlari oraliq standart bo‘lib, uzatish tezligi oshirilgan. Ikkinchi avlodni Internetga simsiz kirish bilan ta’minlaydi: GPRS va uning evolyusiyasi EDGE. Ular grafikani va oqimiy videoni uzatadi. Foydalanishga 1999 yil topshirilgan. Servislari: telefon (tovushni raqamli uzatish), uzun SMS uzatish/qabul qilish, tovushlarni, rasmlarni uzatish/qabul qilish, fakslar uzatish/qabul qilish, tovush pochtasi, Internet, radio/MR3-pleer, karaoke, 30ta o‘yin, 57,6 Kbit/s dan 153,6 Kbit/s gacha tezlikda ma’lumotlar uzatish.
3G avlod tarmoqlari. Uchinchi avlod tarmoqlari mobil aloqaning bir nechta standartini bildirib, bir qator farqli belgilarni ko‘rsatadi. Foydalanishga 2002 yil topshirilgan. Servislari: telefon (tovushni raqamli uzatish), videotelefon, elektron xabarlarni uzatish/qabul qilish, tovushlarni, , rasmlarni uzatish/qabul qilish, fakslar uzatish/qabul qilish, tovush pochtasi, videopochta, Internetga yuqori tezlikli kirish, radio/MR3-pleer, karaoke, multio‘yinlar, TV va videopleer, 144 Kbit/s dan 2 Mbit/s gacha tezlikda ma’lumotlar uzatish.
4G avlod tarmoqlari. To‘rtinchi avlod tarmoqlari uchinchidan asosan ma’lumotlar uzatish tezliklari bilan farqlanadi. To‘rtinchi avlodning tizim va standartlari xozirda ishlanmada, taxminiy amalga oshirilishi 2009 yil.
3G tarmoqlarining rivojlanishi multimedia kontentini yuqori tezlikda yuklatishi, elektron pochta, faylli ilovalar, on-layn o‘yinlar bilan ishlash qulayligi sababli ma’lumotlar almashinish bo‘yicha xizmatlar va servislardan foydalanish sifati va qulayligini abonentlar uchun sezilarli yaxshilaydi.
Mobil aloqa uchinchi avlodi texnologiyasi – bu muloqatga va axborotga kirishning kardinal yangi texnologiyasidir. Abonent o‘z suxbatdoshi bilan nafaqat gaplashadi, balki uni mobil tarmoqqa telefon yoki maxsus sim-karta yordamida ulangan videotelefon yoki noutbuk yordamida ko‘rishi, Internet tarmog‘i bo‘yicha sayoxat qilishi va internet- kirishning hamma afzalliklardan foydalanishi mumkin.
Ma’lumotlar uzatish tarmoqlari. “O‘zbektelekom” AK xozirda ma’lumotlarni uzatish bo‘yicha keng spektrli xizmatlarni, Internet xizmatlarini taqdim etmoqda va Respublikada xususiy va yagona raqamli transport tarmoqqa egadir. 1997-1999 yillar qurilgan raqamli magistral telekommunikatsiya tarmog‘i Toshkent, Nukus shaharlari va Respublika viloyat markazlari orasida yuqori tezlikli ma’lumotlar uzatish kanallarini (64 kBit/sek dan 2048 kBit/sek gacha) tashkil etishga imkoniyat berdi. Quvvatli transport tarmog‘ining mavjudligi, birlamchi va ikkilamchi tarmoqlarga egalik “O‘zbektelekom” AKga foydalanuvchilar keng ommasiga ma’lumotlar uzatish tarmog‘ining xizmatlarini, Internet va uning ilovalari bo‘yicha xizmat ko‘rsatishga imkoniyat berdi.
Ma’lumotlar uzatish tarmoqlari xizmatlarini rivojlantirish ketma-ketligini quyidagicha tavsiflash mumkin:
- provayderlar tarmoqlarini yaratish bo‘yicha xizmatlar;
- global Intenet tarmog‘i bilan bog‘lanish xizmatlari;
- amaliy (elektron tijorat, telemeditsina, telemarketing) xizmatlar;
- jamoa (reklama, ma’lumotnoma, dasturiy maxsulotlar, biznes, o‘yinlar va boshqalar) xizmatlari;
- moliyaviy xizmatlar;
- tarmoq bo‘yicha elektron savdo xizmatlari.
Ma’lumotlar uzatish vositalarining va xar xil turlardagi tarmoqlarda tovush trafigi va videolarni qayta o‘zgartirish formatlari texnologiyalarining bundan buyon rivojlantirilishi taqdim etilayotgan xizmatlar turlarini (perechen), jumladan Internet xizmatlarini sezilarli oshirishga imkoniyat tug‘dirdi.
Xozirgi vaqtda ma’lumotlar uzatish tarmog‘ini, “UzNet” va “TSHTT” filiallar tarmoqlari bilan birgalikda, rivojlantirish va kengaytirish bo‘yicha sezilarli ishlar olib borilmoqda.
“UzNet” filiali tomonidan tuzilgan ma’lumotlar uzatish tarmog‘i hamma viloyat markazlariga va ayrim tuman markazlariga etkazilgan va tarmoqni hamma tuman markazlariga etkazish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda. Bundan tashqari Toshkent shaxrida markaziy tugunda tashqi kanal imkoniyatini oshirish uchun ma’lumotlar uzatish transport tarmog‘ini E1 dan GE gacha kengaytirish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda. Axborot almashinishini va Internet tarmoqqa chiqishni ta’minlovchi, Respublika vazirliklari va idoralari, bir qator Respublikadagi xalqaro tashkilotlar va vakolatxonalar foydalanuvchilariga Veb-xosting bo‘yicha xizmatlarni taqdim etuvchi idoralararo kompyuter tarmog‘i o‘zining keyingi rivojlanishini topmoqda.
Ma’lumotlar uzatish tarmoqlari qo‘llangan eng yangi xizmatlar video konferensiyalarni tashkil etish bo‘yicha ximatlardir, shuningdek Internet protokolarni qo‘llab O‘zbekiston Respublikasining hamma axolisiga IP-telefoniya xizmatlarini ko‘rsatishdir.
Tarmoq samaradorligini oshirish, xizmat turlarini ko‘paytirish uchun xar xil kompaniyalar bu borada o‘z echimlarini taklif etmoqdalar. Jumladan XXR ning Huawei kompaniyasi tarmoqlarni rivojlantirish bo‘yicha o‘z konsepsiyasini e’lon qilishgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |