HPNA, VDSL texnologiyalari. DSL texnologiyalari operatorning nafaqat simmetrik yoki asimmetrik kabel juftliklarida, balki binolar ichki tarmoqlarini tashkil etishda ham foydalaniladi. NGN foydalanuvchilarining aksariyati ko‘p qavatli uylarda yashaydi. Bu holatda keng polosali kirishni tashkil etish ikki usulda amalga oshirilishi mumkin. Birinchidan, foydalanuvchilarda yuqorida ko‘rib chiqilganidek, individual tarzda ulash mumkin. Ikkinchidan, yangi abonent kirish tarmog‘ini yaratish mumkin, bunda keng polosali kirish kanali uy yoki pod’ezdgacha etkaziladi, keyin abonentlar o‘rtasida xonadonlarga taqsimlanadi.
5.9-rasm. HPNA va VDSL texnologiyalarini bino ichki tarmoqlarini yaratishda qo‘llash
Eng aktiv foydalanuvchilar shaharning ish markazida joylashganligi sababli, odatda, uy/xonadonni umumlashtirib ofis deyiladi. Ya’ni, keng polosali kirish tashkillashtirish uchun ikkita tizim talab qilinadi: ofis tashqarisi va ichkarisi.
HPNA va VDSL texnologiyalari keng polosali kirishning ofis ichki tizimi uchun ishlab chiqilgan (5.9-rasm), ma’lumotlar uzatish kanalini tashkil qilish uchun ular bino ichidagi abonent telefon simidan foydalanadi. Ikki texnologiya ham kichik uzunlikdagi – bir necha metrdan bir necha yuz metrgacha uzunlikdagi kabellarga mo‘ljallangan.
Ikkala holatda ham ofis ichki kirish tizimini ta’minlash uchun uy/pod’ezdning texnik xonalarida HPNA/VDSL konsentratori o‘rnatiladi. Konsentrator NGN transport tarmog‘i bilan ofis tashqi kirish tizimi orqali ulanadi. Konsentratorning asosiy vazifasi NGN foydalanuvchilari trafigini birlashtirish va an’anaviy telefon trafigi va ma’lumotlar trafigini ajratishdan iborat. Ma’lumotlarni taqsimlash muhiti sifatida binoning telefon kabellaridan foydalaniladi, kirish tizimi abonentlarning telefondan foydalanish imkoniyatini saqlab qolishi kerak. Bu erda ikki strategiyani qo‘llash mumkin: 1) binoning telefon trafigi konsentrator orqali VoIP trafigiga o‘zgartiriladi va yagona kirish kanali orqali NGN transport tarmog‘iga uzatiladi; 2) konsentrator an’anaviy shahar telefon tarmog‘iga alohida kirish kanaliga ega bo‘lishi kerak.
Oxirgi vaqtda jahon va yurtimiz amaliyotida operatorlar Triple Play xizmatlar konsepsiyasiga o‘tish nuqtai nazaridan birinchi strategiyani qo‘llaydilar.
Ko‘p qavatli uyning qavat va xonadonlarida ofis ichki kirish abonent qurilmalari o‘rnatiladi. Odatda, HPNA texnologiyasi qurilmalarning keng spektrini taqdim qiladi: kompyuter platalari, HPNA tashqi personal adapterlari, HPNA/Ethernet konventerlari va boshqalar. Barcha holatlarda telefon signallari va kompyuter ma’lumotlari HPNA formatiga (USB porti, Ethernet yoki maxsus plata orqali) o‘zgartiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |