29 Mavzu: A.Navoiy nomidagi Milliy kutubxonasining foydalanuvchilarga xizmat ko‘rsatish usuli Reja: Milliy kutubxona - bu davlatning bosh kutubxonasi
Milliy kutubxona fondi va yillik kitobxon qatnovi
Milliy kutubxona - bu davlatning bosh kutubxonasi bo‘lib, faqat birgina millatga tegishli bo‘lmay, balki shu mamlakatning va xalqning milliy boyligi va davlat axamiyatiga ega bo‘lgan kutubxonadir. Milliy kutubxona xalqning madaniy rivojlanishida, milliy ma’naviy boylikni boshqa xalqlar, mamlakatlar madaniyati yutuklaridan baxramand bo‘Xsh, madaniy aloqalarni kuchaytirish, milliy madaniyatning umumjaxon madaniyat yutuklari bilan doimo boyitib borishda nixoyatda katta rol o‘ynaydi. Miliiy kutubxonaning o‘ziga xos -tomonlari kuyidagilardan iborat:
1. Davlatning siyosiy qiziqishlari, madaniy va ijtimoiy faoliyatiga bog‘liqlig";
2. Davlatga moddiy va ma’muriy taallukliligi;
3. Umumdavlat faoiliyatining xududiy chegaralanmaganligi;
Bular milliy kutubxonaning o‘ziga xosligini belgilaydigan belgilardir.
Milliy kutubxona:
shu mamlakatda chikayotgan xamma nashrlarni to‘liq jamlash (xatto bir varak bo‘lsa xam);
bibliografiya ishini tashkil etish;
avtomatlashtirilgan yangi texnologiyaga ega bo‘lish;
mavjud jamg‘armaning elektron sidiromlarini yaratish;
jaxon kutubxonalari bilan mulokotda bo‘lish;
eng muximi xalqning milliy boyligi bo‘lgan jamgarmani asrash;
differensial yoki proporsional to‘kislikni ta’minlash;
xalqaro va ichki anjumanlarda ishtirok etish;
O‘zbekistondagi elchixonalar bilan yaqindan aloqa qilish vazifasini bajaradi;
milliy kutubxona xorijiy kutubxonachilik tashkilotlari va xalqaro tashkilotlarning a’zosi etib saylanish xukukiga ega;
milliy kutubxona viloyat ilmiy universal kutubxonalariga uslubiy va davlat raxbarligini olib boradi xamda xamkorlik qiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2002- yil 20- fev-raldagi № UP-3029 rakamli „Ilmiy-tadqiqot faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risida"gi Farmoniga muvoftk, Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston respublikasi Davlat kutubxonasi va Respublika ilmiy-texnika kutubxonasi negizida Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi tashkil etildi.
Turkiston general-gubernatori K.P.Kaufman 1869 - yil 16- avgustda Xalq Maorifi Vazirligi, Fanlar Akademiyasi, Ommaviy kutubxonaga, geografiya jamiyatiga, Rossiya Bosh shtabiga kutubxona tashkil etishga va kitob omborlaridan dublet nusxali nashrlarni berish bilan yangi kutubxona asosini yaratishga yordam berishni so‘rab murojaat kildi. 1870- yil mayda bo‘lajak Toshkent ommaviy kutubxonasining yadrosini tashkil qilgan 200 nomdagi 2200 dan ko‘proq jild nashr yigilgan edi, bu ommaviy kutubxonani ochishga asos bo‘ldi.
Kutubxonada xozirgi kunda jaxonning 75 tillaridagi 10 mln. nusxa nashr saklanadi, undan 3 mln. nusxadan ortig‘i o‘zbek milliy matbuot to‘plami, 2 mln. nusxaga yaqini texnika adabiyotlari va ilmiy-texnika axboroti to‘plamlaridir. Kutubxona 1956- yildan xalqaro kitob almashuv ishini olib boradi. Kutubxonada 250 mingdan ortiq nashrdan iborat noyob va nodir nashrlar jamg‘armasi mavjud. 15 mingdan ortig‘i nodir kitobtar va ko‘lyozmalardir.
Respublika Kutubxonalari o‘z xususiyatlari va milliy an’analariga ega bo‘lgan aloxida turdagi kutubxona muassasalari sifatida tarkib topgan. Biroq ularga tor milliy tasnifdagi muassasalar deb qarab bo‘lmaydi; ularning universal, ixtisoslashtirilgan kutubxonalar sifatidagi asosiy xususiyati faoliyatining milliy tavsifi, barcha xalqlar madaniyatini keng targib qilish bilan birga, ularning ilg‘or ish tajribalarini amaliyotga kiritadi. Respublika kutubxonalari mamlakat xalqlari madaniyatining bir-birini boyitishiga xam o‘z xissalarini ko‘shadilar.Respublika Milliy kutubxonalarining tipologik xususiyatlarini xam, faoliyatining dasturini xam belgilab beradigan ilmiy va amaliy xulosalar ana shulardan iborat...
AKM, ARMlar va Kutubxonalarni tiplarga ajratish katta nazariy va amaliy axamiyatga egadir. Kutubxonalarning kaerda joylashganligi va xususiyatlari, ularning qanday kitoblarga mo‘ljallanganligi va mamlakatning kutubxona muassasalari tizimida tutgan o‘rni belgilab olinadi. Kutubxonalarni tiplarga ajratish axolining turli guruxlarining o‘ziga xos talablarini aks ettiradi va kitobxonlarga aloxida xizmat ko‘rsatishni yo‘lga ko‘yish uchun asos bo‘ladi.
Kutubxonalarni tiplarga va turlarga ajratish statistikaga tatbik qilinadi va kutubxonachilik ishini rivojlantirishning axvoli xamda an’analarini o‘rganish imkonini beradi, bu esa kutubxonalarning ishiga raxbarlik qilishni bir kadar osonlashtiradi.