Rta maxsus ta’lim vazirligi


Mavzu: Foydalanuvchilarga Elektron kutubxona xizmatlari yordamida xizmat ko‘rsatish



Download 2,51 Mb.
bet155/160
Sana21.12.2022
Hajmi2,51 Mb.
#892731
1   ...   152   153   154   155   156   157   158   159   160
Bog'liq
maftuna

26 Mavzu: Foydalanuvchilarga Elektron kutubxona xizmatlari yordamida xizmat ko‘rsatish
Reja:

  1. Elektron kutubxona xizmatlari

  2. Elektron kutubxona xizmatlari yordamida xizmat ko‘rsatish

Axborot-kutubxona muassasalarining ana’naviy funksiyalari ta’lim va madaniyat, bosma meros jamlanmalarini saqlash va tarqatish hali ham dolzarbligicha qolmoqda. Bu borada amalga oshirilayotgan ishlar foydalanuvchilar ehtiyojini qondira olmayapti. Kutubxonadan foydalanuvchilar faqat kutubxona fondidagi mavjud manbalardangina foydalanishni emas, balki milliy va jahon axborot tarmoqlarida joylashgan axborotlardan ham foydalanishni istaydilar. Kutubxona jarayonlari texnologiyalari ham tez o‘zgarmoqda, ularga mos foydalanuvchilarga xizmat ko‘rsatish usullari va kutubxonachi va foydalanuvchi orasidagi munosabatlar ham o‘zgarmoqda.
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining jadal rivojlanishi kutubxonalar ishini ham tubdan qayta tashkil qilinishini taqozo qilmoqda. Foydalanuvchilarning yangi ehtiyojlarini (bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish, ta’lim olish, o‘rganish, bilish va boshqa) ehtiyojlarini qondirishda yangi xizmatlarni rivojlantirishni rag‘batlantirish lozim. Bugungi kunda kutubxonalar kutubxonaga to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘lana olmaydigan foydalanuv­chilarga o‘zlarining veb-sahifalari orqali bir qator xizmatlarni taqdim etmoqdalar. Foydalanuvchilar uchun kutubxonaning veb-sayti global axborot resurslariga kirish imkoniyatini beruvchi eshik rolini bajarmoqda.
Bulardan tashqari, veb-saytlar orqali foydalanuvchilar kutubxonaning interaktiv xizmatlaridan foydalanishlari mumkin. Bu xizmatlar foydalanuvchilarga axborotlarni yaratish va taqdim qilishda faol ishtirok etishni ta’minlaydi. Interaktivlik axborotlarni foydalanuvchilarga qiziqarli tarzda yetkazilishiga imkoniyat yaratadi. Shunday qilib, interaktiv xizmatlar bolalarni, o‘smir va yoshlarni veb-saytlar, bloglar orqali o‘qishga va bilimlarni egallashga chorlaydi, qiziqtiradi. Bu holat yoshlarni o‘zlari ustida ishlash, mustaqil ta’lim olishlarida yangi axborot texnologiyalaridan foydalanish orqali interaktiv xizmatlarga murojaat qilishlari ularni bilim olishga, bilimli bo‘lishga, elektron resurslardan foydalanishga qiziqtiradi. Keyingi paytlarda ommaviy ishlarda interaktiv xizmatlar ko‘paymoqda. Kutubxonalarda interaktiv xizmatlarning ko‘rinishlari turlicha bo‘lishi mumkin. Toshkent axborot texnologiyalari universiteti professor-o‘qituvchilari tomonidan yaratilgan ARMAT++ dasturining yangi versiyasi ham foydalanuvchilarga interaktiv xizmatlarni ko‘rsatishda yangi imkoniyatlarni taqdim etdi. Mazkur interaktiv xizmatlar orqali quyidagilar taqdim etiladi:

  • Elektron katalog orqali adabiyotlarni qidirish va buyurtmalar berish;

  • Maxsus buyurtmalarni shakllantirish orqali elektron katalogga kiritilmagan, biroq ARMda mavjud adabiyotlarga buyurtmalar berish;

  • «Maxsus buyurtma» orqali berilgan buyurtmalar ARM fondida bo‘lmagan holda «Rad etilgan buyurtmalar» bazasini shakllantirish.

  • buyurtmalarning bajarilishi to‘g‘risida ma’lumot olish ARMdan olingan adabiyotlar muddatini avtomatik tarzda uzaytirish;

  • Foydalanuvchi tomonidan ARM fondida mavjud adabiyotlarni elektron shaklga o‘tkazish to‘g‘risida taklif berish va taklifning bajarilganligi to‘g‘risida ma’lumot olish;

  • Virtual qabulxona xizmatidan foydalanish.

Virtual qabulxona xizmatidan foydalanish jarayoni interaktiv xizmat foydalanuvchisining avtomatlashtirilgan AIO‘da taqdim qilingan. Mazkur xizmatdan foydalanish uchun foydalanuvchining AIO‘ga kirishi zarur. Foydalanuvchining AIO‘dagi «Virtual qabulxona» bo‘limiga kirish kerak. Buning uchun foydalanuvchining AIO‘dagi «Virtual qabulxona» punktiga sichqoncha bilan chertiladi. Natijada virtual qabulxonaning bosh sahifasiga kiriladi.
Murojaatlar ro‘yxatida foydalanuvchi tomonidan kutubxonachiga berilgan savollar va kutubxonachidan olingan javoblar aks etgan. Agar foydalanuvchi kutubxonachiga biror-bir savol bilan murojaat qilmoqchi bo‘lsa, «Murojaatlar ro‘yxati»ning yuqori o‘ng qismidagi «Qo‘shish» tugmasini chertadi. Ochilgan darchaga foydalanuvchi o‘z savolini kiritadi va «Qo‘shish» tugmasini chertadi.
Murojaatni kiritish
Natijada foydalanuvchi tomonidan berilgan murojaat kutubxonachining AIO‘ga jo‘natiladi. Kutubxonachining AIO‘da kutubxonachi «Virtual qabulxona» bo‘limiga kiradi va foydalanuvchi tomonidan berilgan savolni ko‘radi. Kutubxonachi berilgan savolga javob berish uchun murojaatning o‘ng tomonidagi maxsus belgiga (o‘zgartirish) sichqoncha bilan chertadi va berilgan savolga javob berish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Natijada foydalanuvchi tomonidan berilgan savolga kutubxonachining javobini berish imkoniyatiga ega darchaga o‘tamiz. Bu yerdagi «Qo‘shish» tugmasini chertish orqali foydalanuvchining AIO‘ga berilgan savolga javob jo‘natiladi. Foydalanuvchi o‘zining AIO‘ga kirib «Virtual qabulxona» bo‘limi orqali berilgan savolga javob oladi. ARMAT ++ dasturidagi «Virtual qabulxona»dan foydalanish shunday amalga oshiriladi. ARMdan olingan adabiyotlarni qaytarib topshirish muddatini masofadan turib, uzaytirish interaktiv xizmati ham mavjud. Mazkur interaktiv xizmat foydalanuvchining AIO‘da taqdim qilingan. Foydalanuvchi ARMdan olgan kitobning qaytarib topshirish muddatini uzaytirish uchun shaxsiy kabinetdagi «O‘qilgan kitoblar» bo‘limiga kiradi, bu yerdagi «Foydalanuvchi qo‘lidagi kitoblar» darchasiga o‘tib, bu yerdagi muddati uzaytirilishi kerak bo‘lgan kitob tavsifiga belgi qo‘yadi va «topshirish vaqtini uzaytirish» tugmasini chertadi.
Foydalanuvchi tomonidan o‘zini qiziqtirgan kitobni elektron shaklga o‘tkazish to‘g‘risidagi so‘rov foydalanuvchining AIO‘da shakllantiriladi. Buning uchun foydalanuvchining AIO‘dagi «O‘qilgan kitoblar» bo‘limiga kirib, qaysi elektron shaklga o‘tkazilishi kerak bo‘lgan kitob tavsifining chap tomonidagi kvadratchaga belgi qo‘yiladi va «Elektron nusxaga buyurtma» tugmasi chertiladi.
Natijada foydalanuvchining AIO‘dagi «Elektron nusxaga buyurtma» bo‘limida foydalanuvchi talabiga ko‘ra elektron shaklga o‘tkazilishi kerak bo‘lgan kitobning tavsifi paydo bo‘ladi. Foydalanuvchi dastlab bu yerda so‘rovning bajarilmaganligini ko‘rsa, keyinchalik so‘rov asosida kitob elektron shaklga o‘tkazilgach, bu to‘g‘risida axborot olishi mumkin. Foydalanuvchining o‘ziga kerakli adabiyotni elektron shaklga o‘tkazilishi to‘g‘risidagi so‘rovi tizim kataloglashtiruvchisining AIO‘ga jo‘natiladi. Kataloglashtiruvchining AIO‘da so‘rov qabul qilinadi va so‘ralayotgan kitobning elektron shakli tavsifga bog‘langanda foydalanuvchining AIO‘ga bu to‘g‘risida ma’lumot jo‘natiladi. Kataloglashtiruvchining AIO‘dagi «Elektron nusxaga buyurtma» bo‘limida foydalanuvchilarning talabiga ko‘ra elektron shaklga o‘tkazilgan adabiyotlar ro‘yxati paydo bo‘ladi




  1. Download 2,51 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   152   153   154   155   156   157   158   159   160




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish