Rta maxsus ta’lim vazirligi


Mavzu: Foydalanuvchilarga ma’lumot



Download 2,51 Mb.
bet153/160
Sana21.12.2022
Hajmi2,51 Mb.
#892731
1   ...   149   150   151   152   153   154   155   156   ...   160
Bog'liq
maftuna

24 Mavzu: Foydalanuvchilarga ma’lumot –bibliografik xizmat ko‘rsatish
Reja:
1 Foydalanuvchilarga ma’lumot –bibliografik xizmat ko‘rsatish
2 Turli xil so‘roqlarni bajarish xususiyatlari
3 Badiiy adabiyot va adabiyotshunoslikka oid MBX

Kishilarda axborot olamiga, turli sohaga, masala va muammo-larga oid ortib borayotgan qiziqishga va intilishga atrof-muhit, mamlakat ichida va tashqarisida yuz berayotgan voqea va hodisalar,


mamlakatning ijtimoiy, iqtisodiy ahvoli, vazifalari va maqsadi, oilaviy muhit, mehnat faoliyati, yangi ixtirolar va kashfiyotlar, OAV orqali tarqalayotgan xabarlar ta’sir etadi. Ma’lumot-bibliografiya xizmati talabgorlarning turli so‘roqlariga mos bibliografik xizmat ko‘rsatishdir. Ma’lumotlar so‘roqlarning turiga qarab turlanadi, ularning xarakteriga mos bo‘ladi, axborot xa-rakteriga ko‘ra bibliografik, faktografik, shakliga ko‘ra og‘zaki (telefon orqali, yuzma-yuz) va yozma (murakkab so‘roqqa javob bo‘lib, maxsus qidirishni, ro‘yxat tuzib berishni talab qiladi) bo‘ladi.
Bibliografik ma’lumot turli so‘roqqa beriladigan bibliografik axborotdir, u turlicha bo‘ladi: adresli (nashrning fonddagi o‘rnini ko‘rsatish uchun berilgan ma’lumot), aniqlovchi (bibliografik tavsifidan noaniqlik yoki qo‘shimcha ma’lumotni talab etgan holda berilgan), mavzuli (biror-bir mavzu, masala, muammoga oid). MBXning mazmunini kitobxon talabi yoki so‘rog‘i, ax-borotni qidirish, bibliografning javobi tashkil etadi. Bibliografik qidirish bibliografik faoliyatning negizini tashkil etadi. So‘roqlarni bajarish tezligi va sifati bibliografning kasbiy bilimi darajasiga, kitobxon bilan munosabatda bo‘la olish qobiliyatiga, MBXning sifatiga, bibliografning zamonaviy axborot texnologiyalari bilan erkin ishlay olishiga bog‘liq. Bularning hammasi o‘ziga xos dasturni (algoritmni) tashkil etadi. Bu dastur quyidagi bosqichlardan iborat:

  • axborotni qidirishga tayyorgarlik ko‘rish — so‘roqni qabul qilish, hisobga olish, tahlil qilish, mavzuni va maqsadini aniq shakllantirish, kitobxonni qiziqtirgan masala bo‘yicha xabardor-ligini o‘rganish, shu paytgacha mavzu bo‘yicha bilgan ma’lumot-lari, so‘roqning dolzarbligini aniqlash;

  • qidiruv manbasini modellashtirish — so‘roq mazmuniga mos manbalarni aniqlash (o‘quv adabiyotlari, ommaviy nashrlar, ma’lumotnoma nashrlar va b.);

  • qidirishning mukammal yo‘lini tanlash — manbalar orasi-dan eng zarurini va so‘roqqa mosini ajratib olish;

  • qidirish dasturini amalga oshirish — so‘roqqa javob beruvchi axborotni olish, agar ma’lumot yozma ravishda talab etiladigan bo‘lsa, uni tayyorlash. Murakkab mavzudagi ma’lumotlar nusxasi saqlab qolinadi.

Kitobxonlarning bibliografik va axborot madaniyatini takomil-lashtirish uchun ish so‘ngida, albatta, axborot manbalarini ko‘rsatish lozim Turli xil so‘roqlarni bajarish xususiyatlari
Mavzuli so‘roqlarni bajarish — „mavzu“ tushunchasi juda keng, u ma’lum bir masalani, savolni, muammoni, biror kishining hayoti va ijodini, o‘lka va mamlakat haqidagi ma’lumotni anglatishi mumkin. Mavzuli so‘roqlar, asosan, sistemali katalog, kartotekalar va ma’lumotlar bazasi va banki, bibliografik qo‘llanmalar yordamida bajariladi. Bularga qo‘shimcha ravishda kitob ichi va jurnal ichi ro‘yxatlari, nashrning o‘zi — kitob, gazeta, jurnal, davomli nashrlar, to‘plamlar va boshqa hujjatlar ham ko‘rib chiqiladi. Masalaning hal etilgani shunda ko‘rinadiki, ro‘yxatlardan, albatta, 2 — 3 ta hujjat tavsiya etilishi kerak. Masalan, maktab o‘qituvchisiga Oybek ijodi haqida ma’lumot kerak bo‘lsa, notanish bo‘lgan yangi ilmiy maqolalar tavsiya etiladi, o‘quvchiga yozma ish yozish uchun esa uning yoshiga moslab yozuvchi ijodiga oid ommabop nashrlar, talabaning ilmiy referat bajarishi uchun esa ilmiy xarakterdagi asarlar tavsiya etiladi. Bu so‘roqlarni bajarishda alifbo katalogidan tashqari sistemali va elektron katalogdan foydalanish zarur, ularda kalitli so‘zlar yordamida turli mavzular bo‘yicha adabiyotlar ro‘yxatini olish mumkin. Mavzuli so‘roqni bajarishda so‘roq bilan bajariladigan ma’lumotning o‘zaro mantiqiy bog‘liqligini belgilab olish kerak. Agar kitobxon so‘rog‘i juda keng qamrovli bo‘lsa, uni suhbat davomida aniqlashtirib, ixchamlashtirib olish mumkin. O‘lkashu-noslikka oid so‘roqlarni bajarishda, albatta, o‘lkashunoslik karto-tekasidan, o‘lkaga oid qo‘llanmalardan, nashrlarning o‘zidan foydalanish zarur. Aniqlovchi bibliografik ma’lumotlarni baja-rishning metodikasi va yutug‘i kitobxonning tayyorgarlik darajasiga, bibliografik tavsifning qay darajada kitobxonga tushunarli va tanish ekanligiga bog‘liq. Bunday so‘roqlar ko‘proq kitobxon tomonidan asar muallifining ism-sharifi, asar nomi, muallif asarining boshqa muallif nomi bilan atalgandagi holatida, muharrir, tarjimon yoki tuzuvchining muallif o‘rnida berilishida, asar nomining noto‘g‘ri aytilishida, hali nashr qilinmagan asarni so‘raganda, jurnal yoki gazeta maqolasini alohida nashr sifatida so‘raganda yuz beradi. Bunday so‘roqlarni bajarish uchun, avvalo, so‘roqning mazmuni, maqsadi aniqlanadi, bibliografik elementlari to‘ldiriladi. Keyin axborotni qidirish dasturi ishlab chiqiladi, katalog va kartotekadan to qo‘llanmagacha bo‘lgan axborot manbalari tanlanadi, vaqtli matbuot va ma’lumotnoma nashrlar tanlanadi. Agar qidirilayotgan hujjat kitoblar orasida bo‘lmasa, uni jurnallar orasidan, so‘nggi sonida chiqadigan adabiyotlar ro‘yxatidan qidirish kerak.
Manzilli bibliografik so‘roqni bajarish juda tez va murakkab qidirishsiz amalga oshadi. Hujjat haqidagi to‘la va aniq bibliografik ma’lumotga ega bo‘lgan bibliograf katalog va kartotekalarga, elektron katalogga murojaat qiladi yoki kitobxonning o‘zini qidirish jarayoniga jalb qiladi. Elektron katalog orqali buni qidirish juda tez va oson amalga oshadi. Tegishli hujjatni muallif familiyasi, sarlavhasi, nashr yili, nashriyot nomi, kalitli so‘z yordamida qidirish va kutubxonaning qaysi bo‘limida joylashgan-ligini bilish mumkin. Faktografik so‘roqni bajarishda, albatta, ma’lumotnoma nashrlardan foydalaniladi. Buning uchun kutubxona xodimi ma’lumotnoma nashrning xususiyatlarini, mazmunini, ahamiyatini, yordamchi apparatlarini yaxshi bilishi zarur.

Download 2,51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   149   150   151   152   153   154   155   156   ...   160




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish