Rta maxsus ta’lim vazirligi


Mavzu: Badiiy adabiyotlarni targ‘ib etishning ahamiyati va mavzu



Download 2,51 Mb.
bet151/160
Sana21.12.2022
Hajmi2,51 Mb.
#892731
1   ...   147   148   149   150   151   152   153   154   ...   160
Bog'liq
maftuna

23 Mavzu: Badiiy adabiyotlarni targ‘ib etishning ahamiyati va mavzulari
Reja:
1 Badiiy adabiyotlar targ‘iboti.
2 Badiiy adabiyotlarni targ‘ib etishning ahamiyati.
3 AKM, ARM va kutubxonada badiiy adabiyotlarni targ‘ib etishning vazifalari

Badiiy adabiyot voqelikni haqqoniy aks ettirishi, yorqin obrazlar yaratishi bilan bolalarda estetik did va ahloqiy sifatlarni tarbiyalaydi. Ularni hayot go‘zalligini idrok etishga o‘rgatadi.


So‘z san’ati badiiy asarda o‘z ifodasini topadi. Xalq badiiy so‘zining yosh avlod tarbiyasidagi kuch-qudrati va jozibasiga qadim zamonlardanoq e’tibor berib kelgan. Badiiy so‘z xalqning barcha madaniy boyliklarini abadiylashtirgan. Xalq orasida ajoyib iste’dod sohiblari-dostonchiliklar,ertak aytuvchilar, qo‘shiqchilar etishib chiqqan. Ular yaratgan maqol va matallar, ertak va afsonalar, qo‘shiq va topishmoqlarda xalqning aql-zakovati, orzu-istaklari, ruhi va irodasi o‘z aksini topgan.
Kitobxon didining o‘sish shartlari eng avvalo shaxsning o‘zi, shuningdek kitobga bog‘liqdir. Bu bir tomondan o‘qishning sifatli bo‘lishi, kitobxon so‘rovlarining o‘sishi, o‘zga jihatdan esa badiiy asarning obrazliligini, o‘ziga xosligini his qilish qobiliyatining taraqqiy eta borishi bilan bog‘liq. Idrok qilish madaniyati qanchalar yuksak bo‘lsa, idrok etishning estetik imkoniyatlari, badiiy asar tanlash darajasi ham shunchalar yuqori bo‘ladi.
Badiiy asar o‘qishni estetik idrok qilishning eng murakkab turlaridan biri deyish mumkin. So‘z-obrazlar, shartli ramzlar zaminidagi badiiyat olamini kashf etish kitobxonning ko‘tarinki tasavvuri va boy tafakkuri imkoniyatlarni to‘liq ishga solishni talab etadi. Asarni idrok qilish-obrazli fikrlash qobiliyatini, badiiy tasavvurni, ijodiy kechinmani taqoza etadi. Ushbu xislatlar tug‘ma bo‘lmay, balki o‘qish jarayonida hosil qilinadi va kamolatga etkaziladi.
Bizning mamlakatimizda badiiy adabiyot ko‘p o‘qiladi, uni deyarli hamma o‘qiydi desa bo‘ladi.
Badiiy adabiyotning ahamiyati faqat shu bilan cheklanmaydi. U fikrlash uchun juda boy material beradi,kitobxon oldiga turli dolzarb muammolarni qo‘yadi. Ular orasida ahloq, kishilarning o‘zaro munosabati, Vatan, ona erga muhabbat, oila, nikoh, muhabbat, do‘stlik, mardlik va fan hamda boshqa ko‘pgina narsalar haqidagi masalalar mavjud.
Hozirgi kunda ommaviy AKM, ARM va kutubxonalarda badiiy adabiyotni targ‘ib qilish muhim ahamiyatga ega bo‘lib, katta o‘rin egallaydi.
AKM, ARM va kutubxonada badiiy adabiyot bilan ishlashning asosiy masalalaridan biri kitobxonlarning ma’naviy tayyorgarligini yuksaltirishdir.
b) Badiiy adabiyotni targ‘ib etishning ahamiyati
Qadimgi davr madaniyati, ma’naviyati, jumladan, axloq, ma’rifat, ta’lim-tarbiya haqidagi fikrlar xalq og‘zaki adabiyotida, fol’klorda, turli xalq an’analarida ham o‘z aksini topib kelgan. Go‘ro‘g‘li, Alpomish, Rustam haqidagi dostonlarda xalqimizning urf-odatlari, ruhiyati xulq-odobining ifodasini uchratishimiz mumkin. Bunday ma’lumotlar qadimgi so‘g‘d, manixey, xorazm, turkiy yozuvlar namunalaridan saqlanib qolgan manbalarda ham uchraydi.
Adabiyot sohasida ham Markaziy Osiyo dunyo madaniyatida o‘chmas iz qoldirgan nomlar bilan mashhur bo‘ldi. Rudakiy, Daqiqiy, YUsuf Xos Xojib kabilar shular jumlasidandir. Ular badiiy adabiyotda fors, turk va arab tillarida ijod qilib, X asr oxiri XI asr boshida Xorazmda faoliyat ko‘rsatgan shoh Ma’mun boshchiligidagi ilmiy jamoa-akademiya muhim rol’ o‘ynaydi. Badiiy adabiyot o‘quvchini adabiyot haqidagi metodologik, tarixiy, adabiy, nazariy bilimlar bilan qurollantirish va shu jarayonda badiiy asar vositasida har tomonlama shakllangan shaxsni kamolga etqazish vazifasini bajaradi. Adabiyot san’atning bir turi sifatidagi asosiy vazifasi esa hayotni haqqoniy tasvirlash, voqelikni taraqqiyot jarayonida ko‘rsatish xalq ma’naviy madaniyatini shakllantirish yoshlarni mustaqil fikrlash, jamiyat taraqqiyotiga ishonch bilan qaraydigan mukammal bilimga ega komil insonni tarbiyalash, insonga badiiy-estetik zavq berishdir. SHuning uchun adabiyot shodlik va ilhom manbai, o‘quvchi ifodasi, xissi va fikrlari, g‘oyaviy boyishi va ma’naviy shakllanishi uchun vosita bo‘lib xizmat qiladi.
Badiiy adabiyotni idrok etish estetik huzur-halovat bilan bog‘liq . Badiiy asardagi bu xususiyat o‘quvchida quvonch, huzur-halovat, estetik qoniqish hissini vujudga keltiradi. Bu rohatlanish qanchalik yuqori bo‘lsa, badiiy asarda tasvirlangan voqelik, ruhiy va ijtimoiy muammolar o‘quvchi tomonidan aqliy va hissiy dunyosini rivojlantiradi, nutqini boyitadi, ijodiy fikrlash qobiliyatini o‘stiradi.
Badiiy asarni to‘g‘ri tanlay bilish ham asar g‘oyasini ta’lim-tarbiya tomonidan chuqur o‘zlashtirishning muhim omillaridan biri bo‘lib, uni tanlashda ma’lum mezonlarga asoslanadi, ya’ni badiiy asarning g‘oyaviy –badiiy qimmati, adib ijodida asarning xarakterli o‘rni (asosan o‘spirin va o‘smirlarda); asarning yaratilgan va o‘rganilayotgan davr uchun ahamiyati (bu ham asosan yuqori sinflarda hisobga olinadi); badiiy asarning ta’limiy, tarbiyaviy, rivojlanturuvchi xususiyati; badiiy asarning o‘quvchi yoshiga mosligi, munosibligi; o‘quvchida qiziqish uyg‘otishi; o‘quvchining ma’naviy qiziqishi, talabi, ehtiyojlariga javob bera olish darajasidan iboratdir.
AKM, ARM va kutubxonada XX asr o‘zbek adabiyoti mazmunan va mavzularning rang-barangligi bilan o‘zbek xalq og‘zaki, klassik adabiyotdan bir muncha ajralib turishini tushuntiruvchi adabiyotlar targ‘ibotini olib borib, u targ‘ibotda davrma-davr yondoshgan kitobxon uchun yuqori sinf (9-sinf) o‘quvchilari XX asr o‘zbek adabiyoti proza, peziya, drama namunalari vositasida XX asrdagi O‘zbekistondagi asosiy o‘zgarishlar, milliy uyg‘onish, ozodlik harakati, inqilobiy o‘zgarishlarning ijobiy va salbiy tomonlari, ijtimoiy-iqtisodiy islohotlrning o‘zbek xalqi hayotidagi tutgan o‘rni; imon va e’tiqod, diniy, milliy, tarixiy haqiqatga munosabatining o‘zgarishi; yangilikka, jahon madaniyati, adabiyoti va san’ati tajribalariga qiziqish; adabiyotdagi oqimlar, ziddiyatlar, g‘oyalar kurashi ularning o‘ziga xususiyatlari; umuminsoniy va milliy qadriyatlarni tiklashda adabiyotning roli kabi muhim muammolarni o‘zlashtirishga muvaffaq bo‘ladi.

Download 2,51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   147   148   149   150   151   152   153   154   ...   160




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish