21 Mavzu: San’at asarlarini targ‘ib etishning ahamiyati va vazifalari
Reja:
1 San’at taraqqiyotida targ‘ibotning ahamiyati, shakl va usullari.
2 San’at asarlarini AKM, ARM va kutubxonalarda targ‘ib etishning vazifalari
San’at asarlari insonlarga go‘zallikni sevish, idrok etishni o‘rgatadi. Milliy san’atni bilishdan tashqari xorijiy xalqlar san’atini bilish, ko‘rish, ularni tushuna bilish ham katta bir san’atdir. AKM, ARM va kutubxonalarning vazifasi mavzusidagi adabiyotlarni keng targ‘ib qilishdan iborat.
Ma’naviy qadriyatlarning tiklanishi ularning hozirgi dunyo va axborot stivilizastiyasi qadriyatlariga moslashishini ham anglatadi. Bu –inson huquqlariga rioya qilish, tadbirkorlik erikinligi, so‘z erkinligi, matbuot erkinligi va hokozolardir.
Prezident Islom Karimov 1996 yil 4 sentyabr’ kuni Respublika Ma’naviyat va ma’rifat jamoatchilik markazi rahbariyati hamda boshqaruvi a’zolari bilan uchrashdi va bu sohadagi ishlarga yangi rivoj tiladi: “Ma’naviyat ishlarini yo‘lga qo‘ymasdan turib iqtisodiy yuksalishlarga erishish qiyin. Zero, yuksak ma’naviyati bo‘lmagan xalqninig kelajagi ham yo‘qdir” deb ta’kitladi.
Kitob o‘qish, xuddi shuningdek, san’atning boshqa turlari-tasviriy san’at, teatr, kino, musiqa san’ati bilan tanishishdan estetik zavq olish asosan bolalarni san’at va uni yaratuvchilar haqida nimalarni bilishlari bilan bevosita bog‘liq.
AKM, ARM va kutubxona fondlarida tasviriy san’at, musiqa, teatr, adabiyot, san’at, haykaltoroshlik, arxitektura, kinoning sehrli olami masalalariga bag‘ishlangan yosh kitobxonlarga yordam beruvchi kitoblar ko‘p.
Bu kitoblar badiiy biografik qissa, hikoya, yoki hujjatli tarjimai hol janrida yozilgan bo‘lib, san’atkor, bastakor, yozuvchi, haykaltorosh, artistlarning hayoti va faoliyatlari haqidadir. Bularga yana san’atning muayyan bir turi haqidagi ilmiy-ommaviy kitoblar, u yoki bu janrning o‘ziga xosligi, asarning yaratilish tarixiga bog‘langan, madaniyat va san’at taraqqiyotining tarixiy bosqichlarga shu janarlar ham kiradi.
YOsh kitobxonlarga mo‘ljallab san’at masalalariga oid asarlarning mundarijasi ham rang-barang bo‘lib, ular o‘z ichiga maktab listey, kasb-hunar kolleji rejalarini o‘rganish uchun yordam berish maqsadida, kitobni to‘liq tadqiq etishga bag‘ishlangan, badiiy asar qahramonlarining prototiplari, muayyan adabiy yo‘nalashlar haqidagi kitoblarni o‘z ichiga oladi.
AKM, ARM va kutubxonalar kitobxonni yo‘naltiruvchi qomusiy va lug‘at yo‘sinidagi asarlarga ham boy. Masalan,”YOsh musavvirning qomusiy lug‘ati”, “Tasviriy san’at maktabi”va boshqalar. YOsh kitobxonlar uchun chiqarilayotgan san’at muammolariga doir vaqtli to‘plamlar (“Musiqa klubi”, “YOlqinlar”), al’manaxlar(“Musiqa javoni”, “Musiqa va sen”) musiqani idrok etishda dastlabki qadamdir.
San’atga bag‘ishlangan bo‘limlar umumiy yo‘nalishdagi “Hamma narsani bilgim keladi” kabi to‘plamlardan ham o‘rin olgan. O‘smirlarni san’atning rang-barang turlari bilan “Gulxan”, “YOshlik”, “YOsh musavvir”, “San’at”, “Teatr” jurnallari ham tanishtirib boriladi.
Qayd etilgan adabiyot kitobxonlarga san’at asarlarini idrok etishda zarur bilim ko‘nikmalar beradi, ularni ma’naviyat, mustaqil fikrlar va boshqadar bilan tanishtiradi. Bularning hammasi o‘sib kelayotgan yosh avlodni mustaqil fikrlashga irodali bo‘lishga, Vatanni sevishga o‘rgatadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |