16 Mavzu: Ijtimoiy-iqtisodiy bilimlarni foydalanuvchilarga targ‘ib etishning ahamiyati va vazifalari
Reja:
1 Mamlakat rivojlanish strategiyasi, islohotlarini chuqurlashtirish va jamiyatni yangilash.
2 O‘zbekiston Respublikasi Konstitustiyasi.
O‘zbekiston xalqi uzoq muddat mobaynida mustamlakachilik va mustabid siyosiy tizimlar sharoitini boshidan kechirgandan keyin bozor iqtisodiyotiga asoslangan, demokratik, huquqiy davlat barpo etish yo‘liga o‘tdi.
Butun islohotlar jarayoni va jamiyatimizni yangilashni asosiy o‘zagini demokratik o‘zgarishlarni chuqurlashtirish tashkil etadi. O‘zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti I.A.Karimov respublikaning XX1 asrdagi rivojlanishining ustuvor yo‘nalishlarini belgilab berar ekan, turmushimizning barcha sohalarini erkinlashtirish vazifasini birinchi o‘ringa qo‘yadi, siyosiy tuzilish konstepstiyasining mohiyatini “Kuchli davlatdan qudratli fuqarolik jamiyatiga” degan ta’rif bilan ifodalab berdi.
Birinchi ustuvor yo‘nalish-mamlakat siyosiy, iqtisodiy hayotini, davlat va jamiyat qurilishini yanada erkinlashtirish.
Ikkinchi ustuvor yo‘nalish-jamiyat ma’naviyatini yanada yuksaltirishdan-iborat:
Uchinchi ustuvor yo‘nalish –kadrlar masalasi.
To‘rtinchi ustuvor yo‘nalish-xalq turmush darajasining izchil va barqaror o‘sishi aholini yanada kuchli ijtimoiy himoya qilishni ifoda etadi.
Beshinchi ustuvor yo‘nalish-bu iqtisodiyotda tarkibiy o‘zgarishlarni ta’minlashdir.
Oltinchi ustuvor yo‘nalish - jamiyatdagi barqarorlik, tinchlik, millatlar va fuqarolararo totuvlikni, sarhadlarimiz dahlsizligi, mamlakatimiz hududiy yaxlitligini ta’minlashdan iborat.
Birinchidan, siyosiy sohani erkinlashtirish borasida: avvalambor, aholining siyosiy faolligini kuchaytirish, jamiyatda manfaatlar va qarama-qarshi kuchlar o‘rtasida muvazonatni ta’minlaydigan kuchli mexanizmlarni shakllantirish lozim.
Saylovlarni konstitustiyamiz va qonunchiligimiz talablariga qat’iy tayangan holda, umum e’tirof etilgan xalqaro amaliyot me’yorlari doirasida o‘tkazish muhim ahamiyatga egadir.
Davlat qurilish va fuqarolik jamiyatini shakllantirish jarayonlarini erkinlashtirish masalasi ham katta ahamiyat kasb etadi.
Iqtisodiy sohani yanada erkinlashtirish maqsadi- birinchi navbatda davlatning boshqaruv rolini chuqurlashtirish, xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning iqtisodiy erkinliklarini hamda iqtisodiyotning barcha sohalarida xususiy mulk miqyoslarini kengaytirish, mulkdorlarning mavqei va huquqlarini mustahkamlash demakdir.
Ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyotini shakllantirishga qaratilgan islohotlarini amalga oshirish uchun Prezident I.Karimov tomonidan ishlab chiqilgan beshta tamoyil asos qilib olindi:
-iqtisodiyotning siyosatdan ustuvorligi;
-davlat – bosh islohotchi ekanligi;
-hamma narsada qonun ustuvorligi;
-kuchli ijtimoiy siyosat;
-islohotlarning bosqichma-bosqich o‘tqazilishi;
Bunday iqtisodiy islohotlardan ko‘zlangan maqsadlar quyidagilardan iborat edi;
-iqtisodiy tanglikni bartaraf etish;
-ma’muriy buyruqbozlik, markazlashtirilgan rejali tizimdan meros bo‘lib qolgan tarmoq va hududiy mutanosiblikka barham berish;
-ochiq ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyotini shakllantirish;
-iqtisodiy munosabatlarni, birinchi navbatda mulkka munosabatlarni o‘zgartirish, haqiqiy mulkdorlik qatlamini shakllantirish;
Ikkinchi ustuvor yo‘nalish- jamiyat ma’naviyatini yanada yuksaltirishdan iborat. Ma’naviyat haqida gap ketar ekan, men avvalo, insonni ruhiy poklanish va yuksalishga da’vat etadigan, inson ichki olamini boyitadigan, uning iymon-irodasi, e’tiqodini mustahkamlaydigan, vijdonini uyg‘otadigan qudratli botiniy kuchni tasavvur qilaman.
Uchinchi ustuvor yo‘nalish-kadrlar masalasi. Biz oldimizga qanday vazifa qo‘ymaylik, qanday muammoni echish zarurati tug‘ilmasin, gap oxir-oqibat; baribir kadrlarga va yana kadrlarga barib taqalaveradi. Mubolag‘asiz aytish mumkinki, bizning kelajagimiz, mamlakatimizning kelajagi o‘rnimizga kim kelishiga yoki boshqacharoq aytganda, qanday kadrlar tayyorlashimizga bog‘liq.
To‘rtinchi ustuvor yo‘nalish-aholining ijtimoiy himoyasini ta’minlash islohotlarning barcha bosqichida asosiy yo‘nalish bo‘lib xizmat qiladi. Bu islohotlarimizga asos qilib olingan besh tamoyildan biridir. Biz bundan keyin ham shu tamoyilga tayangan holda ish olib borishimiz kerak.
Beshinchi ustuvor yo‘nalish- bu iqtisodiyotda tarkibiy o‘zgarishlarni ta’minlashdir. Mazkur o‘zgarishlar korxonalarni yangilash va texnik qayta jihozlashga, mamlakatning boy tabiiy va mineral-xom ashyo salohiyatidan to‘la va samarali foydalanishga, eksportga moslashgan va import o‘rnini bosuvchi mahsulotlar ishlab chiqaradigan quvvatlarni barpo etishga qaratilmog‘i darkor.
Oltinchi ustuvor yo‘nalish- jamiyatdagi barqarorlik, tinchlik, millatlar va fuqarolararo totuvlikni, sarhadlarimiz dahlsizligini, mamlakatimiz hududiy yaxlitligini ta’minlashdan iborat.
O‘zbekiston boshqa davlatlarning ichki ishlariga aralashmaslik, xalqaro hamkorlikni rivojlantirish, dunyo mamlakatlari bilan teng huquqiylik asosida sherikchilik qilish, barcha majaro va muammolarni faqat tinch siyosiy va huquqiy vositalar bilan hal etish tarafdori ekanini yana bir bor ma’lum qilmoqchiman. Mazkur vazifalarni bajarish va eng avvalo, jamiyatni yanada erkinlashtirish, islohotlarni chuqurlashtirish uchun, eng muhimi, barcha huquqiy davlatlar qatorida qonun asosida yashashni o‘rganishimiz zarur.
Birlashgan millatlar tashkiloti Bosh Assambleyasi tomonidan 1948 yil 12 dekabrda qabul qilingan “Inson huquqlari umumjahon deklarastiyasi” qoidalariga mos O‘zbekiston Respublikasi Konstitustiyasi (Asosiy Qonuni) mamlakat taraqqiyotining demokratik yo‘nalishi uchun huquqiy kafolat bo‘lib xizmat qiladi. Ushbu Qonun 6-bo‘lim, 26 bob, 128 moddadan iborat.
Asosiy Qonunda xalqning insonparvarlik an’analarini, tarixiy va madaniy merosini o‘zida aks ettirgan inson sha’ni, uning qadr-qimmati bosh mezon qilib olindi.
O‘zbekiston fuqarolarining qonun oldida tengligi, Konstitustiya va qonunlar ustuvorligini ta’minlash huquqiy davlat va demokratik jamiyat qurishning belgisi, ijtimoiy kenglik bo‘lib, bunda boshqalarning erkinliklari va huquqlarini kamsitishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Siyosiy faollik fuqarolarning hokimiyat barcha darajalarida davlat ishlarini boshqarish yoki o‘zlariga etakchilarni saylab olish maqsadlaridagi faoliti hisoblanadi.
Konstitustiyaning qoidasini amalga oshirish uchun 1998 yil 28 dekabrdagi “Oliy Majlisga saylov to‘g‘risida”, 1994 yil 5 maydagi “Xalq deputatlari viloyat, tuman, va shahar Kengashlariga saylov to‘g‘risida”, “Fuqarolar saylov huquqlarining kafolatlari to‘g‘risida”gi Qonunlarni qabul qildi.
v) Bugungi kunda O‘zbekiston Respublikasida beshta siyosiy partiya faoliyat ko‘rsatmoqda.
1.O‘zbekiston Xalq Demokratik partiyasi (1991 yil)
2.O‘zbekiston Vatan taraqqiyoti partiyasi (1992 yil)
3.O‘zbekiston “Adolat” sostiol-demokratik partiyasi (1995 yil)
4. O‘zbekiston Milliy tiklanish demokratik partiyasi (1995 yil)
5.O‘zbekiston Fidokorlar milliy-demokratik partiyasi (1998 yil)
Siyosiy hayotni erkinlashtirish, siyosiy partiyalar faoliyatini kuchaytirish vazifalari ko‘ndalang bo‘lib turgan bugungi kunda Vatan taraqqiyoti partiyasi bilan Fidokorlar milliy demokratik partiyasi hamda yangidan O‘zbekiston FMDP ning tashkil etilishi “ijrochilik” kayfiyatining ustuvorligi sezilib turibdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |