NAZORAT SAVOLLARI:
Analitik va muvozanat kontsentratsiyalar orasidagi farq nimadan iborat
bo’ladi?
Aktivlik bilan muvozanat kontsentratsiyasi o’rtasidagi bog’lanishni
ko’rsating.
Aktivlik koeffitsienti qanday omillarning funktsiyasi hisoblanadi?
5. Termodinamik muvozanat konstantasi qanday omillarga bog’liq?
4-MAVZU:KISLOTA ASOSLI MUVOZANAT. KISLOTA VA ASOSLAR HAQIDAGI HOZIRGI ZAMON TUSHUNCHALARI. KISLOTA-ASOSLARNING ELEKTROLITIK DISSOTSIATSIYASI
REJA:
Suvli eritmalarda kislota va asoslarning elektrolitik dissotsiatsiyasi.
Kislota va asos haqidagi hozirgi zamon tushunchasi nimalardan iborat.
Kislota va asos eritma pH ini hisoblash qanday amalga oshiriladi.
Mavzuga oid tayanch tushuncha va iboralar:
Kislota asosli reaktsiyalar, elektrolitlar, elektrolitik dissotsiatsiya, kislota asos tushunchasi, ionoforlar, ionogenlar, protolitik nazariya, emprotid, disprotid, amfiprotlar, protonlanish, disprotid, amfiprotlar, protonlanish konstantasi, material balansi tenglamasi.
Arrenius 1887 yilda o’xshash moddalarning eritmalarida zaryadlangan zarrachalarga ajralish hisobiga zarrachalarning ortishi gipotezasini olg’a surdi. Bunday moddalpHi u elektrolitlar deb,ularning ionlarga ajralish jarayonini esa elektrolitik dissotsilanish jarayoni deb atadi.
U kislota va asos tushunchasini berdi.
Kislota-bu dissotsilanganda kation sifatida faqat H+ ionlarini va boshqa hech qanday musbat ionlarni bermaydigan molekuladir.
Asos-dissotsilanganda anion sifatida OH- ionlarini va boshqa hech qanday manfiy ionlarni bermaydigan molekuladir. Kislota va asos orasida boradigan reaktsiya tuz va suv hosil qiladigan neytrallanish reaktsiyasidir. Arrenius bo’yicha istalgan elektrolit faqat qisman dissotsilanadi
Arrenius nazariyasida elektrolitik dissotsiatsiya sababi tushuntirilmagan,ionlar va elektrolit molekulalariningo’zaro va erituvchi molekulalari bilan ta’siri o’rganilmagan edi, shuning uchun erkin NQ ionlari mavjudligi tan olinardi. Arrenius nazariyasi bo’yicha dissotsiatsiya darajasi birdan katta bo’lishi mumkin emas.
Arrenius nazariyasi yaratilgach elektrolit eritmalariga yangicha qarashlar paydo bo’la boshladi. Birinchidan,dissotsilanish jarayoni sababi, ya’ni erigan modda bilan erituvchining ta’siri ko’rsatildi. Elektrolit kuchi va xarakterini asosan erituvchi belgilaydi.
Elektrolitlarni o’z holati bo’yicha va erkin ko’rinishda va dissotsilanish mexanizmi bo’yicha 2ta bir-biridan keskin farq qiluvchi guruhga bo’lish mumkin, ular ionoforlar va ionogenlardir.
Do'stlaringiz bilan baham: |