Rtа mахsus tа’lim vаzirligi nizomiy nomidаgi toshkent dаvlаt pedаgogikа universiteti



Download 2 Mb.
Pdf ko'rish
bet87/170
Sana19.02.2022
Hajmi2 Mb.
#457700
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   170
Bog'liq
jahon tarixi

5. Gomer davri Yunonistoni. 
Yunon tarixidagi er. avv. XI-IX asrlarni 
tarixchilar “Qorong`i davrlar” deb ataydilar. Chunki bu davrga oid ma`lumotlar 
juda kam. Er. avv. XI-IX asrlardagi yunon tarixini o`rganish bo`yicha asosiy 
manba bo`lib, Gomerning “Iliada” va “Odisseya” dostonlari xizmat qiladi. Shu 
sababli bu davr Gomer davri deb ataladi. Bu davr uchun asosiy manba bo`lgan 
Gomerning “Iliada” va “Odisseya” dostonlari orqali yunon jamiyatining uch yuz 
yillik hayotini qayta tiklash mumkin. Poemalarda axeylarning Troyaga yurishi, 
shaharning bosib olinishi, Troya urushi qahramonlaridan biri bo`lgan Odisseyning 
ko`pgina sarguzashtlardan so`ng, uyga qaytishi hikoya qilinadi. Shu tarzda poema 


127
axey sivilizatsiyasining gullab-yashnashining so`nggi davri hayotini tasvirlaydi. 
Lekin Gomerning o`zi er. avv. VIII asrda yashagani uchun o`tmish voqealarini 
o`zi yashagan davr nuqtai nazaridan zamonaviylashtirdi.
Axey sivilizatsiyasi asta-sekin tushkunlikka uchradi. Er. avv. XIII asr 
oxiridan axeylarning tushkunligidan foydalanib, shimoldan doriy qabilalari 
Yunonistonga bostirib kirdi. Doriylar er. avv. XI asrning oxiriga kelib butun 
Shimoliy va O`rta Yunoniston, Peloponnes yarim orolining katta qismini egallab 
oldilar. Bu davrda ibtidoiy jamoa tuzumi taraqqiyoti past darajada edi. 
Dostonlarda aholi qishloqlarda yashab, shahar to`g`risida tasavvurga ega 
bo`lmagani bayon qilinadi. Xo`jalik natural shaklda bo`lib, aholi dehqonchilik va 
chorvachilik bilan shug`ullanadi. Asosiy ekin tariq edi. Savdo ibtidoiy 
ayirboshlash holatida edi. Gomer davri yunonlari, hatto, ularning zodagonlari ham 
kichik, qo`pol qurilgan, poli tuproq, xona o`rtasida gulxan yoqiladigan uylarda 
yashaganlar. Er. avv. XI asrda xo`jalik hayotidagi bir qancha tushkunlikdan so`ng, 
temir o`zlashtirilib, xo`jalik hayotini jonlanishi boshlandi. Ammo Yunonistonda
unumdor yerlar juda kam edi. Taqchil bo`lgan unumdor yerlarning asosiy qismini 
donli ekinlar egallay boshlagan. Bog`dorchilik, uzumchilik va zaytun daraxtlarini
o`stirish ham yo`lga qo`yilgan. Chorvachilik rivojlangan. Gomer poemalariga
ko`ra, qoramol ayirboshlash vositasi bo`lgan. “Iliada”da katta uch oyoqli jez 
buyum 
12 
buqaga, 
mohir 
usta 
ayol 

ho`kizga 
tenglashtiriladi. 
Hunarmandchilikda katta o`zgarishlar yuz berdi. Temir keng qo`llanila boshlandi. 
Jamoada oilalarning birgalikdagi mehnatiga o`rin qolmadi. Temir mehnat quroli 
mehnat unumdorligini oshirdi. Oila o`z moddiy ehtiyojini o`z mehnati bilan 
qondirish imkoniyatiga ega bo`ldi.
Erkin dehqon xo`jaligi asosiy ishlab chiqaruvchi bo`ldi. Jamoaning alohida 
bir ko`rinishi sifatida polis jamiyat tashkilotining asosiy shakli edi. Patriarxal 
oilaning boshliqlari polis fuqarolari edilar. Har bir oila iqtisodiy mustaqil birlik 
bo`lib, ular siyosiy teng edilar. Polis tarkibiga shahar va uning atrofidagi 
qishloqlar kirgan. Jamoada shakllanayotgan urug` zodagonlari jamoani o`z 
nazorati ostiga olishga urinar edilar. Polis-jamoa asosan asosiy ikki vazifani 
bajargan: aholini va hududni qo`shnilar bosqini va tazyiqidan himoya qilish va 
jamoaning ichki munosabatlarini tartibga solish. Hali davlat tashkiloti yuzaga 
kelmagan edi.
Shu davr oxirida yunon dunyosi dehqonlarni birlashtirgan yuzlab kichik 
polis-jamoalardan iborat edi. Asosiy iqtisodiy birlik mustaqil xo`jalik yuritish 
asosida tirikchiligini o`tkazadigan, oddiy turmush kechirib, tashqi dunyo bilan 
aloqasi bo`lmagan patriarxal oila bo`lgan. Bu dunyoda hali katta yer egalari, 
yersiz, birovga qaram oilalar, odamlar va jamoa a`zolari yo`q edi.
Kulolchilikda protogeometrik usul shakllandi. Dafn marosimlari o`zgardi. 
Endilikda tuproqqa dafn etish o`rniga jasadni krematsiya qilish (yoqish) rasm 
bo`ldi. Er. avv. XI asr oxiridan Kichik Osiyoning g`arbiy qirg`og`ida yunon 
qo`rg`onlari paydo bo`lib, ularning aholisi eoliy, ioniy, va doriy shevalarida 
so`zlashgan. Yunonlar oqsoqollar saylab qo`yiladigan urug` jamoasida 


128
yashaganlar. Ayrim paytda urug`lar o`zlariga tegishli biror-bir umumiy masalani 
yechish uchun kattaroq tashkilot-fratriyaga birlashganlar. Fratriyalar birlashib, 
qabila-filni tashkil qilgan. Fratriya va urug` bir umumiy ajdoddan kelib chiqqan. 
Urug` boshliqlari bilan bir qatorda, fil va fratriyaning Gomerda filobasiley deb 
eslatiladiganyo`lboshchilaribo`lib, urug` boshliqlari ularga o`z hokimiyatlarining 
bir qismini berganlar.
“Odisseya” va “Iliada” dostonlarini o`qiganda, yunon jamoasidagi mulkiy 
tabaqalanishni, urug`chilik munosabatlarini zaiflashganini, basileylar bilan 
hokimiyatga intilayotgan ko`p sonli zodagonlar qatlamini shakllanayotganini 
kuzatish mumkin. Poemalarda temirchi, tosh teruvchi, duradgor va kema 
yasovchilar to`g`risida hikoya qilinadi. Erkin kishilar bilan bir qatorda, qullar ham 
mehnat qilganlar. Qulchilik hali xonaki shaklda ko`rinadi. Ularning soni ko`p 
emas edi. Xo`jayin qul bilan yonma-yon jismoniy mehnat qilishdan hali 
jirkanmagan. Odisseyning otasi Laert yerga ishlaydi. Uning xotini Penelopa 
kalava yigiradi. Navsakiya kir yuvadi. Odissey sol, Paris butun bir saroy qur`adi. 
Odisseyning xo`jaligida 50 qul bo`lgan. Gomer o`tmish qahramonlarini sharaflab, 
o`zi yashagan davrning mavjud ijtimoiy tabaqalanishining hayotiy tasvirini 
chizadi. Troyani qamal qiluvchilar bilan yo`lboshchi Agamemnon o`rtasida unga 
qarshi norozilik tug`diruvchi, o`jar Tersit obrazining kelib chiqishi voqeasida 
ijtimoiy hayotni ko`rish mumkin. Olimp xudolariga borib taqaluvchi yo`lboshchi 
podsholar bilan oddiy xalq ommasi o`rtasidagi yetilib kelayotgan qarama-
qarshiliklar bu kichkina bir epizodda o`z aksini topgan.

Download 2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   170




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish