Rtа mахsus tа’lim vаzirligi nizomiy nomidаgi toshkent dаvlаt pedаgogikа universiteti



Download 2 Mb.
Pdf ko'rish
bet86/170
Sana19.02.2022
Hajmi2 Mb.
#457700
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   170
Bog'liq
jahon tarixi

4.
 
Miken madaniyati. 
Yunoniston er. avv. III ming yillikda ibtidoiy 
jamoa tuzumida edi. Gerodotning ma`lumotlariga ko`ra, Bolqon Yunonistonida 
tub joy aholi leleglar, pelasglar va kariylar yashar edilar. Ularning mehnat 
qurollari toshdan bo`lib, endigina mis qurollari tayyorlay boshlaganlar. Jez davri 
er. avv. III ming yillik o`rtalaridan boshlandi. Shu davrdan boshlab ibtidoiy kichik
qishloqlar o`rnida katta qishloqlar, mustahkamlangan qal`alar paydo bo`la 
boshladi. Urug`chilik munosabatlarining yemirilish jarayoni faqat er. avv. III 
ming yillik oxiridan asta-sekin boshlandi. Er. avv. III ming yillik oxirida 
hindyevropa madaniy til birligiga mansub etnik guruhlar o`z vatanlari-Markaziy 
Yevropadan turli yo`nalishlarda ko`cha boshladi. Ulardan bir qismi Bolqon yarim 
oroliga kirib kelib, yunon etnosiga asos soldi. Ularni dastlab axeylar deb 
nomladilar.
Er. avv. III ming yillik oxirlarida Bolqon Yunonistonida qabilalarning ko`chishi 
bilan jamiyat ijtimoiy-siyosiy hayotida jiddiy o`zgarishlar yuz berdi. Taxminlarga 
ko`ra, bu vaqtda Sharqiy O`rtayer dengizi qirg`og`ida ham hindyevropa tillarida 
so`zlashuvchi etnik guruhlar paydo bo`ladi. Ular Yunonistonda urug`chilik 
munosabatlarining yemirilishini vaqtincha sekinlashtirdilar.
Mikenani kengaytirish natijasida Kritdagi Minoy sivilizatsiyasi barbod 
bo‘ldi. Mikenada ham xuddi Sitsiliya va janubiy Italiyadagidek koloniya va 
savdo punktlari yaratilgan. Shunday qilib, ilk yunon tilida so‘zlashuvchi 
xalqlarning savdo va tili Egey dengizini turli dunyolarni bog’lovchi birlik sifatida 
yaratilgan
50
.
Er. avv. II ming yillik boshlarida kulolchilikda, kumushga ishlov berish 
ishlarida, urf-odat, an’analarda (jumladan, uy ichida, pol ostida yoki devor orasida 
bolalar qabri) yangi jihatlar paydo bo`ladi. Yangi etnik birliklar eskilari bilan 
aralashib, yangi moddiy va ma’naviy madaniyatni vujudga keltirdilar.
Taxminan, er. avv. XVIII asr oxirlarida Bolqon Yunonistonida 
mustahkamlangan kichik-kichik qishloqlar ko`plab paydo bo`ladi. Qabrlarda 
metall qurollar uchramaydi. Bolqon Yunonistonini Kritdan (qabrlarda Krit 
ko`zalari, Krit namunasiga taqlid qilib yasalgan sopol buyumlar) boshqa hududlar 
bilan aloqalari deyarli yo`q edi. Er. avv. 1600-yillar atrofida Kritda yuksak 
rivojlangan madaniyat mavjud bo`lgan paytda Bolqon Yunonistonida jiddiy 
o`zgarishlar yuz berdi.
50
Worlds Together,Worlds Apart.W.W. Norton.& COMPANY.New York. London. 2011, р.117.


124
Axeylar er. avv. III ming yilliklar oxiri-II ming yillikning birinchi yuz 
yilliklarida Yunositon janubiga asta-sekin siljib, o`z manzilgohlarini barpo qila 
boshladilar. Ehtimol, ular ilk bor kulolchilik charxi, ot qo`shilgan arava va jang 
aravasini olib keldilar. Er. avv. XVI asrda kelgindilarning mahalliy aholi bilan 
to`la assimilatsiyasi tugallandi. Natijada yangi samarali iqtisodiyot, zodagonlar 
(ko`pincha harbiylar), kohinlar, oddiy jamoachilardan iborat ijtimoiy guruhlar 
shakllandi. Markaziy va Janubiy Yunonistonda qudratli davlat markazi Mikena 
shahri va boshqa ilk davlatlar (Tirinf, Pilos, Afina) shakllana boshladi.
Miken madaniyati Ilk Miken 
(
er. avv. 1700-yillardan-1550-yillargacha), 
O`rta Miken (1550-1400-yillar) va So`nggi Miken (1400-1200-yillar) davrlariga 
bo`linadi. Egey havzasida 400 yil davomida bir xil madaniyatni mavjud bo`lishi 
uni shartli ravishda “Miken” madaniyati deb atalishiga sabab bo`ldi. Miken 
(Axey) sivilizatsiyasining gullab-yashnagan davri er. avv. XV-XIII asrlarni o`z 
ichiga oladi. Mikena siyosiy markaz sifatida o`z hukmronligini keng qamrovda 
amalga oshira olmadi. Mikenada olib borilgan arxeologik qazishmalar natijasida 
faqat Mikena madaniyatiga mansub inshootlar qazib ochilgan. 1876-yilda 
arxeolog G. Shliman Mikenadan qoyaga o`yilgan shaxta tipidagi qabrlarni topdi. 
Qabrlardan kumush va oltin bilan bezatilgan jez qilichlar, oltin va kumush 
qadahlar, tilla niqoblar va boshqa buyumlar topildi. Qabr toshlarida ov va jang 
manzaralari tasvirlangan.
Er. avv. XV asrdan Mikenada va Yunonistonning boshqa viloyatlarida 
gumbazli qabrlar rasm bo`la boshladi. Bunday qabrlarda hokimlar dafn qilingan.
Mikenadagi mashhur “Agamemnon qabri” hashamatli va ulug`vor qilib qurilgan. 
5 metrgacha balandlikda bo`lgan og`ir eshiklar, usti har biri taxminan 120 tonna 
keladigan ikki xarsang tosh bilan yopilgan. Qabrlardan ko`p miqdorda qimmatli 
buyumlar, qurol-yarog`lar topilgan. Mikena madaniyatining kulolchilik 
mahsulotlari Rodos, Kipr, Kichik Osiyo, Misr, Sitsiliya va Janubiy Italiyaga 
chiqarilgan. Bolqon Yunonistonida er. avv. 1400-yildan mustahkamlangan 
qo`rg`onlar 
(
Terin, Mikena, Afina, Fiva, Iolik) paydo bo`ladi. Mikena san’ati
ko`p jihatdan Krit madaniyati bilan o`xshash. Mikena tasviriy san’atida mavhum 
va o`simliklar tasviri, hashamatli kiyingan kishilarning bir xildagi tantanali 
yurishlari mavjud. Tasvirlarda statiklik, shartlanganlik hukm suradi. Bu davrda 
monumental me’morchilik mavjud emas. Diniy tasavvurlar to`g`risida 
ma`lumotlar juda kam. Diniy rasm-rusumlar gemma va muhrlarda ifodalangan. 
Joylardan diniy topilmalar bo`lgan mehroblar qoldiqlari topilgan.Ayniqsa, 
arxeologik izlanishlar natijasida topilgan vaza o‘zining noyob asar namunasi 
ekanligi bilan ajralib turadi.
XX asrning 60-yillarida Mikena akropolidan (mustahkamlangan qal’a) diniy 
marosimlar bajariladigan markaz topildi. Markazdan topilgan topilmalar ichida 
qo`llarini yuqoriga ko`targan 16 ta loy haykalcha, loydan yasalgan ilonlar va 
mexrob bor. Muqaddas joy yaqinida turar joy binosi bo`lib, tadqiqotchilarning 
fikricha, bu binoda bosh kohin yashagan. 1953-yil ingliz olimlari Ventris va 


125
Chedvik Mikena saroylaridan topilgan buyumlarda sanoq, hisob-kitoblar 
to`g`risida ma’lumot beradigan loy taxtachalardagi mikena yozuvlarini o`qidilar.
Miken sivilizatsiyasining asosiy markazlari er. avv. XV-XII asrlarda Mikena, 
Tirinf va Pilos edi. Ularning ichida Mikena bu davrda eng kuchli davlat 
birlashmalaridan biri bo`lib, axey dunyosining yetakchisi bo`lgan. Gomer Mikena 
podshosi Agamemnonni Troyaga qarshi umumyunon yurishining yo`lboshchisi 
deb tilga oladi. Zaiflashgan Krit er. avv. XV asr o`rtalarida Mikena istilosiga 
uchrab, unga qaram bo`ldi. Axey hukmdorlari Mikenada ulkan inshootlar, 
boyliklarga to`la “shaxta qabrlar, mustahkam qal`alarni barpo qildilar. Miken 
qal`asining kirish qismidagi darvozaning tepa qismida ikki sher rel`ef tasviri 
tushirilgan. Miken shahrida hashamatli podsho saroyi, Miken hukmdorlarining 
katta va ajoyib sog`onalari mavjud.
Tirinf Mikenga qo`shni bo`lgan yana bir axey davlat birlashmasi edi. Tirinf 
hukmdorining saroy qal`asi balang va ulug`vor qurilgan. Qal`a devorlari og`irligi 
12 tonnagacha bo`lgan yaxlit ohaktoshlardan bunyod qilingan. Ularning eni 4,5 
metrgacha, balandligi 7,5 metrgacha yetadi. Qal`a devorlarining ba`zi joylarida 
oziq-ovqat va qurol saqlanadigan ombor inshootlari qurilgan.
Qal`aning ichida ikkinchi mudofaa devori tepalikda joylashgan podsho 
saroyini himoya qilgan. Saroyga yaqinlashish maxsus to`siq inshootlari bilan 
himoyalangan. Qal`ada ichimlik suv zahirasi bilan shahar tashqarisidagi suv 
manbasiga boradigan yashirin yerosti yo`li qurilgan. Chunki Tirinf uchun eng 
xavfli raqib Miken 17 km uzoqlikda joylashgan edi. Tirinf saroyi devorlari ov 
manzaralari, hashamatli kiyingan xonimlarning aravadagi tasvirlari bilan 
bezalgan.
Axey davlatlaridan yana biri Peloponnesning janubiy-g`arbida joylashgan
markazi Pilos bo`lgan Pilos davlatidir. Gomer “Iliada” dostonida Troyaga qarshi 
yurishga qatnashgan yunon floti ichida eng ko`p sonli 90 kemadan iborat Pilos 
floti to`g`risida hikoya qiladi. Bu flotning qo`mondoni Pilos podshosi Nestor edi. 
Nestor yunon yo`lboshchilari ichida eng donosi, Pilosning o`zi esa, eng boy 
davlatlardan biri hisoblangan. Pilos podsho saroyi yaxshi saqlanib qolgan bo`lib, 
Miken saroy me`morchiligining eng yaxshi namunasi hisoblanadi. Bu saroy 
maydoni boshqalarga qaraganda, kichik bo`lsada, uyg`un rejalashtirilgan. Saroy 
devori freskalar bilan, toshdan yasalgan pol geometrik va dengiz mavjudotlari 
tasvirlari bilan bezatilgan. Xonalarning biridan Pilos davlati va jamiyati, Miken 
sivilizatsiyasining turli sohalari to`g`risida ma`lumot beradigan bir yarim ming 
loy taxtachadan iborat arxiv topilgan. Pilos doimiy raqobat va o`zaro urushlar 
ichida bo`lgan Mikena va Tirinfdan uzoqda joylashgan. Pilos er. avv XIV-XII 
asrlarda eng rivojlangan va farovon davlat bo`lgan. Mikena, Tirinf, Pilos Janubiy 
Yunoniston va Peloponnesda shakllangan axey davlatlari edi. O`rta Yunonistonda 
ilk davlat birlashmalari Attika va Beotiya viloyatlarida er. avv. XIV-XII asrlarda 
shakllana boshladi.
Er. avv. 1000-yillarning oxirida Kipr Kichik Osiyodagi panfiliyalik axeylar 
tomonidan o`zlashtiriladi. Er. avv. XIV asrda Kichik Osiyoda Axaya davlati 


126
mavjud bo`lgani to`g`risida mixxat yozuvlari ma’lumot beradi. Xett manbalarida 
(XIV-XIII asrlarda) Axayadeb atalgan davlatni tadqiqotchilar Bolqon yarim oroli, 
Kichik Osiyo va Rodos orolida deb turli farazlar qiladilar
.
Yunonistonning Axaya 
davri siyosiy tarixi yaxshi yoritilmagan. Ba`zi olimlar Mikena boshchiligida 
yagona Axaya davlati mavjud bo`lganini yozadilar. Lekin bir necha Axaya 
davlatlari mustaqil mavjud bo`lib, ular vaqtinchalik birlashgan bo`lishlari 
mumkin. “Iliada” va “Odisseya” dostonlari asosi bo`lgan voqealar
Troyaga harbiy yurishlar davrida ko`rinishidan shunday bo`lgan. Troya urushi 
yunonlarning koloniyalar barpo qilishlari jarayonining bir parchasi bo`lishi 
mumkin. Axey koloniyalari Kichik Osiyoning g`arbiy va janubiy qirg`oqlarida 
paydo bo`ldi. Rodos va Kiprda axeylar o`rnashib olganlar. Sitsiliya va Janubiy 
Italiyada axey faktoriyalari (tayanch nuqtalari) paydo bo`ladi.Axeylarning Old 
Osiyo mamlakatlari qirg`oqbo`ylariga kuchli bosqini “dengiz xalqlarining” 
harakati deb ataladi. Ilmiy farazlarga ko`ra, er. avv. XIII asrda yuz yil davomida 
doriylar va boshqa xalqlarning Bolqonga kuchli tazyiqi axey sivilizatsiyasining
halokatiga olib keladi. Hatto bu holat Levant yо‘nalishigaham salbiy tasir 
kо‘rsatgan. Ularning bir qismi Attika va boshqa viloyatlar, Egey dengizi orollari, 
Kichik Osiyoning g`arbiy qirg`og`I va Kipr orolidasaqlanib qoldi. Qolgan qismi 
qirilib ketdi.
Er. avv. XII asr boshida Sharqiy O`rtayer dengizining Osiyo qirg`og`ida 
filimstimlar deb atalgan xalqlar o`rnashadi. Ularning manzilgohlaridan bu yerda 
ilgari bo`lmagan, shu yerning o`zida ishlab chiqarilgan Mikena sopol buyumlari 
ko`plab topilgan. Bu vaqtda Bolqon Yunonistoniga shimoldan turli qabila 
guruhlari 
migratsiyasi 
boshlanadi. 
Yodgorliklarda 
moddiy-ma’naviy 
madaniyatning tushkunligi ko`rinadi. Bu vaqtdan boshlab temir o`zlashtirila 
boshlanadi. Eng avvalo, Peloponnes yarim oroli va Kritga doriylar kelib 
o`rnashadilar. Troya urushi to`g`risida muammoli fikrlar juda ko`p. Qadimgi 
Troya Kichik Osiyoda joylashgan bo`lib, jez asrida paydo bo`lgan bo`lishi 
mumkin. Lekin Troyaning yoshi Mikenadagi shaxta qabrlaridan yosh jihatdan 600 
yil katta bo`lgan va Bolqon yarim orolidan kelgan qabilalar tomonidan bosib 
olinishi mumkin emas edi. Troya shahri hududidan arxeologlar VI madaniy 
qatlamni qazib ochdilar. Bu madaniy qatlamlar Troyada hayot uzluksiz davom 
etganligidan dalolat beradi. Er. avv. 1800-yillar atrofida TroyaVI qatlami paydo 
bo`ldi.

Download 2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   170




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish