121
Ellada sivilizatsiyalaridan ajratib turadigan xususiyati, bu saroylarning ulug`vor
qurilgani va saroylardagi nafis freska tasvirlarining yuksak san’at darajasida
bo`lganidir. Freska tasviriy san’atining gullab-yashnashi “ikkinchi saroylar
davriga” (er. avv. XVII asr) va So`nggi Minoy davriga to`g`ri keladi. O`rta
Minoy davri Kritda taxminlarga ko`ra, yer qimirlashi natijasida halokat bilan
tugallandi. Er. avv. XVII asrda Knoss, Fest, Malliya saroylari xarobaga aylandi.
Ellik yildan so`ng, Krit yana qayta tiklandi va bu yuksalish er. avv.
1400yillargacha davom etdi. Bu davrda Krit dengizda cheksiz hukmronlik qildi.
Krit Bolqon yarim oroli, Misr, Iberiyaga oliy nav vino, zaytun moyini eksport
qildi. Misrdan rangli shisha, fayans; Kipr orolidan mis; Suriyadan otash;
Liviyadan qimmatbaho metallar va fil suyagi olib kelindi.
Kritning Egey dengizidagi yangi yetakchiligi er. avv. 1700-yildan boshlanib,
Knoss va
Festda yangi saroylar qurilib, uning devorlari ajoyib freskalar bilan
bezatilgan. Ingliz arxeologi Artur Evans Knoss saroyini 40 yil davomida tekshirdi
va ajoyib san`at namunalarini topdi. Bir necha qavatli saroy Kritdagi ulug`vor
inshoot edi. U bir necha marta qayta qurilgan bo`lib, podsho oilasi istiqomatgohi,
rasmiy qarorgoh va xo`jalik inshootlaridan iborat edi. Saroyda ko`plab xona va
zal devorlari did bilan bezatilgan. Devoriy tasvirlarda hashamatli kiyingan ayollar
va
erkaklar, saroy hayoti manzarasi, o`simlik va hayvonlarning hayotiy
ko`rinishlari yuqori darajadagi badiiy usulda tasvirlangan. Krit Minoy tsvilizatsisi
bilan Yunoniston materik qismi o‘rtasidagi aloqlar bo‘lganligini u yerdan topilgan
moddiy arxeologik manbalar, jang aravlarini topilishi tasdiqlaydi.
Krit kulolchiligida badiiy san’atning
nihoyatda yuksak darajasida
shakllangani ko`rinadi. Sopol idishlarda tabiatning boy manzaralari mohirona
tasvirlanadi. Bunday tasvirlar ko`za (amforalar), zaytun yog`i va vino
saqlanadigan, bo`yi 2 m gacha bo`lgan xum (pifos)larning sirtiga chizilgan.
Krit madaniyatining yuqori darajada rivojlanganligining
yana bir dalili,
Knoss saroyidagi bizgacha yetib kelgan raqqosa tasvirining bir qismidir.
Raqqosaning go`zal qaddi-qomatini nafis noziklikda tasvirlanganligidan hayratda
qolgan arxeologlar uni shartli “parijlik ayol” deb nomladilar. Bu raqqosaning
sochi o`ziga xos did bilan ma`lum bir uslubda turmaklangan. Knoss saroylaridan
topilgan kohinalarning fayans haykalchalarida uzun yubka, yarim yalang`och
ko`krak, nozik yelkalarga tushib turgan sochlar tasviri saroyda hukm surgan nozik
did, go`zallik dunyosidan dalolat beradi.
Devoriy tasvir-freskalar va Krit xudolar panteonida ayol ma’budalarining
oldingi o`ringa turgani, Krit jamiyati hayotida
ayollarning mavqeini yuqori
darajada bo`lganidan dalolat beradi. Bundan
tashqari, gemma va uzuklarda
qalqon tutgan ayol, kabutar bilan ma’buda, tog` cho`qqisidagi ma’buda va ikki
sher o`rtasidagi ma’buda tasvirlari buning yaqqol misoli bo`ladi.
Freskalarda Krit orolining saroy va diniy hayoti tasvirlari: yosh
yigitqizlarning yurishi, gullar orasidan yurib
kelayotgan hokimning tasviri,
qo`shiq aytib raqs tushayotgan raqqosalar, qo`lida marosim ko`zalarini ko`tarib
122
ketayotgan o`smirlar, Kritda diniy ramz sanalgan ikki yoqlama bolta-labris
ushlagan kohina kabi tasvirlar aks ettirilgan.
Taxminlarga ko`ra, O`rta Minoy davrida orolning shimoliy qismida (poytaxti
Knoss)
mustaqil sulola, boshqasi janubda (poytaxti Fest) hukmronlik qilgan.
Hokim oliy kohin vazifasini ham bajargan. So`nggi Minoy davrida Kritdagi butun
hokimiyat Knoss hokimlari qo`liga o`tadi. Siyosiy hokimiyat tuzilishi bilan Sharq
despotiyasiga o`xshash bo`lgani ehtimoldan xoli emas. Podsho yerning oliy egasi
bo`lib, ishlab chiqariladigan moddiy ne`matlarning katta qismini tasarruf qilgan.
U mamlakatni o`z a`yonlari, yaqinlari yordamida boshqargan. Joylarda podsho
noiblari boshqaruv ishlarini amalga oshirgan. Krit podsholari oliy dunyoviy
hokimiyatdan tashqari, diniy hokimiyatga ham ega bo`lganlar. Fukididning
ma`lumotlariga ko`ra, podsho Minos har 9 yilda Zevs tasviri turgan muqaddas
g`orga borib, uning oldida o`z podsholik boshqaruvi to`g`risida hisobot bergan va
o`z hukmronligining navbatdagi muddati uchun yorliq olgan.
Knoss saroyi
xarobalari qazib ochilganda, podsho taxti qoldiqlari bilan taxt
turgan inshoot topilgan. Katta zalning ikki tomonida ehtimol davlat ishlarini
muhokama qilishga to`planadigan podsho kengashi a`zolari o`tiradigan uzun
o`rindiqlar qo`yilgan. Devoriy tasvirlarda Krit podshosi odatdagi odamlardan
ko`ra, bo`yi bir necha marta baland qilib tasvirlangan.
Do'stlaringiz bilan baham: