Rtа mахsus tа’lim vаzirligi nizomiy nomidаgi toshkent dаvlаt pedаgogikа universiteti



Download 2 Mb.
Pdf ko'rish
bet104/170
Sana19.02.2022
Hajmi2 Mb.
#457700
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   170
Bog'liq
jahon tarixi

2. Spartada davlat tarbiyasi.
Sparta Yunonistonda yagona professional 
qo`shinni tashkil qildi. Spartaliklarda fuqaroning davlatga sadoqat, qonunlarga 
so`zsiz bo`ysunish, katta yoshdagilarga hurmat, mutloq jasorat ruhida tarbiyalash 
yo`lga qo`yildi. Likurg ta`kidlagan edi: “Spartalikni tarbiyalashning maqsadi 
goplitni shakllantirishdir”. Spartaga a`lo jangchilar zarur edi. Birinchi o`rinda, 
o`smir yoshlar tarbiyasida jismoniy tarbiya qo`yilib, faqat xor qo`shiqlari, harbiy 
musiqa, shoir Terpandrning harbiy marshlari o`rgatilar edi. Spartalik imkoniyat 
darajasida qisqa va aniq so`zlashga o`rgatilar edi (lakonizm). Sport 
tayyorgarligida ot sporti va atletika yetakchi o`rinni egallar edi.
Spartalikni tarbiyalash tizimi uch bosqichdan iborat edi:
1.
7 yoshgacha bolalar ota homiyligi ostida. 7 yoshdan so`ng, davlat 
nazorati ostiga o`tgan.
2.
O`smirlar 12 yoshdan 15 yoshgacha katta yoshli o`smir (iryen)
boshchiligida maxsus guruhlar (il)ga kirgan.
3.
16-20 yoshlarda o`qitishning uchinchi bosqichi (iryeniya).
Bolaligidan kasal va jismoniy zaif bolalar ortiqcha yuk hisoblangani uchun 
ularni jarlikka uloqtirar edilar. Davlat tarbiyasining birinchi bosqichida 7-12 
yoshgacha bolalarni agella (“poda”)ga to`plab, mashqlar va sinovlar muntazam 
o`tkazilgan. Bu bosqichda bolalarda kuch va chidamlilikni tarbiyalash asosiy 
maqsad qilib qo`yilgan. Bolalar badani momataloq bo`lgunicha kaltaklash, tan 
jarohati yetkazish marosimidan o`tar edi. Kaltaklanayotgan og`riqqa un 
chiqarmay chidashi, og`riqni sezdirmasligi lozim edi. O`smirlar 12 yoshdan 15 
yoshgacha katta yoshli o`smir (iryen) boshchiligida maxsus guruhlar (il)ga 
kirganlar. Ular g`arib chaylada yarim och, juldur kiyimlarda o`zlari yig`ib kelgan 
qamish ustida uxlar edilar.
Harbiy mashqlar (qurollarni o`zlashtirish, zich safda harakat qilish, tez 
harakatlanish va taktika) harbiy o`qish kursi, sport va ov bilan to`ldirilar edi.
Bu davrda o`qituvchilar spartalik yosh o`smirlarga ilotlarga nisbatan
mensimaslik, nafrat tuyg`usini shakllantirganlar. Bu o`qitish davri dala mashqlari 
(kriptiya) bilan tugallanar edi. Keyinchalik, bu mashqlar ilotlarni yo`q qilish 
marosimi shaklini oldi. 16-20 yoshlarda o`qitishning uchinchi bosqichi (iryeniya) 
boshlangan. Yosh spartalik yigit yer ulushi egasiga aylanar edi. Bu yer ulushi uni 
va oilasini boqishi kerak edi.
57
Worlds Together,Worlds Apart.W.W. Norton.& COMPANY.New York. London. 2011, р.194.
58
Worlds Together,Worlds Apart.W.W. Norton.& COMPANY.New York. London. 2011, р.193. 


155
Ayollar tarbiyasi ham qat`iy va sodda bo`lgan. Ayollarni kuchli, sog`lom, 
chiroyli bo`lishi uchun gimnastika mashg`ulotiga asosiy e`tibor qaratilgan. Qizlar 
diniy marosimlarda qatnashgan. Ularga ozgina qo`shiq va raqs o`rgatilgan. Lekin 
asosiy maqsad sog`lom bolani dunyoga keltirish edi. Sog`lom ona kuchli va
to`laqonli bolani dunyoga keltirishi shart edi. Sparta davlati bola tug`ilishiga 
mukofot belgilab, bolasizlik uchun jarimani kiritdi.
Tarbiyaning qattiqligi o`smirlarni Artemida ibodatxonasida har yili 
o`tkaziladigan qiynoq sinovlarda o`z aksini topgan edi. Sinalayotgan o`smir 
qiynoqlarga dosh berishi va og`riqni sezdirmasligi shart edi.
Fiditiya uchun har bir spartalik har oy ma’lum miqdorda pishloq, arpa, vino, 
anjir va pul berar edi. Spartaliklar birgalikda o`tirib, uksus, tuz qo`shilib, qonda 
tayyorlangan cho`chqa go`shti bo`tqasini iste’mol qilar edilar. Spartaliklar o`z 
vaqtlarini doimiy muntazam harbiy mashqlar va ovda o`tkazib, chodirlarda yashar 
edilar. Qattiq, shafqatsiz tarbiya natijasida spartaliklarning ongida boshqa yunon 
polislari aholisiga nisbatan jismoniy va ma’naviy ustunlik his-tuyg`usi 
shakllantirilar edi. Yunon dunyosida spartaliklarni qat’iy intizomi uchun hurmat 
qilar edilar, ammo yoqtirmas edilar.
Bosib olingan qaram viloyatlarning ilotlarga aylantirilgan aholisining 
qo`zg`olonlaridan xavfsiragan spartaliklar har yili ilotlarga dahshat solish va 
ularning ongida bo`ysunish hissini tug`dirish uchun ularni tunda o`ldirishni 
(kriptiya) e’lon qilganlar. Er. avv. XI asrdayoq spartaliklar o`zlarini har xil 
“yangiliklar”dan himoya qilish, an’anaviy turmush tarzini saqlash maqsadida 
tashqi dunyodan ajralib yashashga urindilar. Qadimgi an’anaviy holatning 
o`zgarmasligi uchun Sparta faqat mayda temir tangani muomalaga kiritdi. Sparta 
uylarining eshik va tomlari faqat yog`ochdan bo`lib, ularni faqat bolta va arra 
bilan tayyorlashga ruxsat etildi. Hashamatli kiyimlar qonundan tashqari edi. 
Jamiyatdagi mavqeiga qarab, spartaliklar bir xildagi kalta yoping`ich (plash) kiyar 
edilar va bu bilan o`zlarini teng deb hisoblardilar.

Download 2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   170




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish