Rtа mахsus tа’lim vаzirligi nizomiy nomidаgi toshkent dаvlаt pedаgogikа universiteti



Download 2 Mb.
Pdf ko'rish
bet102/170
Sana19.02.2022
Hajmi2 Mb.
#457700
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   170
Bog'liq
jahon tarixi

4.
 
Klisfenning islohotchilik faoliyati. 
Pisistrat va uni o`g`illarining 50 
yillik (er. avv. 560-510-yillar) tiraniyasi ag`darilganidan so`ng, yevpatridlarning 
o`z hukmronliklarini tiklashga urinishlari Afina demosining keskin qarshiligiga 
uchradi. Shunday bir sharoitda demos qo`llab-quvvatlagan Klisfen yangi 
islohotlarni o`tkardi (er. avv. 509-507-yillar). Afinadagi obro`li Alkmeonid 
urug`idan bo`lgan Klisfen er. avv. 509-yilda qo`shimcha vakolatlar bilan Birinchi 
arxont lavozimiga saylandi. Uning islohotchilik dasturining asosiy maqsadi Solon 
asos solgam demokratik muassasalarni rivojlantirish va mustahkamlash
demokratiyani oligarxik to`ntarish yoki tiraniyaning o`rnatilishidan himoya qilish 
mexanizmini yaratish edi. U, eng avvalo, demokratiyaning ijtimoiy tayanchi 
sifatida Afina fuqarolik jamoasini mustahkamladi va kengaytirdi. U ma’muriy-
hududiy islohotni amalga oshirdi.
Attika hududi urug`chilik tashkilotining o`rniga 10 ta yangi hudud-filga ajratildi. 
Har bir fil o`z ichiga o`n demni olgan bo`lib, har bir dem oliy ma’muriy organ 
Besh yuzlar kengashiga birdan 25 kishigacha a’zo saylagan.Yana bir siyosiy 
yangilik tiraniyaning o`rnatilishiga qarshi qo`yilgan ostrakizm tamoyili bo`ldi. 
Ostrakizmga ko`ra, Afina davlat tuzumiga qarshi jiddiy xavf tug`dirgan shaxs, 
siyosiy arbob ovoz berish yo`li bilan Afinadan quvg`in qilingan. Bu tamoyil 
siyosiy hayotda er. avv. 487-yildan 417-yilgacha qo`llanib, shu davrda 
tiraniyaning uch tarafdori Afinadan haydab yuborilgan.Bu urug`chilik 
aloqalarining uzilishi va aholining aralashib ketishiga olib keldi. Endilikda Attika 
aholisi yashash joyiga qarab hududiy aloqalar bo`yicha birlashdi. Urug` fillari 
to`la tugatildi.


152
To`rt yuzlar kengashi endilikda 500 fuqaroni o`z tarkibiga kiritdi. Har yangi 
10 hududiy fildan 50 kishi bu kengashga saylandi. Shu bilan birga, yangi Besh 
yuzlar kengashi tarkibi (Bule) har yili to`la yangilandi. Kengash a’zolari qur`a 
tashlash yo`li bilan saylandi. Ikki martadan ortiq saylanish mumkin emas edi. 
Klisfen tub joy aholi huquqiga kelgindi aholi huquqini tenglashtirdi. Endi 
fuqarolik qadimgi urug` filiga mansublik bilan emas, balki eng kichik hududiy 
birlik-demga mansublik bilan belgilandi. Endilikda har bir fuqaro o`z ismiga 
otasining avlodi ismi emas, o`z demining nomini qo`shdi. Bu fuqarolik 
jamoasining barqarorligiga olib keldi.
Klisfen Afina demokratiyasiga tahdid solishi mumkin bo`lgan obro`li boy 
fuqaroni aniqlaydigan ostraktizm tamoyilini joriy qildi. Afinada o`z shaxsiy 
hokimiyatini o`rnatishga gumon qilingan fuqaro sud qarori bo`yicha ovoz berish 
yo`li bilan Afinadan quvg`in qilinadigan bo`ldi. Klisfen islohotining ahamiyati 
shundaki, bu islohotlar urug`chilik munosabatlari va urug` zodagonlarining 
hokimiyati qoldiqlarini to`la tugatdi. Afina davlat qurilishiga demokratiyaning 
to`la hukmronligini o`rnatdi. Barcha Afina fuqarolari (Afinada yashayotgan chet 
elliklar, qullar bundan mustasno) polisning siyosiy hayotida faol qatnashdilar. 
Ular har qanday davlat lavozimlariga saylanishlari, o`z fuqarolik jamoalari siyosiy 
hayotini eng muhim muammolarini yechishda ishtirok etishlari mumkin edi. 
Barcha yunon polislari orasida Afina davlati eng ilg`or va rivojlangan demokratik 
davlat qurilishiga ega edi.

Download 2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   170




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish