Rtа mахsus tа’lim vаzirligi nizomiy nomidаgi toshkent dаvlаt pedаgogikа universiteti


Iskandar davlatining parchalanishi. Diadoxlar urushi



Download 2 Mb.
Pdf ko'rish
bet110/170
Sana19.02.2022
Hajmi2 Mb.
#457700
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   170
Bog'liq
jahon tarixi

 3. Iskandar davlatining parchalanishi. Diadoxlar urushi. 
Iskandar o`zining 
vorisini rasmiy jihatdan tayinlashga ulgurmadi. Og`ir kasal yotgan
Iskandardan davlat boshqaruvini kimga qoldirishini so`raganlarida, “eng 
loyiqqa” deb javob berdi. Bu uning lashkarboshilari o`rtasida Iskandar merosi 
uchun uzoq kurashga olib keldi. Bu kurash bir necha o`n yillarga cho`zilib, juda 
ko`p qon to`kishlarga sabab bo`ldi. 
 
Iskandarning o`limi vaqtida makedon taxtiga qonuniy da’vogarlar yo`q edi. 
Iskandarning xotini bo`lgan so`g`d malikasi Roksana hali homilador edi. 
Pergamda Iskandarga asir tushgan fors satrapi Artabazning qizi Barsinadan 4 
yoshli noqonuniy o`g`li Gerakl qolgan edi. Taxtga Filipp II ning aqli zaif bo`lgan 
noqonuniy o`g`li Arridey ham da’vo qilishi mumkin edi. Makedoniyada 
Iskandarning yaqinlari Roksana agar o`g`il tuqsa, uni podsho deb e’lon qilish, 
uning go`dakligi davrida hokimiyatni tajribali sarkarda Perdikka boshchigidagi 
davlat kengashiga topshirish lozim deb hisobladilar. Harbiy boshliqlar va saroy 
a`yonlarining boshqa bir guruhi Arridey nomzodini yo`qlab chiqdilar. Obro`li 
lashkarboshi Nearx makedon taxtiga birdan-bir da’vogar Gerakl bo`lishi mumkin 
deb hisobladi. Iskandarning safdoshi, lashkarboshi Ptolemey boshchiligidagi yana 
bir guruh podshoni saylash kerak emas, chunki
Iskandarning o`g`illarini onalari Sharq ayollari, uning asiralaridir, oqibatda 
bunday da’vogarlarni taxtga chiqarish hamma vaqt noqonuniy bo`ladi deb 
hisobladilar. Manbalarda Iskadarni O‘rta Osiyolik Roksanaga uylangani 
to‘g’risidagi fikrlar ham uchraydi. Bundan tashqari bosib olingan xududlarda 
Filipp va Iskandar tasviri tushirilgan tanga pullar ham keng tarqalganligini 
arxeologik materiallar orqali ko‘rish mumkin.
Taxt vorisi to`g`risidagi munozaralar Perdikka regentligi bilan Filipp II ning 
noqonuniy o`g`li Arrideyni podsho deb e’lon qilish bilan tugadi. Xuddi shu vaqtda 
Iskandarning bevasi Roksana o`g`il tug`di va unga Iskandar deb nom berildi. 
Makedon taxtiga birdaniga Arridey Filipp III nomi bilan, Roksananing o`g`li 
Iskandar IV nomi bilan podsho deb e’lon qilindi. Osiyodagi qo`shinlar 
qo`mondonligini o`ziga olgan Perdikka yana regent etib tayinlandi. Shunday qilib, 
u Iskandar davlatining amaldagi hokimiga aylandi.
Iskandarning vafotidan keyin, amalda yagona davlatning oliy hokimi bo`lgan 
Perdikka Bobilda makedon podshosining eng yaqinlari o`rtasida satrapliklarni 
taqsimlagan edi. Yunoniston va Makedoniya Antipatrga, Frakiya Lisimaxga, Misr 
Ptolomeyga, Kappadokiya va Paflagoniya Yevmenga,
Gellespont Frigiyasi Leonardga, Buyuk Frigiya Antigonga, Suriya Laomedontga, 
Midiya Pifonga berildi. Barcha yangi saylangan hokimlar o`z qo`shinlari bilan 
o`z mulklariga jo`nab ketdilar. Iskandarning aynan ana shu sobiq safdoshlari 
(diadoxlar) o`zlariga berilgan hududlarga qanoat qilmay va boshqalarning 
mulkiga egalik qilish uchun Iskandar merosi uchun qonli kurashni boshladilar.


168
Iskandar o`limi arafasida o`z muhri o`yilgan uzukni Perdikkaga bergan edi, u 
davlat hukmdori lavozimini egalladi (er.avv.323-321yillar), bu vatqda davlatning 
yaxlitligi saqlanib turildi. Iskandar o`limidan keyingi ikki yil davomida 
Yunoniston makedon zulmidan ozod bo`lishga urindi. Antipatr yunon 
qo`shinlarini tor-mor qilib, bu yerga makedon garnizonlarini joylashtirdi. Tez 
orada Antigon, Ptolomey va Antipatr Perdikkani kuchayib ketganidan cho`chib, 
unga qarshi ittifoq tuzdilar. Perdikkaning hukmronligini tan olmagan Ptolomeyga 
qarshi Misrga yurish paytida Perdikka yuborilgan qotillar tomonidan 
o`ldirildi(er.avv.321-yil). Davlat hukmdorligi Antipatrga o`tdi (er.avv. 321-
315yillar) Antipatr o`z vorisi etib keksa lashkarboshi Poliperxontni tayinlashi 
davlatni to`la yemirilishiga olib keldi. Uning buyrug`i bilan podsho oilasi 
Makedoniyaga ko`chirildi.
Antipatr topshirig`i bilan er. avv. 321-yilda satrapliklar qisman qayta 
taqsimlandi. Natijada kelajakdagi eng yirik Osiyo davlatining asoschisi Salavk 
Bobilni o`z qo`liga oldi. Shundan ikki yil keyin, er. avv. 315-yilda Antipatr vafot 
etdi. U regentlikka voris qilib keksa va tajribali harbiy boshliq Poliperxontni 
tayinlashga ulgurgan edi.
Ammo yuzaga kelgan bu vaziyat Iskandarning yaqinlari bo`lgan yosh g`ayratli 
lashkarboshilarni qanoatlantirmadi. Jumladan, Antipatrning bu qaroridan o`z 
o`g`li Kassandr norozi bo`lib, Poliperxontdan bu lavozimni tortib olish uchun 
Sharqdagi satraplar Lisimax, Antigon va Ptolemey bilan ittifoq tuzdi. Er. avv. 
316-yilda Poliperxont regentlikdan chetlashtirildi. Kassandr butun Yunonistonni 
egallab oldi. Lekin Kassandrning kuchayib ketishidan Antigon va Iskandarning 
sobiq kotibi Yevmen norozi bo`ldilar. Iskandar davlatining yaxlitligini saqlab 
qolishga uringan, separat kayfiyatlarga qarshi natijasiz kurashgan birdan-bir kishi 
Yevmen edi. U makedon podsholigining “qonuniy” podsholari nomidan harakat 
qilgan, qator sabablarga ko`ra, hech qanday hudud va qo`shinga ega bo`lmagan 
birdan-bir diadox edi. Lekin uning qo`lida Iskandar sobiq davlatining turli 
shaharlarida bosib olingan katta miqdordagi moliyaviy mablag`lar mavjud edi. 
Yevmen ana shu mablag`lar hisobiga katta yollanma qo`shin to`plab, Bobil va 
Eronni bosib olishga urindi. Bu xavfga qarshi Antigon Bobil va Midiya satraplari 
Pifon va Salavk bilan ittifoq tuzdi va Yevmenga qarshi yurish qildi. Er. avv. 316-
yilda Gabiyan yonida (Midiya va Eron chegarasi) Yevmen bilan Antigon o`rtasida 
hal qiluvchi jang bo`ldi. Yevmenning yollanma qo`shinlarini xoinligi jangni 
Antigon foydasiga hal qildi. Yevmen qo`lga olinib, qatl qilindi. Er. avv. 317-yilda 
Iskandarning onasi Olimpiada hokimiyatni Roksananing o`g`liga qoldirish uchun 
Filipp Arridey va uning xotini Evridikani o`ldirishga buyruq berdi. Kassandr 
podsho oilasini astasekin qirib tashladi. Olimpiada Kassandrning taqibidan tirik 
qolgan oila a`zolari bilan Makedoniyadagi yaxshi mustahkamlangan Pidna 
shahriga yashirindi. Lekin Kassandr shaharni ochlik bilan tinkasini quritib, taslim 
bo`lishga majbur qildi. Kassandr Olimpiadani qatl etdi.
Qotil Kassandr Roksananing o`g`li Iskandar voyaga yetguncha makedoniyani 
boshqarish huquqini oldi. Iskandarning kichik qizi Fessalonikaga uylangan 


169
Kassandr Iskandarning o`g`li tirik bo`lganidan bezovta edi. Kassandrning 
topshirig`i bilan Amfiopol hokimi nazorati ostida turgan Roksana va uning o`g`li 
yashirincha o`ldirilib, dafn qilindi(er. avv. 311-yil yoki 310-yil). Bir necha yildan 
so`ng Kassandr keksayib qolgan Poliperxont bilan yashirin shartnoma tuzdi. Bu 
shartnomaga ko`ra Poliperxont Iskandarning Barsinoyadan bo`lgan o`g`li 
Gerkulesni zaharlab o`ldirishi kerak edi. Bu yovuzlikni amalga oshirgach, keksa 
Poliperxont Etoliya va Epirda o`ziga berilgan yer mulkda yashab, siyosiy 
hayotdan chetlashdi. Iskandarning katta opasi Epirning beva malikasi Kleopatra 
Sard shahrida yashar edi. Ptolomey uylanish uchun Kleopatrani qo`lini so`radi. 
Antigon esa Kleopatrani uning o`z oqsochlari tomonidan o`ldirtirdi va keyin esa
malikani oqsochlari bilan birgalikda dabdabali dafn etdi. Yuzaga kelgan bu 
vaziyat diadoxlarni o`z hududlarida o`z podsholik hokimiyatlarini o`rnatishga 
intilishlari uchun hech qanday rasmiy to`siq qolmaganini bildirar edi.
Diadoxlar o`rtasidagi urushlar uzoq davom etib, Yunoniston, Misr, Kichik Osiyo 
va Mesopotamiya asosiy jang maydonlariga aylandi. Er. avv. 306-yilda 
Antigonning o`g`li Demetriy Poliorket (“shaharlarni qamal qiluvchi”) makedon 
garnizonlarini Yunonistondan haydab yubordi. Afina va Megarada erkinlik va 
demokratiya e’lon qilindi. Er. avv. 306-yilda Antigon, keyinroq Ptolemey,
Lisimax, Salavk va Kassandr o`zlarini podsho deb e’lon qildilar.
Salavk, Ptolomey va Lisimax birlashib, o`z davlatlarini mustahkamlash 
uchun Antigonga qarshi urush olib bordilar. Er.avv. 301-yilda Frigiyadagi Issa 
yonidagi jangda 80 yoshli Antiox o`ldirildi. 297-yilda Kassandr, 285-yilda 
Demetriy Poliorket, 281-yilda Lisimax, 283-yilda Ptolemey Lag, 281-yilda 
Salavk vafot etdi. Iskandarning safdoshlari va bevosita merosxo`rlaridan so`nggi 
diadox bo`lgan Salavkning halokati bilan diadoxlar davri tugadi. Ularning o`rniga 
ellin podsholari (Epigonlar) avlodi keldi.
Iskandar vafotidan so`ng, uning eng yaqinlari diadoxlar o`rtasidagi 40 yillik 
urush natijasida Iskandar davlati xarobalarida 3 asosiy eng yirik podsholiklar: 
Makedoniya (unga bo`ysundirilgan Yunoniston), Misr (Suriyaning janubiy qismi 
va Kichik Osiyoning ba’zi viloyatlari) va Salavkiylar davlati (Osiyo mulklarining 
asosiy qismi) tashkil topdi. Ulardan tashqari, ellin davrida bir qancha katta-kichik 
davlat birlashmalari: Pergam, Vifiniya, Pont. Kappadokiya, Yunon-Baqtriya va 
Parfiya podsholiklari mavjud edi.
Aleksandrning qisqa muddatli hukmronligidan keyin kamida besh asr davomida 
yunon madaniyati g’arbdagi Rimdan sharqdagi Gangagacha butun yo‘l bo‘ylab 
aks etdi
63
.

Download 2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   170




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish