Mavzu: KASB TANLASHGA YO‘NALTIRISH. KASB TANLASH
1. «Kasbga yo‘naltirish» tushunchasiga nimalar kiradi?
Kasbga yo‘naltirish - davlat tadbirlari sistemasi bo‘lib, inson tomonidan o‘zining mehnat yo‘lini ilmiy asoslangan tarzda tanlashni xamda ishning mohiyatiga ko‘ra hayotda o‘z o‘rnini topishni ta’minlaydi. Buning ahamiyati barchaga ma’lum bo‘lgan. Biroq sotsialistik jamiyat sharoitidagina bunday tanlash chegaralanmadi. U kapitalizmda bo‘lganidek na sinfiy mansublik, na turar joy, na meros, na ishga joylashish murakkabligi bilan chegaralanmagan, balki shaxsiy istak, ma’lumot va qobiliyatni nazarda tutadi, xolos.
Kasbga yo‘naltirish muammosini hal qilish yana shu bilan murakkablashadiki, kasb tanlashdagi xatolar, unga yo‘l qo‘ygan kishi hamda bir butun sotsialistik jamiyat uchun og‘ir oqibatlarga olib keladi. Kasb tanlashdagi muvaffaqiyatsizlik kishining psixikasini jarohatlaydi, bu esa o‘z navbatida mehnat unumdorligining pasayishi va ishchi kadrlar qo‘nimsiz bo‘lishi bilan jamiyatga zarar keltiradi. Bular hammasi birgalikda yoshlarni kasbga yo‘naltirishni davlatning muhim vazifasi qilib qo‘yadi. Bu vazifa yoshlarni turli kasblarga yo‘naltirish imkonini beradigan maktabdagi siyosiy ta’lim yo‘li bilan, matbuot, kino, radio; televidenie vositasida kasbiy ma’rifat berish va kasbiy targ‘ibot olib borish bilan, yoshlarning qobiliyatini aniqlashga imkoniyat yaratadigan va ularga tavsiyalar beradigan kasb bo‘yicha konsulptatsiyalar o‘tkazish bilan, shuningdek, qobiliyatiga ko‘ra kasbni tanlab olish va kasbga ko‘niktirish (biologik jismoniy muhit sharoitiga ko‘nikish, ijtimoiy-kasbiy tahlim orqali kasbga kirishish va ishlab chiqarish jamoasiga qo‘shilish), yo‘li bilan amalga oshiriladi.
2.Yoshlarini kasbga yo‘naltirishni nimalar murakkablashtiradi?
Kasb tanlashdagi muvaffaqiyatsizlik kishining psixikasini jarohatlaydi, bu esa o‘z navbatida mehnat unumdorligining pasayishi va ishchi kadrlar qo‘nimsiz bo‘lishi bilan jamiyatga zarar keltiradi. Bular hammasi birgalikda yoshlarni kasbga yo‘naltirishni davlatning muhim vazifasi qilib qo‘yadi. Bu vazifa yoshlarni turli kasblarga yo‘naltirish imkonini beradigan maktabdagi siyosiy ta’lim yo‘li bilan, matbuot, kino, radio; televidenie vositasida kasbiy ma’rifat berish va kasbiy targ‘ibot olib borish bilan, yoshlarning qobiliyatini aniqlashga imkoniyat yaratadigan va ularga tavsiyalar beradigan kasb bo‘yicha konsulptatsiyalar o‘tkazish bilan, shuningdek, qobiliyatiga ko‘ra kasbni tanlab olish va kasbga ko‘niktirish (biologik jismoniy muhit sharoitiga ko‘nikish, ijtimoiy-kasbiy tahlim orqali kasbga kirishish va ishlab chiqarish jamoasiga qo‘shilish), yo‘li bilan amalga oshiriladi.
3. Hunar-texnika bilim yurtlarining kasbga yo‘naltirishga oid tadbirlarini sanab bering
Kasb tanlashda hunar-texnika bilim yurtlarining roli juda katta. Ular quyidagilarni amalga oshirishlari mumkin va zarur:
xalq maorifi organlari bilan kelishilgan holda o‘quvchi va o‘qituvchilarga kasblar xarakteristikasi, shuningdek, bilim yurtida o‘qish va mazkur kasb bilan korxonalarda ishlash masalalariga oid konsulptatsiyalar berish;
kasb va bilim yurtini, shuningdek, bilim yurtini bitirib, korxonalarda ishlayotgan sobiq o‘quvchilarning mehnat yutuqlarini matbuot, radio, kino va televidenieda ommalashtirish; yoshlar, otaonalar, maktab o‘qituvchilarini keng xabardor qilgan holda «ochiq eshiklar kuni» o‘tkazish;
o‘z o‘quvchilari tayyorlagan buyumlar va ularning texnika ijodi predmetlaridan iborat vaqtinchalik va doimiy harakatdagi ko‘rgazmalar rayon yoki shaharda yoshlar va ota-onalar bilan kasbga yo‘naltirish bo‘yicha harakatdagi konsulptatsiya punktlarida bilim yurti o‘qituvchilari va masterlari navbatchiligini tashkil qilish;
o‘zlashtirayotgan kasb mo‘iyatini, shuningdek o‘qishni, korxonadagi ish sharoitini tushuntirish maqsadida o‘quvchilarning doimiy yashash joyidagi o‘rtoqlari bilan o‘zaro yozishmalarini aktivlashtirish; yoshlarni bilim yurtiga jalb etish va keyinchalik ishga joylashtirish masalalari bo‘yicha mahalliy bilan muntazam ravishda aloqa bog‘lash.
4. Kasbga yo‘naltirish bilan kimlar shug’ullanadi?
Yoshlarni kasblarga yo‘naltirish asosan muhitning: ota-onalar, tanishlar, o‘rtoqlar, maktab va ko‘chadagi do‘stlarning stixiyali ta’sirida amalga oshiriladi. Ularning kasbga beradigan bahosi o‘smirga ko‘proq ta’sir ko‘rsatadi.; O‘smirlarga ta’sir etish ahamiyatiga ko‘ra badiiy adabiyotlar, kinofilpmlar hamda televizion eshittirishlar ikkinchi o‘rinni zgallaydi. Ular o‘smirlarda katta taassurot va hayajon uyotadi. SHuning uchun ham bolalikda aksariyat o‘il bolalar dengizchi, uchuvchi, razvedkachi, geolog, kosmonavt, qizlar» esa artist, vrach, oshpaz, tikuvchi bo‘lishni orzu qiladilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |