Rtа mахsus tа’lim vаzirligi nizomiy nomidаgi toshkent dаvlаt pedаgogikа universiteti



Download 2 Mb.
Pdf ko'rish
bet100/170
Sana19.02.2022
Hajmi2 Mb.
#457700
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   170
Bog'liq
jahon tarixi

2. Solon islohotlari. 
Afinada yevpatridlar bilan aholining kambag`al qismi 
bo`lgan oddiy demos o`rtasida ijtimoiy ziddiyatlar kuchaydi. Drakont qonunlari 
Attika aholisining eng katta muammolaridan biri qarz masalasini hal qila olmadi. 
Solon Attikaning eng qadimgi oilalaridan birining vakili bo`lib, uning ajdodi 
podsho Kodriy sulolasiga borib taqalar edi. Yevpatrid Solon ancha yerga ega 
bo`lib, savdo-hunarmandchilik faoliyati bilan shug`ullanib, boylik to`plagan edi. 
U harbiy qobiliyatga ega, ma`lumotli bo`lgan va she`rlar yozgan. Solon er. avv. 
594-yilda arxont vazifasiga saylanib, tub islohotlar o`tkazdi. Solon, eng avvalo, 
“seysaxteya” (qarzlarni olib tashlash) Afina aholisini qarzlaridan voz kechishni 
amalga oshirdi. Qarzi uchun qul qilish abadiy ta`qiqlandi. Katta yer egaligi 
cheklandi. Yer ulushini belgilangan miqdordan ortiqcha olish man qilindi. Solon 
islohotlari Afinadagi vaziyatni tubdan o`zgartirdi. Qarzi uchun dehqonlarni qul 
qilish bekor qilindi. Ilgari qarzi uchun qul qilinganlar ozod qilindi hamda chetga 
qul qilib sotib yuborilganlar jamoa hisobidan pul to`lanib, Afinaga qaytarildi.
 
Xo`jalik faoliyatini rag`batlantiradigan qator islohotlar o`tkazildi. Pul 
islohoti, 
uzunlik 
va 
og`irlik 
o`lchov 
birliklari 
takomillashtirilib, 
savdohunarmandchilik rag`batlantirildi. Attikadan chetga mahsulotlar sotish 
kuchaydi. Solon Attikadan g`alla chiqarishni ta`qiqladi. Bu chora-tadbirlar Afina 
bozorida chayqovchilikni tugatib, dehqonchilikni rag`batlantirdi va zaytun moyi, 
vino eksport qilish uchun qulay shart-sharoit yaratdi.
Vasiyatlar erkinligi to`g`risidagi qonun urug`chilik aloqalarini zaiflashtirdi. 
Alohida oilalarni iqtisodiy kuchayishiga shart-sharoit yaratdi. Yerga egalik qilish 
me’yori belgilandi.
Ijtimoiy-siyosiy sohada qator islohotlar amalga oshirildi. Solon Attikaning 
barcha erkin aholisini daromad hajmiga qarab, to`rt toifaga bo`ldi. Fuqarolarning 
huquq va majburiyatlari shunday taqsimlandiki, boy fuqarolar avvalgidek, to`la 
hokimiyatga ega bo`ldilar. Shu bilan birga, fuqarolik jamoasida ularga katta 
majburiyatlar yuklandi. Yangi yuqori tabaqaga mansub bo`lish yer ulushidan 
yillik olinadigan daromadga bog`liq bo`ldi. Bu yer egasini yerga yaxshi ishlov 
berib, ko`p hosil olish imkoniyatini qidirishga majbur qilar edi.
Endilikda u yoki bu oqsuyak urug`ga mansublik emas, balki aynan daromad 
miqdori, yerga mehnat qilish fuqaroning jamiyatdagi obro`ining o`lchov mezoni 
bo`ldi.
Sud tizimi isloh qilindi. 30 yoshga yetgan erkin Afina fuqarolaridan sud 
maslahatchilari-gemey joriy qilindi. Gemey fuqarolar ishi bo`yicha oliy 
appelyatsiya huquqiga ega bo`ldi. Faqat u jinoiy ishlar bo`yicha hukm chiqara olar 
edi. Odam o`ldirish bo`yicha sud ishi sobiq arxontlar kengashi areopag qo`lida 
qoldi.
Siyosiy huquq mulkiy senz asosida taqsimlandi. Afina jamiyati to`rt toifaga 
ajratildi
:
1.
Pentakosiomedimnlar-bir yilda 500 medimn g`alla yoki 500 
metret (bir metret-39 litr) zaytun yog`i oladigan fuqarolar.
2.
Suvoriylar (gippeylar).


150
3.
Zevgitlar-ikkita eshak aravaga ega bo`lgan og`ir qurolli 
piyodalar.
4.
Fetlar-hunarmandlar.
Faqat birinchi uch toifa amalda davlat lavozimlarini egallashi mumkin edi. 
Oliy arxont mansabiga faqat pentakosiomedimnlar da’vo qilishlari mumkin edi. 
Fetlar polisning bevosita boshqaruvidan chetlashtirildilar. Xalq yig`inieklessiyada 
oddiy fuqarolar davlatning umumiy siyosatini belgilashda mansabdor shaxslarni 
saylashga ta’sir ko`rsatish, maslahatchilar sudi (gelieya)ga ishtirok etib, 
mansabdor shaxslarning suiste’mollarini yo`q qilishlari mumkin edi.
Solon davrida davlat tuzilmasining yana bir yangi organi-maslahatchilar sudi 
(gelieya) joriy qilindi. Sudyalar barcha fuqarolardan saylangan. Solon islohotlari 
polis boshqaruvini demokratik shakllari asosini yaratdi, lekin izchil bo`lmaganligi 
sababli, zodagonlar hokimiyatini to`la tugata olmadi.
Solon islohotlari bo`lg`usi Afina demokratiyasining kurtagi edi. Arxont va 
areopagning roli o`zgarmadi. Polisning urug`, fillarga bo`linishi saqlanib qoldi. 
Islohotlar fillarda urug` huquqining yemirilishiga olib keldi. Endilikda Afina 
fuqarosi o`z mulkini erkin vasiyat qilish huquqini oldi. Otasi hunar o`rgatmagan 
o`g`il keksaygan otasiga g`amxo`rlik qilish majburiyatidan ozod qilindi. Er. avv. 
VI asr boshlaridagi islohotlar barcha ijtimoiy muammolarni yecha olmadi. Solon 
o`z islohotlarini o`tkazib bo`lgach, arxont vazifasini topshirib, Sharq 
mamlakatlari bo`ylab uzoq sayohatga chiqdi. Afinada keskin ichki siyosiy kurash 
boshlandi. Tez orada kuchli ijtimoiy ziddiyatlar Afinada Pisistrat tiraniyasining 
o`rnatilishiga olib keldi. Pisistrat va uning o`g`illari tiraniyasidan so`ng, Afinada 
turli ijtimoiy qatlamlar o`rtasida kurash kuchayib ketdi.
Klisfen boshchiligida savdo-hunarmand tabaqalari urug` zodagonlari 
hokimiyatini yo`qotishga urindilar. Klisfen ma’muriy-hududiy islohot o`tkazdi.
Er. avv. VI asrda Afinada demosning zodagonlarga qarshi uzoq kurashi natijasida 
demokratik tartib-qoidalar g`alaba qildi. Natijada Afina ko`ngilli qo`shinlari 
tarkibi ham o`zgardi. Uning asosiy qismini og`ir qurollangan jangchi-goplitlar 
tashkil etdi. Ular ko`p sonli uchinchi toifa zevgitlardan to`ldirilgan. Fetlar yengil 
qurollangan jangchilar va harbiy flot matroslarini tashkil etdilar.
Afina siyosiy ustqurmasida zodagonlar tayanchi bo`lgan areopagga qarshi 
turgan To`rt yuzlar kengashi (Bule) tashkil etildi. Kengash a’zolari to`rt fildan 
yuztadan fuqaro saylanadigan, muntazam faoliyat ko`rsatadigan organ bo`ldi. 
To`rt yuzlar kengashi xalq yig`inida ko`riladigan va tasdiqlanadigan masalalarni 
tayyorlar edi. Xalq yig`ini (ekklesiya) to`la qonli barcha vakolatlarga ega bo`lgan 
boshqaruv organi bo`lib, fuqarolarning barcha qatlamlari ovoz berish va uning 
ishida qatnashish huquqiga ega bo`ldilar. Xalq yig`ini muntazam yig`iladigan 
bo`ldi (er. avv. V asrda yiliga 40 marta yoki 9 kunda 1 marta).

Download 2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   170




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish