127
axey sivilizatsiyasining gullab-yashnashining so`nggi davri hayotini tasvirlaydi.
Lekin Gomerning o`zi er. avv. VIII asrda yashagani uchun o`tmish voqealarini
o`zi yashagan davr nuqtai nazaridan zamonaviylashtirdi.
Axey sivilizatsiyasi asta-sekin tushkunlikka uchradi. Er. avv. XIII asr
oxiridan axeylarning
tushkunligidan foydalanib, shimoldan doriy qabilalari
Yunonistonga bostirib kirdi. Doriylar er. avv. XI asrning oxiriga kelib butun
Shimoliy va O`rta Yunoniston, Peloponnes yarim orolining katta qismini egallab
oldilar. Bu davrda ibtidoiy jamoa tuzumi taraqqiyoti past darajada edi.
Dostonlarda aholi qishloqlarda yashab, shahar to`g`risida tasavvurga ega
bo`lmagani bayon qilinadi. Xo`jalik natural shaklda bo`lib, aholi dehqonchilik va
chorvachilik bilan shug`ullanadi. Asosiy ekin tariq edi.
Savdo ibtidoiy
ayirboshlash holatida edi. Gomer davri yunonlari, hatto, ularning zodagonlari ham
kichik, qo`pol qurilgan, poli tuproq, xona o`rtasida gulxan yoqiladigan uylarda
yashaganlar. Er. avv. XI asrda xo`jalik hayotidagi bir qancha tushkunlikdan so`ng,
temir o`zlashtirilib, xo`jalik hayotini jonlanishi boshlandi. Ammo Yunonistonda
unumdor yerlar juda kam edi. Taqchil bo`lgan unumdor yerlarning asosiy qismini
donli ekinlar egallay boshlagan. Bog`dorchilik, uzumchilik va zaytun daraxtlarini
o`stirish ham yo`lga qo`yilgan. Chorvachilik rivojlangan. Gomer poemalariga
ko`ra, qoramol ayirboshlash vositasi bo`lgan. “Iliada”da
katta uch oyoqli jez
buyum
12
buqaga,
mohir
usta
ayol
4
ho`kizga
tenglashtiriladi.
Hunarmandchilikda katta o`zgarishlar yuz berdi. Temir keng qo`llanila boshlandi.
Jamoada oilalarning birgalikdagi mehnatiga o`rin qolmadi. Temir mehnat quroli
mehnat unumdorligini oshirdi. Oila o`z moddiy ehtiyojini o`z mehnati bilan
qondirish imkoniyatiga ega bo`ldi.
Erkin dehqon xo`jaligi asosiy ishlab chiqaruvchi bo`ldi. Jamoaning alohida
bir ko`rinishi sifatida polis jamiyat tashkilotining asosiy shakli edi. Patriarxal
oilaning boshliqlari polis fuqarolari edilar. Har bir oila iqtisodiy mustaqil birlik
bo`lib, ular siyosiy teng edilar. Polis tarkibiga shahar va uning atrofidagi
qishloqlar kirgan. Jamoada shakllanayotgan urug` zodagonlari jamoani o`z
nazorati ostiga olishga urinar edilar. Polis-jamoa asosan asosiy ikki vazifani
bajargan: aholini va hududni qo`shnilar bosqini va tazyiqidan himoya qilish va
jamoaning ichki munosabatlarini tartibga solish. Hali
davlat tashkiloti yuzaga
kelmagan edi.
Shu davr oxirida yunon dunyosi dehqonlarni birlashtirgan yuzlab kichik
polis-jamoalardan iborat edi. Asosiy iqtisodiy birlik mustaqil xo`jalik yuritish
asosida tirikchiligini o`tkazadigan, oddiy turmush kechirib, tashqi dunyo bilan
aloqasi bo`lmagan patriarxal oila bo`lgan. Bu
dunyoda hali katta yer egalari,
yersiz, birovga qaram oilalar, odamlar va jamoa a`zolari yo`q edi.
Kulolchilikda protogeometrik usul shakllandi. Dafn marosimlari o`zgardi.
Endilikda tuproqqa dafn etish o`rniga jasadni krematsiya qilish (yoqish) rasm
bo`ldi. Er. avv. XI asr oxiridan Kichik Osiyoning g`arbiy qirg`og`ida yunon
qo`rg`onlari paydo bo`lib, ularning aholisi eoliy, ioniy, va doriy shevalarida
so`zlashgan. Yunonlar oqsoqollar saylab qo`yiladigan urug`
jamoasida
128
yashaganlar. Ayrim paytda urug`lar o`zlariga tegishli biror-bir umumiy masalani
yechish uchun kattaroq tashkilot-fratriyaga birlashganlar. Fratriyalar birlashib,
qabila-filni tashkil qilgan. Fratriya va urug` bir umumiy ajdoddan kelib chiqqan.
Urug` boshliqlari bilan bir qatorda, fil va fratriyaning Gomerda filobasiley deb
eslatiladiganyo`lboshchilaribo`lib, urug` boshliqlari ularga o`z hokimiyatlarining
bir qismini berganlar.
“Odisseya” va “Iliada” dostonlarini o`qiganda, yunon jamoasidagi mulkiy
tabaqalanishni, urug`chilik
munosabatlarini zaiflashganini, basileylar bilan
hokimiyatga intilayotgan ko`p sonli zodagonlar qatlamini shakllanayotganini
kuzatish mumkin. Poemalarda temirchi, tosh teruvchi,
duradgor va kema
yasovchilar to`g`risida hikoya qilinadi. Erkin kishilar bilan bir qatorda, qullar ham
mehnat qilganlar. Qulchilik hali xonaki shaklda ko`rinadi. Ularning soni ko`p
emas edi. Xo`jayin qul bilan yonma-yon jismoniy mehnat qilishdan hali
jirkanmagan. Odisseyning otasi Laert yerga ishlaydi. Uning xotini Penelopa
kalava yigiradi. Navsakiya kir yuvadi. Odissey sol, Paris butun bir saroy qur`adi.
Odisseyning xo`jaligida 50 qul bo`lgan. Gomer o`tmish qahramonlarini sharaflab,
o`zi yashagan davrning mavjud ijtimoiy tabaqalanishining hayotiy tasvirini
chizadi. Troyani qamal qiluvchilar bilan yo`lboshchi Agamemnon o`rtasida unga
qarshi norozilik tug`diruvchi, o`jar Tersit obrazining kelib chiqishi voqeasida
ijtimoiy hayotni ko`rish mumkin. Olimp xudolariga borib taqaluvchi yo`lboshchi
podsholar bilan oddiy xalq ommasi o`rtasidagi
yetilib kelayotgan qarama-
qarshiliklar bu kichkina bir epizodda o`z aksini topgan.
Do'stlaringiz bilan baham: